Aloqa va kommunikatsiya vositalari Reja


Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa jarayonlari



Download 1,25 Mb.
bet3/10
Sana18.08.2021
Hajmi1,25 Mb.
#151159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aloqa va kommunikatsiya vositalari

Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa jarayonlari.

Yana shu narsani ta’kidlash joizki, kommunikatsiya sinxron yoki asinxron bo‘lishi mumkin. Sinxron kommunikatsiyada qabul qiluvchi xabarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri, yuborilgan paytning o‘zida qabul qilib oladi.

Oddiy so‘zlashuv va telefon so‘zlashuvlari sinxron kommunikatsiyaga misol bo‘lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyadaesa, qabul qiluvchi xabarlarni ular jo‘natilganidan bir qancha vaqt o‘tgach – biror soat yoki biror kundan keyin qabul qilib oladi.

Pochtadan yoki Internet orqali elektron pochtadan xat jo‘natish asinxron kommunikatsiyaga misol bo‘ladi. Akademik tadqiqotchilar faollik bilan sinxron va asinxron kommunikatsiyalarning samaradorligi, natijaviyligi hamda tashkiliy jihatlari ustida izlanishlar olib boryaptilar. Ikkala turdagi kommunikatsiya ham elektron yoki oddiy yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, axborot-kutubxona ishida muhim rol o‘ynaydi.

Telekommunikatsiya deganda, signallarning muloqot uchun elektron uzatilishi tushuniladi va u telefon, radio va televizor kabi vositalarni o‘z ichiga oladi. Telekommuniktsiyaning axborot-kutubxona sohasida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelish imkoniyati bor, chunki u vaqt va masofa bilan to‘siqlarni ancha kamaytiradi. Telekommunikatsiya axborot-kutubxonaning faoliyat yo‘nalishini o‘zgartiribgina qolmay, tijorat yo‘siniga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Tarmoqlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi va axborot almashinuvining yengilligi raqobat bozorida yuqori darajadagi sifat va xizmatlarga kafil bo‘lmoqda.

Ma’lumot almashinuvi telekommunikatsiyaning alohida tarkibiy qismi bo‘lib, ma’lumotlarning elektron jamlanishi, qayta ishlanishining texnologik jarayoni va tarqatilishi tushuniladi.

Telekommunikatsiyani qo‘llash uchun ma’lumot almashinuviga erishiladi.

Telekommunikatsiyaning umumiy modelini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bunda model yuboruvchi qismdan boshlanadi va inson, kompyuter, terminal yoki xabarni hozirlaydigan har qanday vosita bunga misol bo‘lishi mumkin. Yuboruvchi signalni telekommunikatsiya uskunasiga uzatadi.

Telekommunikatsiya uskunasi bir qancha vazifalarni bajaradi, masalan, signalni bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga yoki bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirishi mumkin.



Plata – bu axborotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi maxsus qurilma. Odatda, bunday plata tarmoq interfeys platasi kompyuter shinasining kengaytirilgan bo‘sh o‘rniga o‘rnatiladi, ma’lumotlarni uzatuvchi kabel esa shu plataga o‘rnatiladi. Bugungi kunda tarmoqda qo‘llaniladigan bir necha tipdagi kabellar mavjud. Bularga signalni modullashtirmaydigan koaksil kabel, signallarni modullashtiruvchi koaksil kabel va optik tolali kabel kiradi. Bu kabellar ma’lumotlarni uzatish tezligi, uzatish uzoqligi va ulanish usullari bilan farqlanadi.

Modem – bu qurilmaning nomi ikki so‘z birikmasi (modulator va demodulator)dan tashkil topgan.

Modem uzatilayotgan va qabul qilinayotgan ma’lumotlarni modullashtirish va demodullashtirish vazifalarini bajaradi.





Modem

Signallarni modullashtirish deganda, signalni uzoq masofag uzatish uchun uning shaklini almashtirishni tushunamiz. Elektron impulslar dastlab modemda tovush chastotasiga aylantiriladi, so‘ngra telefon tarmog‘i orqali uzatiladi. Signallar qabul qilinayotganida, bu tovushli signallar modem yordamida kompyuterga moslab ikkilik elektr impulslari ketma-ketligi shaklida o‘zgartiriladi. Bir kompyuterdan ikkinchisiga axborot uzatilayotganida, raqamli impulslar ikki marta o‘zgartiriladi: avval tovushli signal (modullashtirish) ko‘rinishiga, so‘ngra tovushli signallar ikkilik impulslari (demodullashtirish)ga o‘zgartiriladi. Turli modemlar ma’lumotlarni uzatish tezligi, ma’lumotlarni uzatish uzoqligi va intellektual qobiliyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Oddiy modemlar o‘zining sodda funksiyasi modullashtirish va demodullashtirishni bajaradi.

Boshqa murakkabroq modemlar o‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lib, bir qator qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga qodir:


  • telefon raqamlarini avtomatik terish;

  • ma’lumotlar uzatish tezligini avtomatik boshqarish va boshqalar.

Ba’zi bir modemlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishi yoki qabul qilishi (simpleks rejim) mumkin, boshqalari esa ikki yo‘nalishda ham (poludupleks rejim) ishlay oladi. Modemlar konstruksiyasiga ko‘ra tashqi qurilma sifatida bo‘lishi yoki Flesh modem. kompyuter ichiga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, bugungi kunda simsiz ishlaydigan flesh modemlar ham mavjud bo‘lib, ular ma’lum bir masofada axborotlarni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga uzatish qobiliyatiga ega.

Axborot texnologiyasi boshqa har qanday texiologiyalar kabi quyidagi talab-. larga javob berishi kerak:



  • axborotga ishlov berishning barcha jarayonini bosqichlar (fazalar), operatsiyalar, amallarga bo‘lishning yuqori darajasini ta’minlash;

  • maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlarning barcha to‘plamini ishga solish;

  • doimiy xarakterga ega bo‘lish. Texnologik jarayonning bosqichlari, amallari va operatsiyalari standartlashtirilgan va unifikatsiyalashtirilgan bo‘lishi mumkin, bu axborot jarayonlarini maq sadli boshqarishni samarali amalga oshirish imkonini beradi.



Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish