Alisher navoyi nomidagi samarqand davlat universiteti


Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning kuchayishi



Download 1,63 Mb.
bet53/227
Sana19.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#178483
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   227
Bog'liq
Тарихшунослик ва манбашунослик мажмуа

5. Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning kuchayishi.

O`rta Osiyodan etishib chiqqan olimlar tomonidan jahon ilm xazinasiga qo`shilgan hissaning naqadar buyukligi tarixchilar tomonidan qayd etilgan, tarixshunoslar tomonidan esa muntazam targ`ib qilib kelinadi. Hozirgi bizga ma`lum «arab raqamlari» aslida Muhammad Muso Xorazmiy tomonidan hind sifralari asosida ishlab chiqilgan bo`lib, Rim papasi Sil’vester II (999-1003 yillar) buyrug`i bilan Ovrupo mamlakatlarida joriy etiladi. Bu davrgacha o`ta noqulay rim raqamlari qo`llanilar edi. Sil’vester yoshligida Ispaniyada ta`lim olgan, arab tilini bilgan zamonasining o`qimishli vakili edi. Dastlabki Ovrupa universitetlarining faqat tibbiyot bo`limlarida matematika o`rganilgan. O`rta asrlarda ko`pchilik shifokorlar matematik ham bo`lganlar. Ibn Sino nomini tarjimonlar o`z tillarida Aben Sena deb yozadilar. Bu nom oddiy tilda Aven Sina shaklida qo`llanilib, lotin transkriptsiyasida Avitsenna bo`lgan. Bizning tushunchamizdagi shifoxonalar Ovrupada faqat 1500-yillarda tashkil topadi. Ular bemorlarni Ibn Sino va ar-Roziy usullari bilan davolaydilar. «Al-Qonun», 1500-yilgacha hali kitob bosish ishi endigina amalga oshirila boshlagan davrda 16 marta chop etiladi. Bu XVII asr oxirigacha Ovrupada yagona qo`llanma va darslik sifatida qo`llanilgan.

O`rta Osiyo olimlarining ilmiy taraqqiyotidagi xizmatlarini hozirgi zamon tarixshunosligi fani nuqtai nazaridan tahlil qilish barobarida ularning ijodiy merosini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan o`rganish ham dolzarb vazifa. Aslida bu ham ana shu merosni istifodaga kiritishning yana bir yo`lidir. O`rta Osiyo olimlari yunon, hind olimlari erishgan natijalarni o`zlashtirish barobarida, fanni butunlay yangicha yondashuvlar, original g`oyalar bilan boyitgani borasida dalillar etarli.

Shuningdek O`rta Osiyo hududlarining tarixiy-geografik tavsifiga oid asarlarda tarixdagi ob`ektiv taraqqiyot qonunlarini ochib bermasdan, voqealarni faqat tashqi bog`lanishi va izchilligiga qarab tasvirlovchi (pragmatizm) oqimi ham mavjud bo`lgan.



Bu yo`nalishning ham o`ziga xos murakkabliklari mavjud. U nafaqat Sharq olimlari asarlarini chuqur o`rganib chiqishni, ayni paytda G`arb falsafasining o`rta asrlardan to bugungi kungacha bo`lgan rivoji davomida ko`tarilgan g`oyalarning genezisi bilan tanishishni va qiyosiy tahlil qilishni talab etadi. Bu esa o`z navbatida oliy o`quv yurtlari uchun tarixshunoslik darsliklarini nashr qilishni talab etadi. Bunday o`quv qo`llanmalarda O`rta Osiyo mumtoz fani natijalarini hozirgi zamon nuqtai nazaridan baholashimiz kerak bo`ladi.



Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish