Etilen uglevodorodiga Br+ ni birikish bosqichining tezligi eng kichik bo’lganligi uchun bu reaksiyani elektrofil birikish bilan boruvchi reaksiya deyiladi.
Gidrogalogenlash. (galoid vodorodlarning birikishi). Etilen uglevodorodlari galoid vodorodlarni biriktirib olib, galoid alkillarni hosil qiladilar. Reaksiya vodorod yodid bilan juda oson boradi.
Nosimmetrik olefinlarga galoid vodorodlarning birikishi V.V. Markovnikov qoidasiga muvofiq boradi. Bunda vodorod ko’p vodorod tutgan uglerod atomiga borib birikadi:
I kationning hosil bo’lishi II kationining hosil bo’lishiga qaraganda oson, chunki nosimmetrik tuzilishga ega bo’lgan etilen uglevodorodlarida elektron bulutining zichligi quyidagi ko’rinishda siljigan bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |