Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet32/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

Zirkmozor ziyoratgohi. Chortoq tumanining Arbag’ish qishlog’ida joylashgan bo’lib, muqaddas qadamjolardan hisoblanadi. Xalq orasida boshqa ziyoratgohlar kabi bu joy haqida ham turli rivoyatlar mavjud. Aytishlaricha, payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan oldin o’zlarining qimmatbaho to’nlarini Sulton Voizga meros qilib qoldirganlar. Uni egasiga topshirishni o’z yaqinlariga vasiyat qilgan ekanlar. Ularning vafotlaridan keyin bu to’nni Sulton Voizga topshirish vazifasi Payg’ambarimizning kuyovlari Hazrati Aliga yuklatilibdi. Hazrati Ali Sulton Voizni axtarib Zikrmozorga kelibdilar va o’sha yerda nomoz o’qibdilar. Xazrati Ali namoz o’qiyotganda boshlarini qo’ygan joydan daraxt, hassalarini sanchib qo’ygan joydan esa buloq chiqqan. Shuning uchun bu joy Hazrati Alining qadamlari yetgan aziz joy hisoblanadi.32

Is’hoqxon To‘ra Ibrat majmuasi. Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanida joylashgan ziyoratgoh. Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 2-noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Is’hoqxon Ibrat haqida alohida to‘xtalib, u kishiga atab zamonaviy bog‘ yaratish, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi”ni tashkil qilish tashabbusini bayon etgan edi. Bu taklif jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, Is’hoqxon To‘ra Ibrat majmuasi qayta ta’mirlanib, 2017 yilda o’z ish faoliyatini boshladi.

Bu yerda ma’rifatparvar bobomizning haykali o‘rnatilgan. Muzey Ishoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati bilan tanishtiradi. “Ibrat maktabi”da yoshlar xorijiy tillarni o‘rganadi. Bularning barchasi yaxlit kompleks sifatida allomaning buyuk xizmatlarini qadrlash, merosini o‘qib-o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutadi.




XIX asrda To‘raqo‘rg‘on zaminida tug‘ilib o‘sgan Ibrat domla arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lib, Sharq va Yevropa ilm-fani, madaniyati va san’ati bilan yaqindan tanishgan, yurtimizga ilg‘or madaniyat va texnika yangiliklarini olib kirishga intilgan.

Ibrat domla o‘lkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida 1908-yili Orenburg shahridan litografik mashina sotib olib, uni Orenburgdan Qo‘qongacha poyezdda, Qo‘qondan To‘raqo‘rg‘onga tuyalarga ortib, katta mashaqqatlar bilan olib kelgan va o‘z hovlisida “Ishoqiya bosmaxonasi”ni tashkil qilgan. Bu ma’rifatparvar inson ko‘plab ilmiy, pedagogik hamda badiiy asarlar yaratgan, o‘z qishlog‘ida yangi maktab va kutubxona ochgan, aholi uchun zamonaviy bog‘ barpo qilgan, hozirgacha g‘oyat noyob hisoblanadigan olti tilli lug‘at yaratib, o‘z bosmaxonasida chop ettirgan. Uning “Farg‘ona tarixi” asari mamlakatimiz tarixiga oid nodir manbalardan biridir.33

Is’hoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbaatchilaridan bo‘lib, 1862 yilda Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan.

Is’hoqxon Ibrat 1886 yilda madrasani tugatib, To‘raqo‘rg‘onga qaytib keladi. U o‘z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma’rifat tarqatish bilan boshladi. O‘sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.

Is’hoqxon Ibrat 1887 yilda haj safariga otlanadi. So‘ng u Sharq mamlakatlari bo‘ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istambul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida bo‘ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. Ishoqxon u yerlarda ko‘p ishlatiladigan arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o‘rgandi. U 1896 yilda o‘z vataniga qaytib keldi.

To‘raqo‘rg‘onda yangi usul maktabini ochgan (1907), Is’hoqxon Ibrat yangi maktablar ochish, o‘qituvchilar tayyorlash, ayollarni ilm-ma’rifatli qilish ishlarida faol qatnashgan. O‘z she’rlari («Tarixi chopxona», «Madaniyat haqida masnaviy», «Gazeta xususida», «Qalam»)da mahalliy va chor amaldorlari kirdikorlarini fosh etgan («Ilmi Ibrat», she’riy to‘plam, 1909).

1901 yilda arab, fors, hind, turk, o‘zbek va rus so‘zlaridan tarkib topgan «Lug‘ati sitta-alsina» («Olti tilli lug‘at») asarini bosmadan chiqaradi. Is’hoqxon Ibrat 1912 yilda yozuvlar tarixiga bag‘ishlangan, asarida lotin, yunon, xitoy, qind, arab, Kirill yozuvining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi haqida ma’lumot berilgan «Jome’ ul-xutut» («Yozuvlar majmuasi») asarini yaratdi va o‘z matbaasi «Matbaayi ishoqiya»da bosmadan chiqardi.

Ibrat chin qalbdan o‘z xalqining ilmli, ma’rifatli bo‘lishini istadi. Keyingi 20-yil ichida 14 ta ilmiy-tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi bo‘lmish «Devoni Ibrat» she’rlar to‘plamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid «Tarixi Farg‘ona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uz-zamon» ilmiy asarlarini yaratdi.

Is’hoqxon Ibrat «Turkiston viloyati gazeti», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gaz. lariga yozgan maqolalarida fan, ma’rifat va madaniyatni targ‘ib etgan.

Ibratning so‘nggi yillardagi hayoti ancha tahlikali o‘tdi. 1935 yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937 yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va ma’rifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi. Is’hoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi noma’lum.34



Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish