Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

bir xilda oʻtadi, kunlari ikki tomchi suvday yakrang odamlar har tong quyosh charaqlab 



chiqib, turmushiga roʻshnolik bagʻishlayotganini payqashmaydi. 

 

«Men otamni, onamni ham, tugʻilgan qishlogʻimdagi qal'ani ham tashlab keldim, — 



Oʻyladi u. — Ular ayriliqda yashashga koʻnikishdi, men ham shunga odatlandim. Demak, 

bunga qoʻylar ham koʻnikadi mening yoʻgʻimda». 

 

U yana maydonga tepadan turib qaradi. Makkabodroq savdosi qizigandan qizirdi: ana, 



qariya bilan haligina gurunglashgan soʻrida endi bir juft oshiq qaymoqlashib oʻtirishibdi. 

 

«Savdogar...» — Oʻyladi Santyago, biroq fikrini yakunlashga ulgurmadi — kuchaygan 



«lavanta shamoli» shiddat bilan toʻgʻri yuziga urildi. 

Shamol faqat bosqinchi mavrlar yelkanlarini koʻtarib qolmagan, balki oʻzi bilan xavotirli 

sahro garmselini, chodralarga oʻrangan ayollar boʻyini, bir zamonlar nimalarnidir qidirib

oltinu sarguzasht ishtiyoqida izgʻiganlarning ter va umid-orzulari hidini ham olib kelgan. 

Shamol ehromlar nafasini ham olib kelgan. Boʻzbolaning erkin, daydi shamolga havasi 

keldi va oʻzi ham uningday boʻla olishini his etdi. Oʻzidan boshqa hech kim yoʻlini toʻsa 

olmaydi. Qoʻylar, movutchining qizi-yu Andalusiyaning yaylovlari — bular bari oʻz 

Yoʻlini topguncha bosib oʻtiladigan soʻqmoqlar, xolos. 

 

Ertasi kuni choshgohda u bozor maydonida paydo boʻldi va oʻzi bilan oltita qoʻyni 



haydab keldi. 

— Gʻalati ish boʻldi, — dedi u qariyaga. — Doʻstim hech qanday gap-soʻzsiz mendan 

butun bir otarni sotib oldi va umr boʻyi choʻpon boʻlishni orzu qilgandim, dedi. Yaxshilik 

alomati bu. 

— Hamisha shunday boʻladi, — javob qildi qariya. — Buni Xayrli Ibtido deyishadi. 

Agarda sen, misol uchun, hayotingda birinchi marta qarta oʻynashga oʻtirsang, aftidan, 

yutgan boʻlarding. Boshlovchilarning omadi keladi. 

— Nega bunday boʻladi? 

— Chunki hayot sening oʻz Taqdiring yoʻlidan borishingni xohlaydi va omadlarni yor 

etib, ishtahangni ochadi. 

 

Shundan soʻng qariya qoʻylarni kuzata boshladi va bittasi oqsoqlanayotganini aytdi. 



Boʻzbola buning ahamiyati yoʻqligini, suruvdagi eng aqlli, boz ustiga, eng koʻp jun 

beradigan shu qoʻy, deya tushuntirdi. 

— Xoʻsh, endi, xazinani qaerdan izlash kerak? — soʻradi u. 

— Misrdan, ehromning yonidan. 

 

Santyago esankiradi. Loʻli kampir ham xuddi shu gapni aytgandi, faqat buning uchun 



undan hech nima olmadi. 

— Tangri har bir odamning bu dunyodagi yoʻlini belgilab qoʻyadi, sen u yoqqa ana shu 

belgilar orqali yoʻl topasan. Faqat sen belgilarni — nimalar yozib qoʻyilganini oʻqiy 

bilsang bas. 





Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish