Allomalar din to'G'risida fanda «Uyg‘onish davri»


Ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha yaratiladigan ijodiy ishlar uchun quyidagi talablar ko‘zda tutilgan



Download 27,31 Kb.
bet4/4
Sana08.07.2021
Hajmi27,31 Kb.
#112632
1   2   3   4
Bog'liq
ALLOMALAR DIN TO'G'RISIDA

Ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha yaratiladigan ijodiy ishlar uchun quyidagi talablar ko‘zda tutilgan:

– muqaddas islom dinining sofligini ta’minlash,  uning rivoji va ma’naviy qadrini yuksaltirishda o‘zlarining o‘chmas nomlarini qoldirgan buyuk bobokalonlarimiz  hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy, Imom at- Termiziy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahoviddin Naqshband, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ulug‘ zotlarning o‘lmas ilmiy-ma’rifiy merosi, ibratli hayotini va ularning inson sifatidagi badiiy mukammal obrazlarini yuksak badiiy vositalar bilan aks ettiruvchi romanlar yaratish;

– buyuk allomalarimizning badiiy timsollarini yaratish bilan birga islom dinining bugungi jahon hamjamiyatidagi o‘rnining muhimligi, insoniyatni tashvishga solayotgan global muammolarni hal etishda islomiy bag‘rikenglik g‘oyalarining ahamiyatini ochib berish;

– islom har sohada me’yor va muvozanatga rioya qiluvchi din ekani, uning mohiyati – insonga g‘amxo‘rlik, bag‘rikenglik, hukmlari – adolat, voqeligi –halqparvarlik, zohiri – ilg‘or madaniyat ekani;

– islom olamida kechayotgan murakkab ijimoiy-siyosiy jarayonlarning asl mazmun va mohiyati, kelib chiqishi va oqibatlarini teran tahlil etuvchi hamda turli g‘arazli va bugungi terrorchilik holatlarini islom dini bilan bog‘layotgan buzg‘unchi kuchlarga qarshi kurashga chorlovchi;

– islom tinchlik dini ekani va u mohiyatan terrorizmga mutlaqo zidligi, milliy tarbiyaning sharqona xususiyati, diniy ta’lim tizimidagi o‘ziga xos tamoyillarni ochib beruvchi;

– dunyoning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan buzg‘unchilik va xunrezliklar islomdan emasligini tariximizdagi allomalar hayotidan keltirilgan turli voqealar, vaziyatlarga munosabatlar asosida dalillab beradigan;

– o‘z davrida buyuk bobokalonlarimizning diniy mutaassiblik, adashgan oqimlarning puch da’volariga bergan raddiyalari, dinimiz ta’limotlarini noto‘g‘ri talqin qiluvchilarga javoblarini bugungi kun bilan bog‘lagan holda qiziqarli talqin etuvchi;

– muqaddas dinimizning asl mohiyatini anglash –  ayrim yoshlarning islom niqobidagi buzg‘unchi g‘oyalar, ekstremizm, terrorizm girdobiga kirib, buzg‘unchi g‘oyalarga aldanib qolishiga qarshi kurashishida o‘ta muhim omil ekani;

– islom dini bag‘rikenglik tamoyillari bilan hamisha xalqlar o‘rtasida do‘stlik, tinchlik-totuvlik va hamkorlikka chaqirib kelganini, har qanday fitna va urushlarga barham berganini badiiy obrazlar vositasida ochib beradigan asarlar yaratish shular jumlasidandir.



Buyurtma berilgan kitoblar Agentlik tizimidagi nashriyotlar qoshida taniqli adiblar, islomshunoslar, diniy arboblar hamda tarixchi olimlardan iborat nufuzli hay’at tomonidan baholanib, nashriyotlarning ijtimoiy grantlari asosida chop etiladi va mualliflarga belgilangan tartibda qalam haqi beriladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ularning qalbida ona Vatanimiz hamda xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning yuksak gumanistik g‘oyalarga asoslangan boy ma’naviy merosi umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgani dunyo jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda e’tirof etiladi.

Ulug‘ ajdodlarimizning aql-zakovati va badiiy dahosi bilan yaratilgan noyob asarlar, xususan, matematika, mineralogiya, astronomiya, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika, me’morlik, tarix, adabiyot, san’at, ilohiyot, falsafa va boshqa sohalarga oid manbalar nafaqat bizning xalqimiz, balki jahon ahlining bebaho boyligi hisoblanadi.

Ana shunday beqiyos merosimiz asosida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovida 250 ming nafarga yaqin yosh ishtirok etib, tanlov g‘oliblariga “Prezident sovg‘asi” – yengil avtomashina topshirilgani yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati rivojlanishiga muhim ta’sir o‘tkazdi.

Buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti

va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida:

1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda jamoatchilik vakillarining mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovlarini ijobiy baholagan holda, ushbu tanlovlarni o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

2. Buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovini (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

a) tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

b) tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun:

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi tashkiliy-amaliy ishlar bo‘yicha;

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar hisoblanadi.

4. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda o‘n kun muddatda “Yosh kitobxon” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

5. Mazkur Nizomda:

buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning merosini chuqur o‘rganish maqsadida alohida nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar tashkil etish;

2018-yilgi tanlovlarni Vatanimiz tarixi va xalqimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy, Berdaq singari buyuk mutafakkirlarimiz ijodi va faoliyati, jahon adabiyotining durdona asarlari, shuningdek, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish” kabi xalq dostonlari bo‘yicha o‘tkazish;

keyingi tanlovlarni davrlashtirgan holda davom ettirish uchun tegishli ro‘yxatlarni shakllantirish;

tanlov g‘oliblarini mukofotlash va rag‘batlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan, respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan qatnashchilarni yengil avtomobillar bilan taqdirlash, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari va faol ishtirokchilarni ham munosib rag‘batlantirish choralari nazarda tutilsin.

6. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tanlov nominatsiyalarida belgilangan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning asarlarini, ularning hayoti va faoliyatiga oid kitob va risolalarni nashrga tayyorlash, chop etish hamda ta’lim muassasalari kutubxonalariga, tegishli veb-saytlarga, axborot-resurs markazlari va keng o‘quvchilar ommasiga yetkazish choralarini ko‘rsin.

7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror ijrosi bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X.M.Sultonov va Q.K.Quranboyev zimmasiga yuklansin.
Download 27,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish