Saraton yuzaga kelishining asosiy sababi kasallikning xususiyati — bu DNK tuzilishining shikastlanishida yotadi. Uni esa kantserogenlar shikastlaydi. Tabiiyki, insonlarda bunga qarshi mudofaa bor.
Organizm o’zi tiklanishi, kantserogenlar va hatto xatarli o’smalarni yo’q qilish qobiliyatiga ega. Ammo yosh o’tishi bilan organizmning bu vazifasi zaiflashadi. Shuning uchun saraton kasalligiga chalinish xavfi nafaqat organizmning faoliyatiga, balki tushayotgan kantserogenlar soniga ham bog’liq. Shu sababli, organimzga tushadigan kantserogenlar miqdorini kamaytirish saratonning oldini olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |