Alisher Navoiyning hayoti va ijodi



Download 63,5 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi63,5 Kb.
#634507
Bog'liq
11 sinf inshо namunasi Alisher Navoiy g`azal mulkining sultoni Husayin 21120


Alisher Navoiy - g`azal mulkining sultoni.


Reja:

  1. Kirish Alisher Navoiyning bolalik va yigitlik davrlari.

II.Asosiy qism:
1.Navoiy davlat va jamoat arbobi sifatida.
2.Shoirning badiiy, tarixiy, ilmiy va islomiy ruhdagi asarlari.
3.Shoir hayotining so`nggi yillari.
4.O`zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida Navoiy ijodining ahamiyati.
III. Xulosa

Turkiy adabiyotning yirik vakili, turkiy xalqlarning eng buyuk shoiri Alisher Navoiy “Xitoydan to Xuroson” gacha bo`lgan turkiy qavmlarni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirgan mutafakkirdir.


Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Xirot shahrida tug`ildi. Uning ota-bobolari hukmdor tabaqa — temuriylar xizmatidagi amaldor kishilar bo`lishgan. Alisher bolaligidan adabiyotni, ilmni, musiqani sevdi, maktabda o`qib yurgan yillari juda ko`p she’rlarni yoddan bilgan, xatto fors shoiri Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutki») degan katta dostonini yoddan aytib, ko`pchilikni xayratlantirgan. O`smirligida esa 50 ming bayt she’rni yod bilgan.
Navoiy 1472 va 1486 -yillarda ikki she’riy to’plam — devon tuzdi, juda qiska muddat — ikki yilda (1483-1485 yillar) besh dostonni o’z ichiga olgan «Xamsa» asarini yaratdi. 51230 misradan tashkil topgan «Xamsa» «Hayrat ul-abror» , «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» , «Saddi Iskandariy» dostonlaridan iborat.
«Xamsa»ning har bir dostonida Navoiy jamiyat hayoti, inson tarbijasi bilan bog`lik goyat muhim masalalarni qo`ydi va davrning eng ilgor mutafakkiri sifatida ularga o`z munosabatini bildirdi. Masalan, Navoiy «Farxod va Shirin» dostonida haqiqiy inson qanday bo`lishi kerak, degan savolga asarning bosh qahramonlari Farhod va Shirin obrazlari orqali javob berdi. Navoiyning fikricha, haqiqiy inson yoshligidanoq ilm-ma’rifatga qiziqishi, hunar o`rganishi, bilmagan narsasini bilishga urinishi, xalq, mamlakat ishiga fidoyi, do`stiga sodiq bo`lishi kerak.
Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonini o`qiganimizda biz shunday qahramonlar obraziga duch kelamizki, ularni hech shubxasiz, sevib kolamiz. Navoiy o`z dostonlarida adolat, ma’rifat, ishq-muhabbat va do`stlikni ulug`ladi, zulm-jaxolat, zo`ravonlikni qoraladi. Navoiy uchun hayotdan go`zal narsa yo`q, uni sevish va qadrlash kerak.
Navoiy muttasil ijod etish bilan birga, yoshlikda birga o`qigan do`sti Husayn Boyqaro saroyida davlat ishlarini ham vijdonan olib bordi. Muhrdor, so`ngra bosh vazir bo`lganida mamlakatni obodonlashtirish, xalq hayotini farovon etish, oddiy mehnatkashlardan olinadigan soliqlarni kamaytirishga alohida ahamijat berdi, ariqlar qazdirdi, shifoxonalar, kutubxonalar qurdirdi. Navoiy xalq orasida katta obru qozondi. Shuning uchun zamondoshlari orasida «vaziri ravshanzamir» — «pok dil vazir» nomiga sazovor bo`ldi. Ilm, san’at va adabiyot ahllariga hamisha rahnamolik qildi.
Navoiy ijtimoiy ishlar bilan juda band bo`lgan vaqtlarida ham hech qachon qo`lidan qalamini qo`ymadi. U o`zini eng avvalo shoir deb bilar, biron kun she’r yozmasdan tura olmas, kuniga yuz, ikki yuz bayt she’r ijod etardi. Navoiy o`zining o`lmas asarlarini o`zbek tilida yozdi, o`zbek tilining go`zalligini, boyligini va qudratini olamga namoyish qildi. Navoiy adabiy merosining katta bir qismini uning lirik she’rlari tashkil etadi. Navoiyning ikki yil davomida yaratgan g`azal, ruboiy, qit’a, tuyuk, muhammas, musaddas, muammo, fard, chiston kabi she’r turlariga oid lirik asarlaridan tuzilgan «Xazoyin ul-maoniy» devoni 50 ming misradan iborat.
Fors tilidagi she’rlarni shoir vaqtincha, o`tkinchi ma’nolarini anglatuvchi «Foniy» taxallusi bilan ijod jetgan. Shuning uchun ham uning fors tilidagi she’rlar to`plami «Devoni Foniy» deb ataldi.
Navoiy o`z lirik she’rlarida hayot go`zalligini, nozik insoniy tuyg`ularni, tabiatni kuylashga alohida o`rin berdi. Navoiy butun ijodini xal` manfaatlari uchun kurashga, inson qadr-qimmatini himoja etishga, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta`minlashga bag`ishladi.
Navoiy nasriy va ilmiy asarlar ham yaratgan. Uning «Lison ut-tayr» dostonida ko`pgina qiziqarli hikojalar bop.
Navoiy hayotining so`nggi yillari ham sertashvish bo`ldi. U Xusayn Boyqaro va uning o`g`illari o`rtasidagi nizo-adovatlarni bartaraf qilishga kop kuch sarfladi. Xukmdorning Navoiyga munosabati ham ilgarigidek emas jedi. Zamon tashvishlaridan xorigan va toliqqan shoir 1501-yil 3-yanvarda vafot jetdi.
Navoiy o`zbek adabiyotini jahon yuksakligiga ko`targan va avlodlariga boy adabiy meros qoldirgan shoir. Uning asarlarini qayta-qayta o`qiymiz va har gal ulardan yangi-yangi ma’naviy ozuqa olamiz
Alisher Navoiy sharq Renessansining yirik namoyondasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiy xalqlar madaniy va ma’naviy hayotining rivojida alohida o’rin tutadigan yorqin shaxsdir. U o’zining gumanistik g’oyalari, badiiy-falsafiy qarashlari, o’lmas she’riy asarlari bilan insoniyat tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk shoir va mutafakkirdir. Darhaqiqat, Sulton Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyni “mamlakat ustuni, davlat tayanchi” deb bejiz aytmagan.
Download 63,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish