ALMASHLAB EKISHNING ILMIY ASOSLARI
Ekinlar surunkasiga ekilganda, hosili kamayib ketishini ibtidoiy
odamlar sezishgan, ammo uning sabablarini bilmaganlar. Tabiiy
fanlar rivojlanishi bilan ekinlarni navbatlab ekishni ilmiy asoslari
paydo bo‘la boshladi. Birinchilardan bo‘lib shunday urinishlarni
shveysariyalik botaniklar Dekandollar qilishdi. Ulaming nazariyasi
bo‘yicha o‘simliklar tuproqdan kerakli va keraksiz moddalami
o ‘zlashtiradi. Keraksiz moddalar tuproqqa qayta chiqarib tashlanadi.
Bu moddalar tuproqda to ‘planib, keyingi yillarda shu ekinga salbiy
ta’sir etadi [1].
Bu nazariya Maker tomonidan tekshirilib, o ‘simliklar ildizidan
zararli organik moddalar chiqarishi aniqlandi. Uning fikricha, ana
shu moddalar tuproqda qancha ko‘p to'plansa surunkasiga ekilayotgan
ekin shuncha ko‘p zararlanadi, boshqa o'simlik uchun esa ular zarar
qilmaydi, aksincha oziq bo'lib hisoblanadi [1,3].
XIX asrning boshlarida Albert Teer organik moddalami kamay-
timvchi va ko'paytiruvchi ekinlarni navbatlab ekishni tavsiya etdi.
1840 yilda Germaniyalik olim Yustus Libix ekinlar hosildorligini
pasayishiga asosiy sabab, tuproqdagi oziq elementlarini hosil bilan
olib chiqib ketilishi ekanligini ko'rsatdi. U oziq elementlariga
talabi har xil bo‘lgan ekinlam i navbatlab ekishni tavsiya etdi.
Fosfor, kaliy va kalsiyga bo‘lgan talabiga ko'ra ekinlar uch gumhga
b o ‘lin d i. H o sild o rlik n i p asay ish i ana shu e le m e n tla rd a n
birortasining kamayishi bilan izohlanadi.
Dukkakli ekinlaming oziqlanishda simbiozni aniqlanishi dukkakli
va boshqa ekinlami navbatlab ekishni asoslab berdi. Dukkakli ekinlami
sumnkasiga ekish natijasida tugunak bakteriyalar to ‘plagan ortiqcha
azot bu ekinlarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Boshqa ekinlar aksincha,
bu azotdan foydalanib yaxshi o‘sadi.
Keyinchalik ekinlami navbatlab ekish nazariyasida yangi yo'nalish
rivojlana boshladi. Bu nazariyaning tarafdorlari (P.A.Kostichev,
V.R.Uilyams) ekinlar hosildorligining kamayishiga sabab oziq
elementlarining kamayishi emas, balki bir yillik g‘alla ekinlarining
ekilishi ta ’sirida tuproqning fizik xususiyatlarini yomonlashuvi deb
ko‘rsatdilar. Tuproq strukturasining buzilishi uning suv, havo va
oziq rejimlarim buzilishiga olib keladi. Bu nazariya asosida bir yillik
don ekinlarini ko‘p yillik dukkakli ekinlar bilan navbatlab ekish
tavsiya etildi. Bu almashlab ekish o ‘t-dalali almashlab ekish nomi
bilan ataldi.
Yuqoridagi nazariyalarning kamchiligi ulaming bir tom on-
lamaligida, ya’ni ekinlami navbatlab ekishni taqozo etuvchi barcha
omillami hisobga olinmaganligidadir.
D.N.Pryanishnikov bu omillami 4 ta gumhga bo‘ladi: kimyoviy,
ya’ni o‘simliklami azot va kul elementlari bilan oziqlanishiga taalluqli
omillar; fizik, ya’ni qishlpq xo‘jalik ekinlari va ulaming agrotexnikasini
tuproqning fizik xusiisiyatlari hamda eroziyaga chidamligiga ta’siri;
biologik sabablar, ya’ni o‘simliklaming boshqa o‘simliklarga, begona
o‘tlarga, kasalliklarga, hashoratlarga munosabati; iqtisodiy, ya’ni
xo‘jalikning iqtisodiy va tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda
ekinlar stmkturasi va ulaming joylashuvi bilan bog‘liq omillar [1,3].
Do'stlaringiz bilan baham: |