«Alpomish» dostoni badiiy jihatdan barkamol asardir. Unda o`zbek xalqi she`riy dahosining buyuk qudrati namoyon bo`lgan. «Alpomish» dostonida boshqa dostonlarga nisbatan mubolag`aviy uslub ustunlik qiladi. Bu asar xarakteridan, unda kuylangan voqealar ko`lamidan kelib chiqqandir. Dostonda Alpomish tilidan Shunday chiroyli mubolag`a beriladi:
Tikilsam quriydi daryoning gumi, Na`ra tortsam qular qo`rg`onning timi.
Bunday mubolag`a changallasa tog`ni talqon qila oladigan, kuch-qudratda beqiyos, «Kallasi kapaday, tanasi tepaday» qalmoq alplaridan ustun turgan Alpomishning azamatligini sifatlab bera oladi.
Dostonda asar ruhiga mos ajoyib ko`chimlarni uchratamiz. Kechani munavvar qilar to`lin oy, Savashli kun tortiladi parli yoy.
Shunindek, misralarni jilvalantiruvchi quyma badiiy tovush elementlarini istagancha topish mumkin:
Suvda bo`lar suluv o`tning suyrug`i,
Dostonda shunday satrlar borki, ularning ko`plari asrlar tajribasini o`zida mujassamlashtirgan aforizmlar darajasiga ko`tarilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |