Alohida olingan soʻz turkumlari Alohida olingan soʻz turkumlariga nimalar kiradi? - 1. Modal soʻzlar
- 2. Undov soʼzlar
- 3. Taqlid soʻzlar
Modal soʻzlar nima? - Modal soʻzlar soʻzlovchi oʻz gikriga boʻlgan munosabatini bildiradigan soʻzlar.
Modal soʻzlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Modal so`zlar ham sof modal so`zlar va vazifadosh modal so`zlarga bo`linadi.
Faqat modal ma’no uchun xoslangan so`zlar sof modal so`zlar sanaladi: haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan kabi.
Modal ma’noda ham qolangan aftidan, chamasi, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so`zlar vazifadosh modal so`zlar hisoblanadi
Quyidagi savollrga javob bering: Modal so`z deb nimaga aytiladi? Modal so`zning qanday ma’no turlari bor? Attang, afsus so`zlari qanday modal so`z sanaladi? Fikrning tartibini ifodalovchi modal so`zlarni ayting Gumon ma’nosini ifodalovchi modal so`zlarni ayting Taqlid soʻzlar deb ovozga va holatga taqlidni bildiruvchi soʻzlarga aytiladi Taqlid soʻzlar maʼno jihatdan quyidagi turlarga boʻlinadi: - 1. Tovushga taqlidni bildiradigan soʻzlar – gumbur-gumbur, dup-dup, shiq-shiq, duj-duk, gʼarch-gʻurch, taq-tuq, qiy-chuv, qult-qult, bidir-bidir, inga-inga, vov-vov;
- Holatga taqlidni bildiradigan soʻzlar – yalt-yult, apil-tapil, gʻuj-gʻuj, jimir-jimir, milt-milt, alang-jalang, hang-mang, pildir-pildir, likang-likang, qilpang-qilpang;
Taqlid so`zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo`llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so`zlar orasiga chiziqcha qo`yiladi. Taqlid so`zlar mustaqil so`zlar kabi gap bo`lagi bo`la oladi: SHamol g`ir-g`ir (hol) esmoqda. Tovushga taqlid so`zlar ba’zan otlashib, ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda to`ldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning g`ovur-g`ovuri bosildi. YUragining duk-dukini eshitdi. CHug`ur-chug`urning to`xtashi amri mahol.
Taqlid so`zlarning ta’rifini ayting.
Tovushga taqlid so`zlar haqida so`zlang.
Holatga taqlid so`zlar haqida so`zlang.
Taqlid so`zlar qanday ko`rinishlarda qo`llanadi?
Taqlid so`zlar mustaqil so`zlarga qaysi jihatlari bilan o`xshaydi? Taqlid so`zlarning otlashishi haqida gapiring
Savol va topshiriqlar
Undov soʻzlar deb His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirish Maʼnolarini ifodalovchi soʻzlarga aytiladi. Undov soʻzlar maʼno jihatdan quyidagi turlarga boʻlinadi:
1. His-hayajon undovlari: iye, voy voy-ey, eh, oh, oʼhhoʼ, ehhee, hey, ehey.
Buyruq-xitob undovlar : hay-hay, chu, chip-chip, allo, tss, jim, moh-moh, tu-tu-tu, bah-bah, pisht, hay, marsh,
1. Tarkibida his-hayajon undovi bo‘lgan gaplarni aniqlang.
A) O‘g‘lim, umringizdan baraka toping! B) Hay, Oynisa, buvingni chaqir. C) Qumri, axir ukangga qarasang-chi, ichagi uzilib ketdi-ku! D) Voy, nega qulluq qilishar ekan?
2. Tarkibida haydash-chaqirish (buyruq-xitob) undovi bo‘lgan gapni aniqlang.
A) Salom, ey yulduzlar, oshnolarim! B) «Chu» deb otini savaladi. C) Er kurrasida qadim-qadim zamonlardan yangragan musiqiy «Qur-ey!» bundan keyin ham tinmaydi.
D) B, C.
3. Ha, albatta, qatnashamiz! E, otangizga rahmat! Barakalla, do‘stim! Ushbu matndagi undov so‘zlarni toping.
A) ha, albatta, e B) rahmat, barakalla C) e D) e, barakalla, rahmat
4. «O‘hho‘, namuncha katta ketdingiz!» gapidagi undov so‘z qanday ma’noni anglatyapti?
A) faxrlanish B) mag‘rurlanish C) mensimaslik D) e’tiroz
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |