UzTE16M Teplovozini ta’mirlash yillik dasturi hisobi
Sex, ta’mirlanayotgan agregatlar va yig’ish birliklari nomi
|
Zavodda ta’mirlanayotgan teplovozlar seksiyalari soni, dona
|
Agregatlar va yig’ish birliklari soni, dona
|
Shartli teplovoz seksiyalari soni, dona
|
Liniya uchun ta’mirlanayotgan
|
1 seksiya teplovozga to’g’ri keluvchi
|
A
|
B
|
C
|
A+
|
Teplovoz yig’ish sexi
|
UzTE16M2 teplovozi
|
166
|
-
|
-
|
166
|
Reduktorlar
|
166
|
38
|
2
|
185
|
Issiqlik almashgichlar
|
166
|
19
|
1
|
185
|
Sovutish seksiyalari komplekt
|
166
|
19
|
1
|
185
|
UzTE16M2 mashinist krani
|
166
|
19
|
1
|
185
|
Dizel sexi
|
D49 dizellari komplekt
|
166
|
19
|
1
|
185
|
Moy nasoslari
|
185
|
22
|
1
|
185
|
Suv nasoslari
|
185
|
38
|
2
|
185
|
6TK turbokompressori
|
185
|
22
|
1
|
185
|
Yonilg’I nasoslar
|
185
|
38
|
16
|
185
|
KT-7 kompressorlari
|
166
|
19
|
1
|
185
|
Elektr mashinasi sexi
|
Bosh generatorlar
|
166
|
19
|
1
|
185
|
Tortuv elektr motorlari
|
166
|
132
|
6
|
185
|
Ikki mashinali agregat
|
166
|
19
|
1
|
185
|
Aravachalar sexi
|
Aravachalar
|
166
|
38
|
2
|
185
|
Tishli uzatma kojuxlari
|
185
|
132
|
6
|
185
|
Havo rezervuarlari,
|
185
|
22
|
1
|
185
|
Avtoulagichlar,
|
185
|
44
|
2
|
185
|
Friktsion apparatlar,
|
185
|
44
|
2
|
185
|
G’ildiraklar sexi
|
G’ildirak juftliklari,
|
166
|
114
|
6
|
185
|
Bandajlar
|
185
|
264
|
12
|
207
|
O’qlar
|
185
|
132
|
6
|
207
|
G’ildirak markazlari
|
185
|
264
|
12
|
207
|
Tishli g’ildiraklar
|
185
|
132
|
6
|
207
|
Rolikli podshipnikli buksalar
|
185
|
264
|
12
|
207
|
1.2. Lokomotivni zavodda ta`mirlash texnologik jarayoni
Tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlashning kapital turlari (KT-1, KT-2, KTU) zavod va “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi tomonidan yoki shartnomalar asosida tuziladigan kvartal rejalar asosida bajariladi. Tortuv harakat tarkiblarini zavodga ta’mirlash uchun keltirish (depoga qaytarish) zavod va “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Tortuv harakat tarkibi zavodga ishlamayotgan (sovuq) xolda keltiriladi. Bunda avtoblokirovka va radiostansiya yechilgan, tizimlardan moy, suv, yoqilg`i, qum, yong`inga qarshi qurilmadan suyuqlik to`kilgan, sanitar uzel tozalangan va dezinfektsiya qilingan, tashqi qismlar turli ifloslanishlardan tozalangan bo`lishi kerak.
Tortuv harakat tarkibi bo`yicha ishlar hajmi ishlarni aniqlash byurosi (ro`yxatga olish byurosi) xodimlari tomonidan belgilanadi. U o`zaro uzluksiz bog`langan ta’mirlash bo`yicha ishlar hajmini aniqlash va sarf hujjatlari asosida topshirish funktsiyalarini bajarish bo`yicha markazlashtirilgan organ sifatida tuzilgan.
Qabul qilish, ta’mirlash ishlarini ro`yhatga olish namunaviy hujjatlarini yuritish quyidagilarni ta’minlaydi:
- tortuv harakat tarkibini ta’mirlash bo`yicha ishlar hajmini to`g`ri aniqlash;
- alohida sexlar va uchastkalar bo`yicha ta’mirlash ishlari bo`yicha topshiriqlarni belgilash;
- ish haqi, yangi detal va materiallar sarfini ta’mirlash qoidalari, soha standartlari va amaldagi yo`riqnomalarga muvofiq, tortuv harakat tarkibini ta’mir sifatiga zarar yetkazmaydigan xolda me’yorlash;
- ta’mirlash ishlarini detallar va operatsiyalar bo`yicha, almashtirilayotgan yig`ish birliklari va detallarni olish, shuningdek sarflanadigan materiallarni qayd qilish hujjatlarini tuzish jarayonini yengillashtirish.
Ta’mirlash ro`yxatini yuritish va tortuv harakat tarkibini temir yo`l, depo va korxonalar vakillaridan ta’mirga qabul qilishni to`g`ri rasmiylatirish yetishmayotgan va katta yedirilishlarga ega detallar va yig`ish birliklarini o`z vaqtida tayyorlash, ta’mirlash vaqtini kamaytirish imkonini beradi va zavodni temir yo`l va boshqa korxonalar bilan o`zaro munosabatlarini normallashuviga hizmat qiladi.
Tortuv harakat tarkibini kapital ta’mirlash jarayoni quyidagi bosqichlardan tarkib topgan:
1. Qabul qilish (bitta lokomotivga ikki kungacha). Ta’mir hajmini aniqlash byurosi xodimlari tomonidan quyidagi aktlarni rasmiylashtirish orqali o`tkaziladi:
- ta’mirga keltirilgan tortuv harakat tarkibini qabul qilish va dastlabki tashqi ko`rikdan o`tkazish;
- yetishmaydigan detallar bo`yicha;
- kuchli yedirilishlarga ega detallar bo`yicha;
- tortuv harakat tarkibi kapital ta’miri tavsifi tarkibiga kirmaydigan ishlarni bajarish.
2. Jihozlarni yechib olish (qolgan yoqilg`i va moyni to`kib olish; yoqilg`i va moy tizimlarini yuvish va bug` bilan tozalash, anjomlarni yechib olish).
3. To`liq qismlarga ajratish (yig`ish birliklarini yechib olish va ta’mirlash sexlari va ixtisoslashgan uchastkalarga uzatish, kuzov va ramani ichki va tashqi tozalash).
4. Detallargacha qismlarga ajratish, ta’mirlash sexlari va ixtisoslashgan uchastkalarda bajariladi.
5. Detallarni yuvish va nuqsonlarni aniqlash, ta’mirlash ro`yhatini tuzish, yig`ish birliklari va ishchilarga naryadlarga talabnomalar tayyorlash.
6. Tortuv harakat tarkibi yig`ish birliklarini tiklash.
7. Yig`ish birliklarini yig`ish, sinash va rostlash, teplovoz sexiga belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan xolda uzatish.
4-7 bandlarda keltirilgan ishlar tortuv harakat tarkibini ta’mirlash jarayoni asosiy liniyasiga parallel ravishda bajariladi.
8. To`liq yig`ish, ko`zdan kechirish va nuqsonlarni bartaraf etish, yonilg`i, moy, suv quyish, dizel generator qurilmasini sinash uchun ishga tushirish.
9. Reostat sinovlariga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish.
10. Yurgazib ko`rishga tayyorlash va yurgazib ko`rish, nuqsonlarni bartaraf etish, texnik nazorat bo`limiga ishlab turgan xolda topshirish, yonilg`i, moy, suvni to`kib olish.
11. Bo`yash va quritish (ichki tomonlari ikki marta, tashqi tomondan uch marta bo`yaladi).
12. Texnik nazorat bo`limiga qabul qilib olish aktini rasmiylashtirib topshirish, asboblar, uskunalar, signal moslamalari bilan ta’minlash, ro`yhatga olingan depo yoki korxonaga jo`natish.
Do'stlaringiz bilan baham: |