425. Zamonaviy adabiyotimizda dastlabki marsiyalar kimlar tomonidan yaratilgan?
*a) Sadriddin Ayniy va Cho`lpon
b) Behbudiy va Sadriddin Ayniy
c) Cho`lpon va Hamza
d) Abdulla Qodiriy va Cho`lpon
426. Metateza nima?
*a) og`zaki nutqda ba`zan yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o`rni almashishi
b) so`z boshida bitta unlining orttirilishi
c) so`zning birinchi bo`g`inida biror unlining, odatda, tor unlining kuchsizlanib talaffuz qilinishi
d) nutq tovushlari qator kelganda ba`zan bir-biriga ta`sir qilib, biri ikkinchisini o`ziga moslashtirishi
427.Erksevar, isyonkor qullar boshlig`i Spartak va umuman, inson ozodligi, erki masalasi Usmon Nosirning qaysi she`rida ifodalangan?
*a) “Nil va Rim”
b) “Monolog”
c) “Bog`im”
d) “Na`matak”
Do'stlaringiz bilan baham: |