Almashlab ekishning kimyoviy asoslari.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini yyetishtirish mobaynida tuproqda oiganik
moddalaming sintezlanishi, to ‘planishi va parchalanishi yuz beradi.
Bu jarayonlarva oziq elementlarini o ‘zlashtirilishi turli ekinlar ekilgan
dalalarda har xil o'tadi. Tuproqda organik modda qoldirishi bo'yicha
ekinlarni quyidagicha joylashtirish mumkin: ko‘p yillik o‘tlar - kuzgi
g‘alla — bahorgi g'alla — makkajo‘xori — dukkakli don ekinlari.
Har xil ekinlar ekilgan maydonlar nisbatini o'zgartirib, dalalarda
organik moddalarning to ‘planishini boshqarish mumkin. Qator
oralariga ishlov beriladigan ekinlar surunkasiga ekilganda tuproqda
organik moddalar kamayib ketadi. Bu gumus miqdorini pasayishiga
olib keladi. K o‘p yillik o ‘tlarni surunkasiga ekish natijasida organik
m oddalar to ‘planishi ko'payadi. Bu suvda eriydigan mineral
moddalami etishmasligiga olib kelishi mumkin. Mamlakatimizda
deyarli 90 yil mobaynida paxta yakka, hokimligi hukm surdi. Bu
tuproq unumdorligini pasayishi, ekologik muvozanatning buzilishiga
ham sababchi bo'ldi [1,2,6].
Rotatsiya davomida tuproqda to‘planadigan organik moddalar miq
dorini oraliq ekinlar ekish orqali ham ko‘paytirish imkoni mavjud.
Oraliq ekinlar ekish natijasida gektariga 10 tonnagacha organik qoldiq
to ‘plash mumkin [1,2,3,4].
Qishloq xo‘jaligining har xil ekinlari qoldirgan organik massa
gumus balansiga turlicha ta ’sir etadi. Qator oralari ishlanadigan
ekinlar o ‘stirilayotgan dalalarda gumusning kamayishi ko‘proq,
kuzgi g‘alla ekilgan yerlarda karnroq bo‘ladi. Ko‘p yillik o‘tlar ekilgan
maydonlarda gumus miqdori ortadi.
Tuproqqa tez-tez ishlov berish ham oiganik moddaning tez parcha-
lanishiga sabab boiadi.
Germaniya sharoitida oiganik moddaning defitsitsiz balansiga 75%
maydonda dukkaklilar va g‘alla ekinlarini aralashtirib ekilgan
almashlab ekishda erishilgan [1].
0 ‘simlik qoldiqlari va oiganik moddalarning bir qismigina gumusga
aylanadi. K atta qismi oddiy mineral moddalargacha parchalanib
ketadi va keyingi yili ekiladigan ekinlar uchun oziq modda bo‘lib
xizmat qiladi.
Oziq elementlari balansining kirim qismi o'simlik qoldiqlarining
chirigan mahsuloti va tuproqqa solingan o‘g‘itlardan iborat. Bundan
tashqari, azot dukkakli ekinlaming ildizidagi tugunakli bakteriyalar
hisobiga to ‘planadi. Ko‘p yillik dukkakli ekinlardan keyin azotli
o‘g‘itlami solish m e’yori kamaytiriladi, fosforli o‘g‘itlar miqdori,
aksincha, oshiriladi.
Har xil ekinlami navbatlab ekish oziq elementlaridan unumli
foydalanishni ta’minlaydi. 0 ‘sirnliklaming oziq elementlarga bo'lgan
talabi ulaming turiga, hosiliga va o‘sish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
G ‘o‘za g'allaga nisbatan oziq elementlarini ko‘proq talab qiladi.
Azot, fosfor va kaliyning nisbati ham bu ekinlarda bir-biridan
farq qiladi.
G ‘alla ekinlari o'zlashtirgan oziq moddalaming bir qismi somon
bilan tuproqqa qaytadi. Yem-xashak ekinlari o‘zlashtirgan oziq
elementlarining deyarli hammasi go'ng, o‘simlik qoldiqlari bilan
tuproqqa qaytadi. Paxta va kanop hosili bilan olib chiqib ketilgan
moddalar tuproqqa qaytarilmaydi. Ulaming o'm ini o‘g‘itlash bilan
to’ldirish mumkin.
Hech qaysi ekin tuproqni kul elementlari bilan boyitmaydi,
ulardan foydalanish xususiyati har xil ekinlarda turlicha bo‘ladi. Ba’zi
ekinlar oziq elementlami qiyin o'zlashtiriladigan birikmalardan olsa,
boshqalari yengil o'zlashtiriladigan shakllardan foydalanadi. Masalan,
marjumak fosforni qiyin o'zlashtiriladigan shakllardan olibgina qolmay,
uni keyingi ekinlar uchun ham qoldiradi.
Tuproqdagi oziq elementlaridan unumli foydalanishda ildiz
sistemasi tuproqqa kirib borishi turlicha bo'lgan ekinlami navbatlab
ekish ham muhim ahamiyatga ega. Rus olimlari V.G.Rotmistrov va
A.P.Modestov tuproqdagi oziq elementlaridan samarali foydalanish
uchun har xil ildiz sistemasiga ega bo‘lgan ekinlami navbatlab
ekishni tavsiya etishgan [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |