qolmamish -
lol
emish, kamar
-
ku'rsalar, atay
-
jilmagay
kabilar shular
jumlasidandir. Tabiiyki, bunday katta dostonni boshdan-oyoq
to‘q qofiyalar bilan tarjima qilish qiyin. Ming yillar davomida
sayqal topgan bu she’riyatda ohorli qofiya topishning o ‘zi
bo'Smaydi. Shuning uchunmi, tarjimon ko ‘plab baytlarni och
qotiyalar bilan o'zbekchalashtiradi. E’tirof etish kerakki, och
qofiyalar borasida ham tarjimon ancha mahorat ko‘rsatgan. Bu
ham o ‘ziga xos kashfiyot, bu ham adabiyotni boyitadi. Zero,
siyqasi chiqqan to‘q qofiyalardan ko‘ra, ohorli och qofiya
quloqqa yoqimli eshitiladi. Chunonchi, quyidagi och qofiyalar
taqat Jamol KLamol tomonidan topib qo‘llangan bo ‘lib, bu
mutarjimning poetik kashfiyotlaridir:
mushtariy
singari, alif
63
raqib, quruq
-
guruh, omadi
-
qolmadi, maskani - kimsani,
ufladi - uxladi, saxiy - gahi, dardingdanam
-
makringdanam,
aybingga - aftingga, xullasi - sufrasi, iaraf - atah, anbarin -
avvalin, hamon
-
tamom, paxtasi - pardasi, bo'lmagay
-
q o ‘llagay, pardani
-
davrani, g'alvasin - qolrnasin, sayrashar
— aydashar, kimsamiz - hissamiz
va hokazo.
Xalq ichida quloq qofiya degan tushuncha mavjud. Bu
qofiyadosh bo‘lmasa-da, so‘zlarning ohangi va oxirgi harflariga
ko‘ra o ‘ziga xos uyg‘unlik kasb etishidir. Yozuvda ular aniq-tiniq
farqlansa-da, talaffuzda qofiyadosh so‘zlarga o ‘xshab eshitiladi.
J.Kamol o ‘z taijimalarida ana shunday ovoz va ohangiga ko ‘ra
muayyan uyg‘unlik kasb etib, o ‘zaro jarangdosh so‘zlarday
eshitiladigan quloq qofiyaiardan ham ko'p foydalanadi. Ularga
misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
eskidir
-
so ‘z
degil, kulchasi - parchasi, esa
—
necha, nargisi
-
olgusi,
etmaging - to ‘kmaging, izin - zug'um, aslida
-
ustiga,
qoplabon
-
zafaron, kamarbasta - ermasdi, ko'rmadik -
buyuk, sabab - qavat, ishlarim
-
muztar edim, bandadir
-
xilvatdadir, kelmayin
-
o'ylagin, diydadin
-
novdadin,
ko'ksidin
-
og'zidin, kulgisi
-
kuychisi, orommidir
-
nomingdir ul, pardani
- xirqani, fuzundin
-
о ‘zimdin,
kechqurun - о ‘spirin
va boshqalar.
Biroq, barcha baytlar ham ana shunday to ‘q va och
qofiyalar bilan muvaffaqiyatli tarjima qilinmagan - tarjimon
ko ‘pincha mazmunga asosiy e ’tiborni qaratib, qofiyani nazardan
qochiradi. Jumladan, quyidagi kabi so‘zlarni o ‘zaro qofiya deb
boMmaydi:
hay - yasha, xushnudliging
-
o'txo'rliging,
poyloqchilar
-
amal, qartayib - qiyin, jon - ham, aftoda -
toza, tushirmoq
-
ko'tarmoq, uyal - qadar, g ‘am - baland,
hama - ila, sabr
-
nafs, kamarband - muzayyan, ustiga
-
og'ziga, galma-gal - keldilar, erdiki
-
bilakuzugi, parvonalar
— tutdilar, olar
-
g o ‘zal, xun
-
to'kmadim, sari — solgani,
mahal - bexabar, mayparast - gavharfishon, mudom -
bog‘bon, boshingdin - eshakdin, oldin
-
hozir, dildin
-
adamdin
va boshqalar. Bizningcha, bunday so‘zlar juftligi bilan
64
tugagan baytlami qofiyasiz o‘girilgan deyish mumkin.
Bundan
tarjimonning, Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda: “Qofiya
ehtiyotig‘a muqayyad emas”ligi28 m a’lum bo‘ladi. Holbuki,
Sharq she’riyatida qofiyaga shunchalik katta e ’tibor berilganki,
hatto qofiya ilmi alohida fan tarmog‘i sifatida rivojlangan.
Nizomiyning
“Maxzan
ul-asror”
dostonini
o ‘quvchi
zamonaviy asar sifatida emas, balki mumtoz adabiyot namunasi
kabi qabul qiladi va bu mantiqan to‘g ‘ri ham. Zero, Nizomiyning
o ‘tmish shoiri ekanligini esdan chiqarmaylik-da. Tarjimada
qoMlanilgan ko ‘plab forsiy-arabiy so‘zlami esa Navoiy va Bobur
merosxo‘rlari
bo ‘lgan
xalqqa notanish
deyish
o‘zimizni
kamsitishdan boshqa narsa emas. Shuningdek, forsiy so‘z va
iboralami b a’zan qofiya va vazn ham talab qilishini xotirdan
faromush etmagan m a’qul.
Ustoz taijimashunos G ‘.Salomov shunday yozadilar: “Bizda
ko‘p hollarda til lug‘atining arxaik qatlamini qandaydir keraksiz,
ba’zan hatto “zararli”, ortiqcha narsa deb ham qaraladi.
Vaholanki,
bu
tamomila
to‘g ‘ri
emas.
Arxaik
so‘zlar,
V.G.Belinskiy
ta’biri
bilan
aytganda,
“haqiqiy,
bebaho
xazinadir”. Chunki ular vositasida lug‘atning ko‘p m a’nolik
xususiyati oshadi hamda maxsus she’riy m a’no va lisoniy muhit
yaratish uchun katta imkoniyat yuzaga keladi”.
Biz hali mumtoz solz san’atidan butunlay uzilib ketganimiz
y o ‘q. Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Fuzuliy, Ogahiy,
Muqimiy, Furqat kabi shoirlar asarlarini xalqimiz sevib
0
‘qiydi,
ular maktablar va oliy o ‘quv yurtlari dasturiga kiritilgan.
Binobarin, mumtoz
adabiyotdan
bahramand
o‘quvchilarda
m a’lum darajada “arxaik” so‘z jam g‘armasi bo ‘ladi. Qolaversa,
til nafaqat yangi qabul qilingan so‘zlar, balki iste’moldan chiqib
ketgan ba’zi so‘zlarga qayta hayot bag‘ishlash hisobiga ham
boyishi shubhasiz. Tarjima jarayonida buni hisobga olish kerak.
Mumtoz shoirlarni tatjimada о 4a zamonaviylashtirish ham o ‘zini
oqlamaydi: ularni o ‘tmishdan butunlay ajratib olmagan holda,
28
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами. Иигирма жилдлик.
13-жилд.-Тошкент: “Фан”, 1997.63-бет.
65
zarnonaviy tarjima qilish kerak. Y a’ni, ularning asarlari
tavjimasini zarnonaviy o ‘quvchi tushunsin, ayni paytda, qaysidir
darajada an ’anaviy unsurlar ham aks etib, bu asarlarning
zarnonaviy emas, balki mumtoz adabiyot namunasi ekanligini
eslatib tursin. O 'tm ish adabiyot ruhida tarbiya topgan, Sharq
mumtoz so‘z san ’atini yaxshi bilgan, qadim turkiy, arabiy va
forsiy so 'z zaxirasi boy mutaijim bu borada
Do'stlaringiz bilan baham: |