Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik Uzunligi va kesim yuzasi bir birlikka teng bo’lgan silindrsimon o’tkazgichning elektr o’tkazuvchanligiga teng kattalik. U solishtirma elektr qarshiligining tesari qiymatiga teng. Solishtirma o’tkazuvchanlik bilan belgilanadi va uning birligi –1.
Salt o‘tish kuchlanishi Fotoelementga ulangan nagruzka qarshiligi Rn cheksiz bo’lganda unga tushadigan kuchlanish. U Vxx bilan belgilanadi.
SiO2 – Oksid kremniy Kremniy (Si) va kislorod (O) atomlari kimyoviy birikmasidan iborat material bo’lib, kremniyni kislorodli muhitda qizdirish natijasida hosil bo’ladi: Quruq kislorod muhitida qizdirish; Nam kislorod muhitida qizdirish; Suv bug’i muhitida qizdirish; Mikroelektronikaning asosiy materiali sifatida kremniyni tanlanishiga sabablardan biri SiO2 ni hosil qilish texnologik qulay, sifatli dielektrik qatlam, kirishmalar diffuziyasidan yaxshi himoyalovchi qatlamdir.
T Ta’qiqlangan zona Qo’shni elektron zonalar orasidagi masofa (energiya shkalasi bo’yicha). Asosan yarim o’tkazgichlarda valent zonaning shipi (bu zonadagi ruxsat etilgan maksimal energiya qiymati) hamda o’tkazuvchalik zonasining tubi (bu zonadagi ruxsat etilgan minimal energiya qiymati) bilan belgilanadi. Odatda aynan ana shu ko’rsatkichni yarim o’tkazgichning ta’qiqlangan zonasi kengigi deb ataladi. Yarim o’tkazgichlar da hamma valent elektronlar kimyoviy bog’lanishda qat nashganligi tufayli T=0°K erkin elek tronlar bo’lmaydi. Berilgan issiqlik yo ki yorug’lik hisobiga kimyoviy bog’la nishda ishtirok etgan elektronni ma’lum energiya berib ozod qilish mumkin. Ana shundagina bu elektron elektr toki o’tkazishda qatnashadi. Shuning uchun ta qiqlangan zona de ganda har qanday yarim o’tkazgich kimyoviy bog’la nishdagi elektronni ozod qilish uchun (ya’ni bog’lanish energiyasiga teng energiya) kerak bo’l gan energiyaga ayti ladi va Eg bilan bel gilanib, uning qiy mati eV larda o’lcha nadi.
TunnelashKvant zarralarining, shu bilan birga elektronarning ham ajoyib xususiyati bo’lib, energiyasi berilgan potensial to’siq energiyasidan kichik bo’lganda ham ushbu to’siqdan o’ta olish xususiyatidir. Biror energiyali electron, o’zidan o’tish uchun kattaroq energiya talab qiluvchi to’siqqa uchraganda, undan qaytmaydi, balki to’lqin singari energiya sarfi bilan to’siqdan o’tib ketadi.
Translyatsiya Har qanday elementar panjaraning ma’lum yo’nalish bo’yicha o’z o’ziga parallel holda siljishi. Translyatsiya yordamida xohlagan yo’nalish bo’yicha xohlagan hajmdagi kristallni hosil qilish mumkin.