Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)
Xonaqoh hovlisining g‘arbidagi 3 gumbazli masjid maqbaraga tutash, 3 ravog‘i hovliga kdragan. Masjidning g‘arbiy devor markazida keng hoshiyali mehrob bor. Undagi bo‘rtma yozuv, sopol shakllar, oraliq zaminidagi o‘yma ganch bezaklar o‘ziga xos. Masjid ustunlari g‘ishtdan bezakli qilib terilgan. Masjiddan ravoq orqali maqbaraga o‘tiladi. Maqbara ichi ganch o‘ymakorligida gilam nusxa bezakda serhasham pardozlangan. Gumbaz osti sharafasida kufiy xatida Qurʼonning 36 surasi o‘yib yozilgan. Xonaqoh ichi ham yulduzsimon girih naqshlar bilan pardozlangan. Ravoklaridagi tobadonlariga panjaralar o‘rnatilgan. Maqbara ichidagi oq marmar sag‘ana temuriylar davridagi tosh o‘ymakorligi sanʼatining yuksak namunasidir. Sag‘ana 3 pog‘onali, asosi islimiy naqsh va yozuvli hoshiyalar bilan, o‘rta qismidagi 3 mehrobiy tokchaning markaziy (o‘rta) qismi muqarnas kosachalar bilan, 2 yoni shamchiroq tasviri bilan bezatilgan. Sag‘anadagi yozuvlarda Termiziy hayoti va faoliyati tavsiflangan. Kichik maqbarada ham taʼmirlash ishlari olib borilgan. Аbdullaxon hukmronligi davri (XVI asr)da hazira (hovli) hududida 9 gumbazli masjid (eski masjidni o‘z ichiga olgan) qurilgan. Oldida yengil ravoq ustunli ayvon joylashgan. XIX asrda 9 gumbazli masjid o‘rnida 4 gumbazli masjid bunyod etilgan. Janubdan kiraverishda yana bir maqbara (go‘rxona va ziyoratxonadan iborat) qurilib, ravokli bo‘lmalar orqali Termiziy maqbarasi va xonaqoh bilan o‘zaro bog‘langan. Termiziy me’moriy mаjmui 1955-1957 yillarda ilmiy o‘rganilib XIV-XV asrlardagi ko‘rinishi qayta tiklandi. 1980-1981 yil va 2001-2002 yillarda maqbara va xonaqoh qayta pardozlandi. Majmuaning umumiy tarhi 28,0x29,0 m, maqbara 5,10x4,70 m.45 Bu zot donishmand, tabib bo‘lganliklari uchun «al-Hakim», termizlik bo‘lganliklari uchun « at-Termiziy» deb atalganlar. Xalq orasidagi mavqe-martabasi nazarda tutilib, Termiz ota (Termiz oqsoqoli) taxallusi bilan nash’u namo topgan46. Al-Hakim at-Termiziyning uzoq — 116 yoinki 120 yil umr ko‘rganligini e’tiborga olsak, alloma sakkizinchi asrning o‘rtalarida (taxminan 750—760 yillar oralig‘ida) tavallud topganligi ayon bo‘ladi. Jumladan, al-Hakim at-Termiziyning hayoti va uning ta’limotini chuqur o‘rgangan misrlik taniqli olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka al-Hakim at-Termiziyni hijriy 205 (melodiy 820) yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko‘rib, hijriy 320 (melodiy 932) yilda 112 yoshida vafot etganligi haqida yozadi.47 Mana shularni xulosa qilib aytish mumkinki, bu yo‘nalishda kelajakda olib boriladigan chuqur ilmiy tadqiqotlar alloma al-Hakim at-Termiziy tavalludi va vafoti sanalarini aniqlash imkonini beradi, deb o‘ylaymiz. Uning maqbarasi Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo‘yida joylashgan. Al-Hakim at-Termiziy o‘zining avtobiografik risolasi «Bad’u sha’ni Abu Abdulloh» va «Ar-Radd a’lol-muattila» kabi asarlarida yozishicha, uning onasi va bobosi ham o‘z davrida hadis ilmining yetuk bilimdonlaridan bo‘lgan. Bu ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, al-Hakim at-Termiziy ilm-ma’rifat yuksak qadrlanadigan, ziyoli bir xonadonda dunyoga kelib, mana shu ilmiy-ma’naviy muhitda o‘sib ulg‘aygan. Otasi vafotidan keyin al-Hakim at-Termiziy o‘z shahridagi yetuk olimlardan asosan tafsir, hadis va fiqh ilmlaridan saboq oladi. Uning termizlik muhaddislar Abu Muhammad Solih ibn Muhammad ibn Nasr at-Termiziy, Solih ibn Abdulloh at-Termiziydan hadis ilmini o‘rganganligi haqida manba’larda aniq ma’lumotlar keltirilgan.48 Shundan so‘ngra alloma Fariduddin al-Attorning yozishicha, yoshi yigirma yettiga yetganda al-Hakim at-Termiziy ikki o‘rtog‘i bilan o‘sha paytda butun Sharqda ilmu ma’rifatning eng yirik markazlaridan biri sanalgan Bag‘dodga borib ilm olishni niyat qilganda birdan onasi betob bo‘lib qoladi va unga: «Ey o‘g‘lim, men bir mushtipar, zaifa ayol bo‘lsam, menga sendan bo‘lak boshpanoh bo‘lib yordam beradigan biror kimsa bo‘lmasa, mening butun borlig‘im faqat sen bilan bog‘liq bo‘lsa. Sen meni kimga tashlab ketmoqchisan?» — deb unga iltijo qiladi. Volidasining bu so‘zlari al-Hakim at-Termiziyga qattiq ta’sir qilib, u ilm talabidagi ushbu safaridan voz kechadi. Uning ikki o‘rtog‘i esa o‘z safarlariga otlanib yo‘lga tushadilar. So‘ngra, ushbu voqeadan keyin talay vaqt o‘tgach, al-Hakim at-Termiziy Bag‘dodga borolmaganligi uchun g‘oyatda afsuslanib, maqbaralardan birining yonida yig‘lab xafa bo‘lib turganida uning yonida yuzidan nur yog‘ilib turgan bir shayx paydo bo‘lib, undan yig‘lashining sababini so‘raydi. Al-Hakim unga yuz bergan voqeani birma-bir aytib beradi. Shunda shayx: Istasang, men senga har kuni turli ilmlardan saboq berib, seni o‘qitaman, deydi. Al-Hakim uning bu so‘ziga darhol rozi bo‘ladi. Bu hol bir necha yil davom etadi. So‘ngra u bilsa bu kishi Xizr alayhissalom ekanlar. Uning bu saodatli marhamatga erishishi volidai mushfiqasining duosi barokotidan bo‘lgan edi.49 Download 7,76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |