Allergiya qisqa muddatli emas, surunkali xarakterga ega ekanligi va uning yuzaga kelishi infektsiya bilan bog’liq emasligi tufayli terapiya uzoq muddatli ta’sirga ega usullarni o’z ichiga olishi kerak. Shu sababli hayot tarzini, atrof muhitni, bemorning odatlarini o’zgartirish eng samarali davolash usullari sanaladi.
Davolash allergiya simptomlarini yengillashtirishga yordam berishi mumkin bo’lsa-da, bemorlar ba’zi allergen ta’siridan qochishlari kerak. Ba’zi hollarda bu oson ish emas. Bahor va yoz oylarida o’simlik changidan qochish deyarli imkonsiz. Hatto eng toza uylarda ham zamburug’ sporalari yoki chang mavjud. Shunday qilib:
Do'stlaringiz bilan baham: |