HCN ning birikishi. Vodorod sianidning CuCl2 ishtirokida atsetilenga nukleofil birikish reaksiyasi asosida sanoatda akrilonitril olinadi:
Akrilonitril nitron sintetik tolasini olishda monomer sifatida ishlatiladi.
Spirtlar va karbon kislotalarning birikishi. Atsetilenva 1-alkinlarga katalizatorlar (ishqoriy metallarning gidroksidlari va alkogolyatlari) ishtirokida spirtlarning birikishidan oddiy alkenil efirlari, ZnO yoki H3PO4 ishtirokida karbon kislotalarning birikishidan esa murakkab alkenil efirlari hosil bo‘ladi:
Vinil atsetat polivinilatsetatning monomeridir.
Polivinilatsetatdan polivinilspirti olinadi.
Oksidlanish reaksiyalari. Alkinlar oson oksidlanadi. Atsetilenni KMnO4ning suvdagi eritmasidan o‘tkazilganda eritma tezda rangsizlanadi:
Atsetilen havoda to‘liq yonganda CO2 va suv, chalayonganda esa uglerod (qurum), CO va suv hosil bo‘ladi:
Kuchli oksidlovchilar ta’sirida, shuningdek, ozonlaganda uch bog‘ uziladi va karbon kislotalar hosil bo‘ladi:
Polimerlanish reaksiyalari.Alkinlar katalizatorlar ishtirokida dimer, halqali trimer va tetramer hamda chiziqli polimerlarni hosil qiladi. Katalizatorlar uch bog‘ni faollashtiradi:
Atsetilen CuCl2 va oksidlovchilar ishtirokida polikondensatlanish reaksiyasiga kirishganda karbin hosil bo‘ladi:
Karbin termik barqaror (2300Cgacha qizdirganda ham o‘zgarmaydi) yuqori molekulali birikma bo‘lib, uning molekulasi faqat sp-gibridlangan holatdagi uglerod atomlaridan tuzilgan. Karbinning polimer zanjirida faqat kumulyativ qo‘sh bog‘lar borligi isbotlangan:
CCCCC
Karbinni uglerodning uchinchi allotropik shakl o‘zgarishi deb qarash mumkin.
O‘rin olish reaksiyalari.Atsetilen va 1-alkinlar kuchsiz CH-kislotalar xossalariga ega bo‘lib, molekulasidagi CH guruh vodorodi metallarga almashina oladi. Bu reaksiya metallash reaksiyasi deyiladi.
150Cgacha qizdirilgan natriy ustidan o‘tkazilganda atsetilen natriy atsetilenidga aylanadi. Natriy atsetilenidni 220Cga qizdirib dinatriy atsetilenid olinadi. Natriy va kaliy atsetilenidlarini tegishli amidlar ta’sirida past haroratda ham olsa bo‘ladi:
Atsetilen va 1-alkinlar kumush gidroksidning va mis (I) tuzlarining ammiakdagi eritmalari (kumush va misammiakatlari) bilan reaksiyaga kirishib, suvda, spirtda va ko‘pchilik boshqa erituvchilarda erimaydigan kumush va mis (I) atsetilenidlari cho‘kmalarini hosil qiladi:
Mis va kumush atsetilenidlar quruq holda beqaror birikmalar bo‘lib, qizdirilganda yoki zarba ta’sirida portlab parchalanadi. Kumush atsetilenidning hosil bo‘lishi CH guruh uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi. Atsetilenidlar turli sintezlarda (masalan, uch bog‘i bor zanjirni uzaytirishda) ishlatiladi. Buning uchun atsetilenidlar alkil galogenid yoki dialkil sulfatlar bilan alkillanadi: