Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan



Download 51,02 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi51,02 Kb.
#15775
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari

sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan

2016 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

ma’lumot
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq Inspeksiya tomonidan 2016 yil davomida 18 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati rejali tekshirildi.

O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘rnatilgan tartibda 18 ta ko‘rsatmalar berilgan.

2016 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining tegishli moddalariga asosan 103 nafar shaxsga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy jazo choralari qo‘llanilib, 44 073 180 so‘m miqdorida jarima undirildi.

2016 yil davomida aloqa sohasidagi korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun 165 000 000  so‘m miqdorida moliyaviy sanksiyalar qo‘llanildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 23 apreldagi 102- son qaroriga muvofiq Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlangan reja-jadvallarga asosan 2015 yil davomida 26 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTning joriy etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha ikki tomonlama ma’lumotnomalar tuzilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xulosa va takliflar o‘rnatilgan tartibda davlat organlariga va Vazirlikka taqdim etildi.

2016 yil davomida Inspeksiya tomonidan 145 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi o‘tkazilib, davlat organlari tomonidan interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishida interaktiv davlat xizmatlari ish faoliyatida emasligi holatlari aniqlandi va ma’lumotlar tegishli choralar ko‘rish uchun Vazirlikka taqdim etib borildi.

Vakolatli organlar bilan hamkorlikda Respublika bo‘yicha Internet-kafe xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tadbirlarda 2 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt maxsus ruxsatnomalarsiz «Internet» xizmatlari ko‘rsatayotganligi aniqlandi. Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan tegishli vakolatli organlar tomonidan qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rilgan.

Inspeksiya hamda boshqa vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan 2016 yil chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, radioelektron va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy ishlatilishini oldini olish maqsadida 237 ta qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 36 nafar shaxsda 228 ta radioelektron vositalar noqonuniy ishlatilayotganligi aniqlandi va ularning barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.

2016 yil davomida jami 1856 ta qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlarini qabul qilish komissiyasi tarkibida Inspeksiya vakillari ishtirok etdi va ob’ektlarni qabul qilish bo‘yicha xulosa va takliflar berildi.

Soha korxonalari va Inspeksiya o‘rtasida 2016 yilda hamkorlikda o‘rganishlar o‘tkazish yuzasidan imzolangan kelishuvlarga asosan:

- “O‘zbektelekom” AKning 4 ta filiali, “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya Transport Tarmog‘i” filialining 2 ta bog‘lamasi va “O‘zbektelekom” AK filiallarining 45 ta tuman telekommunikatsiya bog‘lamalarida;

- “Matbuot tarqatuvchi” AKning 2 ta viloyat matbuot tarqatuvchi sho‘ba korxonasi, 36 ta tuman bo‘linmalari va ularga qarashli 241 ta kioskalarida;

“Matbuot tarqatuvchi” MchJlarning 6 ta tuman bo‘linmalari va ularga qarashli 34 ta kioskalarida

- “O’zbekiston pochtasi” AJning 4 ta filiali, 50 ta pochta aloqasi tarmoqlarida 219 ta pochta aloqasi bo‘limlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Pochta aloqasining universal xizmatlari sifatini nazorat qilish maqsadida pochta aloqasi ob’ektlari va pochta qutilari orqali jami 3136 ta nazorat xatlari, jumladan viloyatlar ichida jami 1680 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasida jami 1456 ta nazorat xatlari jo‘natilib monitoring ishlari olib borildi.

2016 yil davomida “O‘zbekiston pochtasi” AJ va uning 14 ta filiallari, 174 ta pochta aloqasi tarmoqlari, 3 ta ishlab chiqarish uchastkalarida va 2301 ta aloqa bo‘limlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarining bajarilishi yuzasidan har chorakda monitoring olib borildi.

Monitoringlar natijalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun “O‘zbekiston pochtasi” AJga taqdim etib borildi.

Inspeksiyaga 2016 yil davomida kelib tushgan jami 2715 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan, shulardan 536 tasi korxona aybi bilan kelib chiqqanligi aniqlandi. Asosli murojaatlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘yganligi uchun 9 nafar mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining tegishli moddalariga asosan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.



Normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida 2016 yil davomida bevosita joylarga chiqilib 2947 ta sub’ektlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi, 506 ta seminarlar tashkil etildi va ushbu seminarlarda 5025 nafar tadbirkor va korxonalar xodimlari ishtirok etdi. 299 ta “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazilib, tadbirda ishtirok etgan 2374 nafar tadbirkor va fuqarolarning 530 ta muammoli masalalari ko‘rib chiqildi va ijobiy javoblar berildi. Ommaviy-axborot vositalarida 1098 ta chiqishlar tashkil etildi.

“Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining kadrlar malakalarini oshirish, o‘qitish va qayta o‘qitish 2016 yil rejasi”ga asosan 2016 yil davomida Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalarining 133 nafar xodimlari turli seminarlarda va 84 ta xodimlari turli o‘quv kurslarida qatnashib, malaka oshirdilar.
Download 51,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish