Har yili tug’ilgan kunimizada kechki soat 12 da bir-birimizaga telefon qilib tabriklimiza. Agar soat 12 dan 1 minut ham o’tib ketsa va’damizani ustidan chiqolmagan bo’lamiza. O’zing bilasan va’da, iymon degan gaplar bor. O’shani etish uchun telefon qilgandim senga.
Tushunarli… Siz nima desangiz shu begim! Siz bilan gaplashayotgan vaqtimda men uchun uyqu o’z ahamiyatini yo’qotadi. Demak har yili tug’ilgan kuningizda soat 12 bo’lishi bilan sizni tabriklashga va’da beraman… Ular shu tariqa axdlashib olishdi. Albatta, bu axdlashuv intixosi qachongacha davom etishi mavhum bo’lsada, biroq o’zaro berilgan va’da ularning ikkisiga ham ma’qul bo’lib tushgandi. Ibrohim qurilishda ishlardi. Uning ishi og’ir va shu bilan birgalikda xavfli ham edi. Ba’zan Shahlo qishdagi quyoshdek kutilmaganda Ibrohimning ishxonasiga tushlik uchun yegulik olib borar, ular qurilishning chang to’zonli joylarida birga o’tirib ovqatlanishardi. Qanchalar nafis edi o’sha damlar… Boisi har qanday erkak suyukligidan shu tarzdagi e’tiborni kutib yashaydi. Shahlo Ibrohimga keragidan ortiq mehribonlik qilardi. Mehr degan tushuncha shunday tuyg’uki, u qanchalik ko’p bo’lmasin shuncha ozdek bo’lib tuyilaveradi. Ibrohim ham Shahloni yer-u ko’kka ishonmasdi. Ishdan bo’sh paytlarida uning o’qishiga borib ostonada ko’ngil qo’ygan malikasini kutib turardi. Ularning birgalikdagi har bir laxzalari baxtga ko’milib, visolga to’la o’tardi. Ibrohim ba’zan Shahloga o’rtalaridagi va’da haqida eslatib turardi. Nega…? Boisi Shahlo ushbu va’da haqida unutib qo’yishidan qo’rqardi. Baxtga ko’milib oradan oylar o’ta boshladi. O’sha kuni Shahloning tug’ilgan kuni edi. Ibrohim va’dasining ustidan chiqib soat 12 da Shahloga telefon qildi. Biroq, u javob bermadi. Ibrohimning ko’zlarida tushkunlik alomatlari…! Nahotki va’damiz haqida unutgan bo’lsa…? Nahot shunchalar e’tiborsizlik qilgan bo’lsa…? Balki, uxlab qolgandir. Taxminlarning oxiri yo’q edi… Biroq barchasi befoyda, o’sha kuni Ibrohim Shahloga faqatgina birgina sms yozish bilan cheklandi xolos: <>
Ertasi kuni tong saharlab smsni o’qigan Shahlo darhol Ibrohimga qo’ng’iroq qildi. Biroq raqamga vaqtinchalik bog’lanib bo’lmaydi. Oradan fursat o’tib yana qo’ng’iroq qildi. Ammo bu safar ham avvalgi javob… Nahotki hafa qilib qo’ygan bo’lsam..? Uxlamay kutib o’tirsam o’lib qolarmidim? Axir va’da bergandimku… E’tiborsizlik qilib qo’ydim… <> degan sms kelganidan so’ng, u darxol qo’ng’iroqqa javob berdi. Mahzun muomalalik bir yigit…! U Shahloga agar ertaga iloji bo’lsa u bilan bir joyga o’tib kelishini iltimos qildi. Shahlo qayerga deb so’raganida manzil sir tutildi. Biroq bu taklif Ibrohimning iltimosi bo’lganligi sababli Shahlo unga rozi bo’ldi. Ertasi kuni Shahloning uyidagilari qizlarining tug’ilgan kunini nishonlash maqsadida tayyorgarlik ko’rayotgan bir pallada qahramonimiz Ibrohimning qadrdoni bilan notanish manzilga yo’l oldi. Bu manzil <> deb atalardi. Unga qadam qo’yar ekan Shahlo nega bu yerga kelganligini tushunolmasdi. Hammayoqda nurli qabrlar…! Taxlikaga tushib qolgan Shahloning xayolini <> degan ovoz buzib yubordi. Yigit Shahlodan taxminan 50 qadam uzoqlikda joylashgan bir qabrning boshiga borib to’xtadi, xamda o’sha yerdan turib Shahloni chaqirdi. Qabr yoniga yaqinlashar ekan tuproq ostida kim yotganligidan bexabar Shahloning vujudini qo’rquv qamrab olgandi. Qahramonimiz o’sha nurli qabr yoniga yetib kelgach laxat boshiga o’rnatilgan yodgorlikdagi yozuvlarni o’qib daxshatga tushdi. Yodgorlikda <> deb yozib qo’yilgandi. Nahotki bu o’sha Ibrohim bo’lsa…? Qanday qilib qabr ostiga tushib qoldi. Shahlo laxatni quchgancha baqirib yig’lardi. Keyin ma’lum bo’lishicha Ibrohim o’shanda birinchi bor Shahloning tavallud ayyomi bilan tabriklagan kunining ertasiga avtohalokatga uchragan ekan. Reanimatsiya bo’limida hayot uchun kurashayotgan Ibrohim qadrdon do’stini yoniga chaqirib har yili o’sha va’dasiga binoan Shahloni tug’ilgan kuni bilan tabriklab turishini do’stidan iltimos qilibdi. Toki Shahlo turmushga chiqquniga qadar unga bu haqda bir so’z aytmasligini tayinlabdi. Shu boisdan ham Ibrohimning vafoti sir tutilganmish…! Sevgilisining qabrini quchib iztirobga to’lib yig’layotgan Shahloga Ibrohimning do’sti bir maktubni tutqazdi. Unda quyidagi so’zlar yozib qo’yilgandi: <> Nafis dil izhori yozilgan ushbu maktubni qo’llarida tutgan Shahlo Ibrohimning siyrati aks ettirilgan o’sha qabr yodgorligini quchoqlagancha marjon-marjon ko’z yosh to’kib yig’lardi…