Morfologik jihatdan o’zgarmas so’z turkumlarini belgilang.
*a) Ravish, bog’lovchi, ko’makchi, yuklama.
b) Ravish, ot, sifat, son
c) Ot, undov, taqlid
d) Bog’lovchi, ko’makchi, sifat
Sintaktik vazifa bajarmaydigan so’z turkumlari qaysi?
*a) Ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, undov
b) Modal, ko’makchi, bog’lovchi
c) Ot, son, olmosh
d)Yuklama, modal so’z, ravish
Paradigma nima?
*a)So’zning grammatik shakllar tizimi
b)So’zning o’zgarish va yo’nalishi
c) So’zning nutqda to’g’ri qo’llanilishi
d)Morfologik hodisalarni o’rganish
Lug’aviy ma’no ifodalamasa-da gapda sintaktik vazifa bajaruvchi so’z turkumini belgilang.
*a) Modal so’z
b) Taqlid so’z
c) Yuklama
d) Undov so’z
Do'stlaringiz bilan baham: |