Qalam va s e ‘zni muqaddas bilish, ani vositai joh
etishdan saqlanish.
“Xusrav va Shirin” dostonida Nizomiy
qalamning muqaddas ekani masalasiga alohida urg‘u beradi.
Buyuk shoir ta'rificha, so'zdagi xatolik qalam vositasida
tuzatiladi. ijodkor jumladan, mana bunday yozadi:
So‘zimda ne xatolik uchrasa, kech,
Qalam chek ustiga, to qolmasin hech41. (Nizomiy
2019 (2), 20)
Nizomiy nazdida so‘zning qadri yuksakdir. Buyuk
shoiming so‘zni osmonga boylashi sababi shunda. Shu bois u
41 Nizomiy Ganjaviy “Panj garij’ idan olingan misollar asliyatdan 0 ‘zbekiston
xaiq shoiri Jamol Kamo! amalga oshirgan tarjima matni asosida tahlil etiidi.
Manba: Nizomiy Ganjaviy. Xamsa. Besh jildda. Bako, 2019.
109
qalamni ganjnomalar qulfini ochuvchi olmos nayzaga tashbeh
etadi:
0 ‘shal muddatki xilvat aylamishdim,
So‘zimni osmonga boylamishdim...
Qalam ilkingda olmos nayzadir chin,
Ochar ul necha bir ganjnoma qulfm. (Nizomiv 2019
(2), 55-56)
Darhaqiqat, so‘z xazinasiga eltuvchi yoMning ocbqichi
qalamdir, Biroq bu xazinani qoMga kiritish oson emasligi ayon.
Ranj tortmay, rohatdan voz kechmay turib, bu maqsad hosil
boimavdi. Raqam chekmoq ishida, ya'ni yuksak badiiy asarlar
ijod qilishda qalam ranj tortmog‘i zarurligining sababi shunda.
Shayx Nizomiy qalam ta’rifiga dostonning turli boblarida
mantiq zarurati bilan to ‘xtalgan bo‘lsa, hazrat Alisher Navoiy
“ Farhod va Shirin”ning alohida bobini “Qalam vasfida bir necha
qalam surmak va ul raqamkash ta'rifm raqarng'a keturmakki,
nazm kishvari savodin yakqalama qilib erdi va «Panj ganj»
avroqig‘a guharposh raqami tortilib erdi va ul roqim bobida
hamki munung xatti ma'nisin raqam-baraqam bildi, balki qalam-
baqalam naql qildi. «Bayyazallohu taolo avroqa jaroyimiho” deb
nomlaydi. Ahamiyatii jihati, Navoiy ushbu bobni qalam vasfi
bilan boshlab, ikki buyuk salafi Nizomiy Ganjaviy va Xusrav
Dehlaviy fazilatJari ta'rifi bilan davom ettiradi. Dostonning
mazkur bobi quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
Qalamkim rahnavardi teztakdur,
Azaldin manzili favqu-I-falakdur. (Навоий 2011
(1), 323)
Ya'ni qalam eng ildam yo‘lchidir, uning uchun masofa
ahamiyatga molik emas. Qalamning manzili falakdan ham
yuksakroqda - Arshdadir. Bu o‘rinda taqdir kitobi - Lavhu-1-
mahfuzni yozgan ilohiy qalam nazarda tutilgan. Hazrat Navoiy
fikricha, qalam ahli buni nazarda tutmogM, maskani favqu-l-falak
bo‘lgan qalamning sharafini yerga urmasligi zarur. Boshqacha
aytganda, qalam bilan faqat va faqat munosib so‘z!ar bitilmog‘i
110
kerak. Ikki buyuk ijodkor Nizomiy va Dehlaviy ijodi bu borada
barcha zamon ijodkorlariga namuna bo‘la oladi. Agar qalamga
ana shu ulug‘ shoirlar kabi munosabatda bo‘linmasa, mas'uliyat
yodda tutilmasa, ijod ahli qo‘lidagi qalam daryoda o‘sgan oddiy
qamishdan farq qilmaydi:
Qalam bahri kafida turfa ishdur,
Magar daryo aro butgan qamishdur. (Navoiy 2011
(1), 329) ‘
Qalamni vasf etar ekan, hazrat Navoiy qalam ahlming
ustozi Nizomiy garchi Ganjada orom topgan bo‘Isa ham, har
qadami ganj uzra ekani haqidagi fikmi ilgari suradi. Yulduzlar
guruhi osmonni qoplagani singari uning xazinasidan sochilgan
gavharlar yaksar jahonni tutgani buning isbotidir. Bu xazinadagi
gavharlamirig qimmati shundaki, sarflagan bilan ado bolm aydi,
Har kimki bu gavharlardan nasiba ola bilsa, yuz yilda ham
mingdan biri kam bo‘lmaydi.
Shayx Nizomiy fikricha, qaiam ahlining martabasi behad
yuksak. Chunki ular ikki jahon ganjinasining kaliti hisoblangan
so‘z bilan ish ko‘radi:
Ahli qalam cheksa-da so‘z ranjini,
So‘zda ochur ikki jahon ganjini. (Низомий 2019 (1),
74)
Chunki ular qalamni emas, aslida jonlarini tarashlaydi.
Ko‘ngillarida sidq, qalblarida fikrat bo‘lgani bois ham ular har
qancha hurmatga munosibdir:
jonni tarashlaydi qalam tig‘idin,
Fikrat o‘qir qalbi, ko‘ngil sidqidin . (Низомий 2019
(1), 74)
Hazrat Alisher Navoiy ta’biricha, Tangri taolo o‘z
sirlarining xazinasi bo‘lgan insonni yaralmishlar ichida so‘z
tufayli mumtoz etdi.
Hatto olamning yaratilishi ham so’z
sharofatidan. Shuning uchun “Xazoyin ul-maoniy”dagi lirik
she'rlarida ham, nasriy va adabiy-ilmiy asarlarida ham ulug‘
mutafakkir so‘z qadri, so‘z mas'uliyati masalalariga alohida
diqqat qaratadi. “Xamsa”riing har bir dostonida so‘z ta'rifiga
111
alohida
boblar
bag‘ishlaydi.
“Nazm
ul-javohir”
asarida,
jumladan, so‘zga mana bunday ta'rif bcriladi:
So‘zdurki nishon berur o‘lukka jondin,
So'zdurki berur jong‘a xabar jonondin,
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhare sharifroq yo'q ondin. (Навоий 2011
(4), 32)
Ulug‘ mutafakkirning so‘zga bu qadar ehtirom bilan
munosabatda bo‘lishi zamirida, birinchidan, inson uchun so‘zning
neehoglik ulug‘ ne'mat ekani, uni qadrlash zarurati ifodalangan
boisa, ikkinchidan, ijod ahli zimmasidagi ulkan mas'uliyatni
ta'kidlash maqsadi yotadi.
“Hayrat ul-abror”da buyuk salafi, vatani Ganj a, ko'ngli
ganjxez, xotiri ganjuru tili ganjrez shayx Nizomiyni vasf etar
ekan, shoir mana bunday yozadi:
Ganja quyoshiki, ko‘targach alain,
Ayladi so‘z mamlakatin yakqalam... (Навоий
2011 (1), 41)
Ya'ni Ganja quyoshi
Do'stlaringiz bilan baham: |