^ Polimerlanish jarayoni radikal yoki ionli (katalitik) mexanizm bilan sodir bo’lishi mumkin.
Radikal mexanizm bo’yicha boruvchi polimerlanishda jarayonni boshlab beruvchi vositalar, ya’ni oson radikal hosil qiluvchi birikmalar – peroksidlar, diazoaminobirikmalardan foydalaniladi.
Hosil bo’ladigan radikallar oxirgi mahsulot – polimerning tarkibiga kiradi:
Katalitik yoki ionli polimerlanishda oraliq mahsulot sifatida kation yoki anionlar hosil bo’ladi. Masalan, etilennnig HCI va AlCl3 ishtirokidagi polimerlanishni quyidagicha tasavvur etish mumkin:
Ishqoriy metallar, metalloorganik birikmalar va boshqalar ishtirokida olefinlar anionli polimerlanadilar:
Izomerlanish. Olefinlar yuqori harorat va katalizatorlar ishtirokida izomerlanish jarayoniga kirisha oladilar. Izomerlanish vaqtida qo’shbog’ silijishi yoki zanjirning tarmoqlanishi mumkin:
-holatda joylashgan ugleroddagi vodorodlar hisobiga boradi:Almashinish reaksiyalari. Olefinlar yuqori harorat va katalizatorlar ishtirokida galogenlar, kislorod va boshqa molekulalar bilan almashinish reaksiyalariga kirisha oladilar. Bunda almashinish qo’shbog’ga nisbatan
Do'stlaringiz bilan baham: |