Kofein (1,3,7-trimetilksantin). U kofeda va ayniqsa, choyda anchagina miqdorda bo‘ladi. U choy ishlab chidarish sanoatining chiqindilaridan olinadi. Kofein olishning sun’iy usullari ham mavjud. Kofein – kristall modda, u parchalanmay sublimatlanadi. Kofein suvda va xloroformda yaxshi eriydi.
Kofein
Kofein tibbiyotda, odatda, natriy benzoat va natriy salitsilatlar bilan hosil qilgan qo‘sh tuzlar holida ishlatiladi. Shuningdek, kofein yurak faoliyatini va siydik ajralishini kuchaytiradi. Kofein saqlaydigan choy, kofe va kakaoning keng iste’mol qilinishi ana shunga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |