Aloqa tarixi muzeyiga sayohat



Download 0,51 Mb.
bet1/3
Sana10.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#488575
  1   2   3
Bog'liq
2 Qadimgi davrda aloqa sohasi.


Aloqa tarixi muzeyiga sayohat
Bugungi kunda radio, televizor, kompyuter, uy va mobil telefonlari eng yaqin do‘stimizga aylangan. Ularsiz kundalik hayotni tasavvur ham qila olmaymiz, ba’zan qisqa muddatga mazkur uskunalar ishlamay qolsa, o‘zimizni qo‘yarga joy topolmaymiz.
Davrimizning o‘ziga xos muhim xususiyatlaridan biri sifatida axborot texnologiya-larining jadal taraqqiy etib borishi, jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalari va shu bilan birga, kundalik hayotimizning turli jabhalarida ulardan keng foydalanilishi tufayli vaqt tejalib, ish samaradorligi ortib, qulay imkoniyatlar yaratilib borayotganligi borasida juda ko‘p eshitamiz, buni o‘zimizda ham his etamiz. Albatta, mana shu qulayliklar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagan.
Ularning ham o‘z tarixi mavjud. Mamlakatimizda asrlar ruhini o‘zida jamlagan aloqa sohasi taraqqiyotiga oid mazkur tarixiy ma’lumotlar «Aloqa tarixi muzeyi» eksponatlarida gavdalanadi. Jurnalimizning 2013-yilda chop etiladigan sonlarida yangi rukn tashkil etib, muxlislarimizni mazkur tarixiy ma’lumotlar bilan tanishtirib borishni rejalashtirdik. Shu maqsadda muzeyning «Aloqa tarixi» bo‘limi boshlig‘i M. Valiyeva bilan hamkorlikda sohaga oid qiziqarli ma’lumotlarni jamladik. Mazkur ma’lumotlarimizni aziz muxlislarimiz e’tiboriga havola etish niyatida jurnalimiz sahifalarida bayon etib boramiz. Ilk sahifamiz aloqa sohasining dastlabki rivojlanish bosqichlari va axborot almashish vositalari tarixiga bag‘ishlandi.
Dastlabki axborot almashish vositalari tarixi
Mamlakatimiz tarixidan ma’lumki, qadimgi davrlarda turli davlatlar, shaharlar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatish, xabar va ma’lumotlar almashish va tarqatish ishlari juda qiziqarli tarzda amalga oshirilgan. Dastlabki davrlardanoq xat-xabar almashuvining turlari ko‘p bo‘lib, ulardan vaziyatga ko‘ra foydalanib kelganlar. Zamon talabiga muvofiq, mazkur axborot almashish usullari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, takomillashib borgan hamda hozirgi davrdagi radio, televideniye, yo‘ldoshli, mobil aloqa yoki videokonferensaloqa, Internet kabi mukammal taraqqiy etgan turlari darajasiga yetib kelgan.
Qadimda ajdodlarimiz o‘zaro munosabat va muloqot o‘rnatishda turli vositalar, jumladan, ovozli, ya’ni nog‘ora sadolari, kabutarlar yordamida, shuningdek, savdo karvonlar orqali xabar yetkazish, olovli, tutunli, yorug‘lik nurlaridan foydalanish usullari orqali axborot almashish ishlarini tashkil etganlar.
«Aloqa tarixi muzeyi»da yuqorida tilga olingan barcha axborot almashish turlaridan qanday foydalanilgani bilan tanishish mumkin. Muzeyning ikkinchi qavat ekspozitsiya zalini aloqa va axborotlashtirish tarixining rivojini aks ettiruvchi «Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi» maketi ochib beradi.
«Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi» daraxtida aloqa sohasining barcha rivojlanish bosqichlari, ya’ni olov, tutun vositasida, kabutar, xabarchilar va chopar-elchilar orqali ma’lumot uzatishning eng sodda usullari, pochta aloqasi xizmati rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlari: telegraf, telefon, radio, televideniyadan, to hozirgi zamonaviy aloqa almashinuv usullari — elektron pochta, internet, mobil aloqa, raqamli, interaktiv televideniya va boshqa turlargacha namoyish etilgan. Muzeyning barcha ekspozitsiyalari mazkur «Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi»ga muvofiq joylashtirilgan.

“Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi”
Muzey ko‘rgazmalarini aylanib, qadimda axborot almashish uchun insonlar ko‘pgina boshqa omillardan ham foydalanganlari bilan tanishish mumkin. O‘tgan davrlarda davlatlar, shaharlar va aloqa o‘rnatish zarur joylar bilan axborot almashish Buyuk ipak yo‘li orqali ham amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar tarixiy manbalarda mavjud.
Muzeydan XVII–XVIII asrlarga mansub tarixiy xarita joy olgan bo‘lib, unda Buyuk ipak yo‘lining Qashg‘ardan Qo‘ng‘irotgacha bo‘lgan yo‘nalishi hamda xonliklar chegaralari ko‘rsatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davrlarda maxsus aloqa yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ular orqali choparlar yordamida axborot almashish yo‘lga qo‘yilgan. Maxsus yo‘nalishlar bo‘ylab, har 15–20 kilometr oraliqda alohida rovotlar (pochta stansiyalari kabi) tashkil etilgan bo‘lib, ular maxsus harbiy askarlar tomonidan qo‘riqlangan.
Choparlik xizmatini o‘tovchilar xonlikning 3–6 santimetrli kumush yoki bronzadan yasalgan tamg‘alar bilan ta’minlangan. Tamg‘alarda choparning nomi ko‘rsatilgan. Mazkur tamg‘alar orqali choparlarga karvon yo‘llari va belgilangan yo‘nalishlarda erkin harakatlanish, xonlik pistirmalaridan bemalol o‘tish, pochtachi uchun ovqatlanish, otlarni almashtirish, dam olish hamda o‘zidagi axborotni keyingi choparga uzatish imkoniyatlari berilgan.
Temuriylar davrida qo‘llanilgan mazkur usul orqali axborot almashish ishlari qulay, ishonchli va sifatli hisoblanganligi sababli uzoq asrlar mobaynida, ya’ni to XIX asrgacha qo‘llanilib kelingan hamda ushbu yo‘nalish pochta xizmatining rivojlanishiga asos bo‘lgan
«Signallar orqali aloqa uzatishni tashkil etish» maketi ko‘rgazmaning qiziqarli eksponatlaridan biridir. Ushbu maketni boshqacha qilib, mayoqlar orqali aloqa uzatishni tashkil etish deb atash mumkin. Mazkur maketda qadimgi shahar va uning atroflariga joylashtirilgan maxsus axborot uzatish tepaliklaridan ma’lumotlarni olov, tutun yoki ishoralar orqali berilganligi va odamlarni tashqaridan kelayotgan xavf-xatarlardan ogohlantirib turilganligi tasvir-lab berilgan.
O‘tgan davrlarda oddiy aholi qatlami vakillari bir-birlari bilan asosan og‘zaki xabar almashish orqali aloqa o‘rnatganlar. Ko‘rgazmada mazkur og‘zaki xabar yetkazish ishlarini bajargan, o‘sha davr ruhiga muvofiq kiyimdagi oddiy aholi vakili, to‘r xalta ko‘targan «Darvesh maketi» namoyish etilgan. Chunki qadimgi davrda hukumatning dastlabki pochta xizmatlaridan xonlar, hokimiyat vakillari, savdogarlar va badavlat kishilar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Shu sababli oddiy aholi ko‘pincha og‘zaki ravishda darveshlar orqali bir-birlariga xabarlar yetkaza olganlar.
Ma’lumki, pochta aloqasi xizmati aloqa sohasining eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. Axborot almashishda «Pochta aloqasi xizmati» sohasi ham uzoq tarixga ega. Yuqorida sanab o‘tilgan axborot almashish va tarqatish turlarini pochta aloqasi xizmati tarixining dastlabki ko‘rinishi deyish mumkin. XVII asrga kelib, maxsus pochta xizmatlari takomillashib, rivojlantirila boshlagan.
Muzeyning 1-qavatidagi ko‘rgazmalar markaziga qo‘yilgan XVII–XVIII asrlarda «Ot-arava orqali pochta yetkazib berish maketi» joylashgan. Tomoshabinlar e’tiborini otga ulangan g‘ildiraklari juda baland qilib ishlangan qo‘qon aravasi va unda xat-xabarlarni olib ketayotgan xabarchilar o‘ziga rom etadi. Maketga har tomondan yo‘naltirilgan chiroq shu’lalari maketdagi aravani go‘yo qaysidir maskanlarga shoshib borayotgandek, xat-xabarni intiqib kutayotgan odamlar tomon harakatlanayotgandek ko‘rsatadi. Mazkur maketni tomosha qilgan tomoshabin ko‘z oldida o‘sha davrlar manzarasi juda ishonchli va obrazli gavdalantirilgan.

Ma’lumki, o‘sha davrlarda pochtachi vazifasini Davlat xat tarqatuvchilari yoki otliq elchilar bajargan. Keyinroq aholiga xizmat ko‘rsatadigan maxsus pochta aloqa tuzilmalari tashkil etila boshlangan. Pochta almashuvi asosan hukumat korrespondentsiyalarini yetkazib berishdan iborat bo‘lgan
Turkistonda iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida ajralib turgan aholi yashash punktlari bilan shaharlar o‘rtasida yangi pochta traktlari qurildi. Pochta aloqa tarmog‘i asosan shaharlarni qamrab olgan, shaharlarda pochta qutilari o‘rnatilgan, lekin qishloq joylarida pochta xizmatlari deyarli yo‘q edi.

1865-yilga kelib, Toshkent shahri yaqinidagi Niyozbek qal’asi bilan Chimkent shahri o‘rtasida dastlabki pochta aloqasi xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Aravalar orqali yuborilayotgan korrespondentsiyalarning muhimligi va qiymatiga qarab, 2 nafardan 10 nafargacha qurollangan soqchilar tomonidan qo‘riqlab borilgan. O‘sha davrlarda imkoniyatga qarab, ot, tuya qo‘shilgan arava yordamida pochta xizmatlarini ko‘rsatish yil sayin keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu xizmat turi bilan 1865-yildan 1888-yilgacha Toshkent—Takmak, Toshkent—Chimkent, Toshkent—Avliyo ota, Toshkent—Xo‘jakent yo‘nalishlarida pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston hududida 1888-yildan boshlab, temir yo‘l transporti foydalanishga topshirilgandan so‘ng, pochta aloqasi xizmati temir yo‘l orqali amalga oshirila boshlandi. Pochta xizmatidan foydalanuvchilar va bu xizmatga bo‘layotgan talablarning bir muncha oshishi pochta korrespondentsiyalari hajmining kengayishiga imkoniyat berdi. Natijada, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida pochta xizmatining yangi turlari-qimmatli xat va banderollar jo‘natish hamda pul o‘tkazish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Eksponatlar qatoridan XX asr boslaridagi Toshkent shahrida xizmat ko‘rsatgan «Pochtachi maketi» joy olgan. Maketda o‘sha davrda pochta xizmatini ko‘rsatuvchi xodimning ish kiyimi tasvirlangan.

Ma’lumki, davrlar o‘tishi, fan va texnika rivoji, ayniqsa, axborot texnologiyalari taraqqiyoti bilan aloqa sohasida ham keskin o‘zgarishlar ro‘y berib bordi. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish