Alkinlarning olinishi, kimyoviy va fizik xossalari. Ishlatilishi va muhim xossalari



Download 460,76 Kb.
bet4/5
Sana13.04.2022
Hajmi460,76 Kb.
#548368
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alkinlarning olinishi, kimyoviy va fizik xossalari. Ishlatilishi va muhim xossalari.

HCN ning birikishi. Vodorod sianidning CuCl2 ishtirokida atsetilenga nukleofil birikish reaksiyasi asosida sanoatda akrilonitril olinadi:

Akrilonitril nitron sintetik tolasini olishda monomer sifatida ishlatiladi.
Spirtlar va karbon kislotalarning birikishi. Atsetilenva 1-alkinlarga katalizatorlar (ishqoriy metallarning gidroksidlari va alkogolyatlari) ishtirokida spirtlarning birikishidan oddiy alkenil efirlari, ZnO yoki H3PO4 ishtirokida karbon kislotalarning birikishidan esa murakkab alkenil efirlari hosil bo‘ladi:

Vinil atsetat polivinilatsetatning monomeridir.
Polivinilatsetatdan polivinilspirti olinadi.
Oksidlanish reaksiyalari. Alkinlar oson oksidlanadi. Atsetilenni KMnO4ning suvdagi eritmasidan o‘tkazilganda eritma tezda rangsizlanadi:

Atsetilen havoda to‘liq yonganda CO2 va suv, chalayonganda esa uglerod (qurum), CO va suv hosil bo‘ladi:

Kuchli oksidlovchilar ta’sirida, shuningdek, ozonlaganda uch bog‘ uziladi va karbon kislotalar hosil bo‘ladi:

Polimerlanish reaksiyalari. Alkinlar katalizatorlar ishtirokida dimer, halqali trimer va tetramer hamda chiziqli polimerlarni hosil qiladi. Katalizatorlar uch bog‘ni faollashtiradi:




Atsetilen CuCl2 va oksidlovchilar ishtirokida polikondensatlanish reaksiyasiga kirishganda karbin hosil bo‘ladi:

Karbin termik barqaror (2300Cgacha qizdirganda ham o‘zgarmaydi) yuqori molekulali birikma bo‘lib, uning molekulasi faqat sp-gibridlangan holatdagi uglerod atomlaridan tuzilgan. Karbinning polimer zanjirida faqat kumulyativ qo‘sh bog‘lar borligi isbotlangan:
CCCCC
Karbinni uglerodning uchinchi allotropik shakl o‘zgarishi deb qarash mumkin.
O‘rin olish reaksiyalari. Atsetilen va 1-alkinlar kuchsiz CH-kislotalar xossalariga ega bo‘lib, molekulasidagi CH guruh vodorodi metallarga almashina oladi. Bu reaksiya metallash reaksiyasi deyiladi.
150Cgacha qizdirilgan natriy ustidan o‘tkazilganda atsetilen natriy atsetilenidga aylanadi. Natriy atsetilenidni 220Cga qizdirib dinatriy atsetilenid olinadi. Natriy va kaliy atsetilenidlarini tegishli amidlar ta’sirida past haroratda ham olsa bo‘ladi:

Atsetilen va 1-alkinlar kumush gidroksidning va mis (I) tuzlarining ammiakdagi eritmalari (kumush va misammiakatlari) bilan reaksiyaga kirishib, suvda, spirtda va ko‘pchilik boshqa erituvchilarda erimaydigan kumush va mis (I) atsetilenidlari cho‘kmalarini hosil qiladi:

kumush
atsetilenidi

Mis va kumush atsetilenidlar quruq holda beqaror birikmalar bo‘lib, qizdirilganda yoki zarba ta’sirida portlab parchalanadi. Kumush atsetilenidning hosil bo‘lishi CH guruh uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi. Atsetilenidlar turli sintezlarda (masalan, uch bog‘i bor zanjirni uzaytirishda) ishlatiladi. Buning uchun atsetilenidlar alkil galogenid yoki dialkil sulfatlar bilan alkillanadi:




Download 460,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish