Aloqasi reja: Agrokimyo fani nimani


AGROKIMYO FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA ULAR ORASIDA TUTGAN O’RNI



Download 35,45 Kb.
bet4/8
Sana28.01.2023
Hajmi35,45 Kb.
#904272
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aloqasi reja Agrokimyo fani nimani

AGROKIMYO FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA ULAR ORASIDA TUTGAN O’RNI
Agrokimyo fani bir qator fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda rivojlanadi va faoliyat olib boradi.
Yashil o’simliklarning oziqlanishini o’rganish uni o’simliklar fiziologiyasi fani bilan uzviy bog’laydi.
Agrokimyo fani nafaqat yashil o’simliklarni oziqlanishini o’rganibgina qolmay, balki uni ishlab chiqarish sharoitida boshqarib turadi, yani qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi.
Qishloq xo’jalik kinlarini yetishtirishda agrokimyo fani tuproqning xususiyatlarini chuqur o’rganadi va tuproqshunoslik fani bilan chambarchas aloqada bo’ladi. Agrokimyo fani, xususan har bir agrokimyogar chorvachilik asoslarini har tomonlama mukammal bilishi kerak.
CHorvachilikdan chiqadigan go’ng va boshqa chiqindilar qishloq xo’jalik ekinlai uchun qimmatli o’g’it hisoblanadi. SHuning uchun Agrokimyo fani chorvachilik sohasidagi fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi.
Bundan tashqari, Agrokimyo fani dehqonchilik, o’simliklarni himoya qilishsohasidagi fanlar entomologiya, fitopotologiya, fitotsenologiya kabilar bilan uzviy munosabatda bo’ladi.
Hozirgi paytda Agrokimyo fani biokimyo, genetika, selektsiya va fanning yangi sohalari - gen injeneriyasi, biotexnologiya, iqtisodiy yo’nalishdgi bir qator fanlar, matematika va zamonaviy informatika - hisoblash texnikasi kabi fanlar bilan aloqadorlikda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.


AGROKIMYO FANINING XALQ XO’JALIKDAGI AHAMIYATI
Agrokimyo qishloq xo’jalik ekinlarini intensiv texnologiya asosida yetishtirishda muhim rol o’ynaydi, hosilni yuzaga kelishida ishtirok etuvchi hamma omillarni optimal darajada bir-biri bilan muvofiqlashtirib turadi. Eng yuqori, iqtisodiy jihatdan samarali hosil olish uchun qishloq xo’jalik ekinlarining eng yaxshi navlaridan foydalaniladi, tuproqning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini yaxshilash, o’simliklarning o’suv davrida kimyolashtirish vositalaridan foydalanish, hamma agrotexnik tadbirlar o’z vaqtida va sifatli qilib olib boriladi.
Agrokimyo fani tez suratda rivojlanib bormoqda, bunday rivojlanish esa ishlab chiqarishning va amaliyyotning talabi bilan belgilanadi. Mineral va organik o’g’itlar qo’llanilishining o’sishi asosida qishloq xo’jalik ekinlari mahsuldorligini doimiy ravishda ko’payib borishi bilan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini yaxshilanishi, selektsiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda ularni Mineral va organik o’g’itlar bilan oziqlantirishni balanslashtirish, tabaqalashtirish, turli xil tuproq -iqlim sharoitlarida yetishtiriladigan qishloq xo’jalik ekinlarini biologik xususiyatlarini o’rganish, tuproqlarni har xil ozuqa elementlarib taominlanganligini aniqlash, tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash) va yuqoridagi ko’rsatkichlar asosida agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va boshqa bir qator agrokimyoviy tadbirlar asosida amalga oshiriladi.
Agrokimyo fani qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlariga malakali, yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Agrokimyo kimyo sanoatining rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish va ulardan turli xil tuproq -iqlim sharoitlarida foydalanish borasidagi davlat tadbirlarini tuzishda juda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda, aniqsa atrof-muhitni muhofaza qilish, sof, toza agrokimyoning ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
Agrokimyo dehqonchilikni kimyolashtirishning nazariy asosi hisoblanadi.

Download 35,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish