To‘yinmagan uglevodorodlar – alkenlar, dienlar va alkinlar.
Alkenlar. Alkenlarning gomologik qatori, izomeriyasi, nomenklaturasi.
Qo‘shbog‘hosilbo‘lishi usullari – alkanlarning degidrogenizatsiyasi, uchbog‘ning qisman gidrogenlanishi, degidrogalogenlash, degidratatsiya, to‘rtlamchi ammoniy tuzlarining termik parchalanishi (Gofman parchalanishi). Uglerod atom orbitalining sp2-gibridlanishi asosida qo‘shbog‘hosilbo‘lishini tasvirlash. Alkenlarning geometrik izomeriyasi. Alkenlarning kimyoviy xossalari. Elektrofil birikish reaksiyalari – mexanizm haqida umumiy tasavvur, orientatsiya – Markovnikov qoidasi. Karbokationlar, ularning elektron tuzilishi, giperkon’yugatsiya haqida tasavvur, karbokationlar o‘zgarishlarining asosiy turlari. Protonodonor birikmalar - galogenlarning, gipogalogenitlarning birikishi, atsetoksimerkurizatsiya. Qo‘sh bog‘ning saqlanib qolishi bilan boradigan radikal birikish reaksiyalari – peroksidlar ishtirokida vodorod bromidning birikish reaksiyasining mexanizmi haqida umumiy tasavvurlar. Alkenlarning oksidlanishi natijasidagi o‘zgarishlar – epoksidlarning hosilbo‘lishi, gidroqsillash, oksidlanish natijasida qo‘shbog‘ning parchalanishi, ozonning birikishi, va ozonidlarning parchalanishi. Gidrogenlash va gidroborlash reaksiyalari. Alkenlarning polimerizatsiya reaksiyalari. Alkenlar qo‘shbog‘ining saqlanibqolishi bilan boradigan radikal reaksiyalari – allillarni galogenlash, oksidlash va oksidlovchi ammonoliz. Allillardagi π-elektron sistema haqida tasavvur.
Dienlar. Klassifikatsiyasi, izomeriyasi, nomenklaturasi. 1,3-dienlar va ularni olish usullari – degidrogenlash, degidrogalogenlash, degidratatsiya reaksiyalari. 1,3-butadienning elektron tuzilishini molekulyar orbitallar nuqtai-nazaridan tushuntirish. Oralatma qo‘shbog‘li dienlarning kimyoviy xossalari – gidrogenlash, ishqoriy metallar bilan qaytarish, galogenvodorodlarni va galogenlarning birikishi. Siklobirikish reaksiyalari (Dils-Alder reaksiyalari). Dienlarning polimerlanishi, uning texnik axamiyati, tabiiy va sintetik kauchuk, guttapercha. Terpenoidlar – tabiiy polienlar haqida tushuncha.
Alkinlar. Alkinlarning gomologik qatori, izomeriyasi, nomenklaturasi. Degidrogalogenlanish reaksiyalariga asoslangan uch bog‘hosilbo‘lishining usullari. Atsetilenni olish usullari – karbid va pirolitik usullari. Alkinlarning kimyoviy xossalari – alkenlarning reaksion qobiliyati bilan solishtirgan holda ularning reaksion qobiliyati haqida umumiy tasavvur. Gidrogenlash, ishqoriy metallar bilan suyuk ammiakda qaytarish, gidroborlash. Protonodonor birikmalarni biriktirib olish, gidratatsiya (Kucherov reaksiyasi), atsetilenning viniletilenga aylanishi. Uch bog‘ga radikal birikish reaksiyalari. Alkinlarning siklooligomerizatsiyasi. Alkinlarning okidlanishi natijasida o‘zgarishlari. Terminal alkinlarning kislotali xossalari, atsetilenidlar va ularning yuqori alkinlarni hamda uch bog‘ saqlagan boshqa birikmalarni sintez qilishda ishlatilishi. Uch bog‘ning migratsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |