Qishloq xoʼjalik ekinlarini xoʼjalik hududida yillar davomida dalalar boʼyicha ilmiy asosda navbatlab ekishga almashlab ekish deyiladi.
Аlmashlab ekish dalalarda oʼtkaziladigan barcha agrotexnik tadbirlarning asosi hisoblanadi. U toʼgʼri tashkil etilganda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurashishni, begona oʼtlar, zararkunanda hamda kasalliklarning keskin kamayishini taʼminlaydi.