Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet40/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

Abu Iso Termiziy maqbarasi

ishlari olib borildi. Sag‘anasi va ganjkori panjaralari qayta o‘rnatildi.41

Sherobod tumanidagi Abu Iso at-Termiziyning (824–892) ziyoratgohi butun musulmon olamida mashhur oltita muhaddislardan birining tabarruk bo‘lgan ajdodimiz qabridir. Ushbu ziyoratgohga respublikamiz viloyatlari, tumanlaridan tashqari, Arabiston, Fransiya, Avstraliya, Malayziya kabi davlatlardan ham ziyoratchilar kelishadi.

Abu Iso at-Termiziy maqbarasi X–XI asrlarga oid bo‘lib, u erda xoki yotgan Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhoq as-Sulamiy al-Bug‘iy at-Termiziy hijriy 209 (mil. 824) yilda Termizning Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan42.

Abu Iso at-Termiziy islom ilohiyoti va hadisnavisligi bilan birga, Makka, Madina, Iroq, Xuroson, Damashq kabi shaharlarda bo‘lganida ilm al-qiroat, al-bayon, fiqh, tarix, falakiyot kabi fanlarni muntazam o‘rganib, yirik qomusiy olim sifatida mashhur bo‘ladi.43 Abu Iso Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun ad-Darir taxallusi bilan xam atalgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va bosahqalar uning ustozlari edi.

Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. «Al-Jomiʼ as-sahih» («Ishonarli toʻplam»), «ash-Shamoil an-nabaviya» yoki «Ash-Shamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam» («Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari»), «al-Ilal fil-hadis» («Hadislardagi illatlar»), «Risola fil-xilof val-jadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «at-Taʼrix» («Tarix»), «Kitob uz-zuhd» («Zohidlik kitobi»), «Kitob ulasmo val-kuno» («Ismlar va kunyalar kitobi») va boshqa. Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, «al-Jomiʼ as-sahih» boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda «Jomiʼ at-Termiziy», «Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy» nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri «ash-Shamoil an-nabaviya» Muhammad (sav)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir.

1990 yil Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi.44




Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish