53
Ne marazdur buki, bir gulrux sharori ishqidin,
Bo’ldi sorig’ lola ko’zum oqiyu dog’i qaro.
Sud emish, ko’z tushsa asfar jinsi sori, vah, qani
Sarvinozimkim, sorig’ gul bargidin kiymish qabo.
Sorg’orib qoldim havodis kojig’a hijron kuni,
Bir sorig’ qushdekki, kunduz qolg’ay ul qushlar aro.
Shom ila subh ar sorig’ og’rig’ emaslar, bas nedur
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmoq azo?
Dardi tufroqqa nihon etdi Navoiy jismini,
Topibon bir shusha oltin, dafn qilg’ondek gado.
Mazmuni: ey, soqiy, hijron xazoni ichra sariq kasaliga duchor bo’ldim,
har qatrasi kahrabo bo’lgan sariq may keltir. Jismim qurigan shoxga, yuzim esa
sariq yaproqqa o’xshaydi. Daraxtning shoxi qurib, bargi sarg’aysa, buning
chorasi bormi? Ne dardki, bir gul yuzli ishqi o’tidin ko’zimning oqu qarosi sariq
lolaga aylandi. Sariq rangli narsaga qaramoq foydali emish, qani endi,
sarvinozim sariq gul bargidan libos kiyib kelsa. Hijron kunida hodisalar
zarbasidan sarg’ayib qoldim, xuddi kunduz kuni boshqa qushlar orasida qolgan
ukkidayman. Shom bilan tong sariq kasal bo’lmagan-ku, nega tun sochini yoyib,
quyosh yuzini yirtib aza tutadi? Gado shusha (yombi) oltin topib olib, yerga
ko’mganidek, dard ham Navoiy jismini tuproqqa yashirdi.
G’azalni o’qir ekanmiz, zamona nosozliklariyu jamiyat muammolaridan,
hijron azoblaridan, ijod mashaqqatlariyu kasallik iztiroblaridan toliqqan
shoirning ma’yus qiyofasi ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. G’azal yaxlit
kompozitsiyaga ega. Holat tasviri baytma-bayt rivojlanib, maqta’da chiroyli
o’xshatish bilan yakunlanadi. G’azalning birinchi baytida kahraboning tilga
olinishi ham bejiz emas. Chunki o’sha davrda kahrabo sariq kasaliga davo,
degan tushuncha bo’lgan. «Har bir qatrasi bir kahrabo» bo’lgan may esa shoir
dardiga davo bo’lishi kerakdek edi. Navoiyning sariq kasal – yaraqon bilan
54
og’riganini adabiyotshunos olim Natan Mallayev ham «Navoiy ijodiyotining
xalqchil negizi» kitobida qayd etib o’tgan. Darhaqiqat, Navoiy asarlarida
ko’pgina o’rinlarda uchraydigan sariq yuzlilik, za’faronlik haqidagi so’zlar faqat
she’riy tashbeh sifatida, ko’chma ma’noda qo’llanilmaganligi aniq. “Sorig’
og’rig’ bo’ldum...” deb boshlanuvchi yuqorida keltirilgan g’azal va “Favoyid ul-
kibar” devonidagi ko’plab misollar shoirning yaraqon bilan og’riganini
tasdiqlaydi.
“Navodir ush-shabob” devoniga kiritilgan mana bu g’azal ham shoirning
kasallik davrida bitilganga o’xshaydi:
Sorg’oribtur lolaro’yim, ranji bo’lmish qotig’,
Lola bu yil gulshani umrimda ochilmish sorig’.
Ko’p osig’ umrum bahori mevasidin istadim,
Mevaga yetmay xazon bo’ldi bahorim, ne osig’?..
Ey, Masiho, urma dam ul ko’zda sufrat daf’ig’a,
Do'stlaringiz bilan baham: