Qabr toshlardagi “Mavlono”, “Amir”, “Darxon” yoki “Tarxon” so‘zlarining borligi bu qabr tosh egalari o‘z davrida etuk ulomo yoki ushbu hududning hokimi bo‘lganligidan dalolat beradi. Darxon — tarxon degan so‘zdan o‘zlashgan. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da “tarxon” so‘ziga izoh berilmagan. “Darxon” so‘zi esa: 1. O‘rta asrlarda soliqdan va har qanday majburiyatlardan ozod qilingan, imtiyozli, daxlsiz qabila, yoki mansabdor shaxs. 2. Soliq va to‘lovlardan yoki boshqa majburiyatlardan ozod etilgan, engillik berilgan kishi, deb izohlangan. Chingizxon va avlodlari, Amir Temur va temuriyzodalar davrida Tarxon (darxon)lar maxsus yorliqqa, imtiyozga ega bo‘lgan kishilar (din peshvolari, nufuzli amaldorlar) bo‘lib, ular turli soliqlar va boshqa to‘lovlardan ozod etilgan edilar.145
Do'stlaringiz bilan baham: |