soqoliga oq oralagan paytlarda yozilgan. Bu xil g’azallarda shoir qarilikdan
quvvatsizlikdan shikoyat qiladi va o’zining keksalik kayfiyatlarini aks ettiradi.
g’azallarining ichki tematikasi ham boy va xilma-xil bo’lib, ular ko’p vaqt
realistik xarakterga ega. SHoir bu she’rlarida an’anaviy romantik obrazlarni kam
qo’llaydi. Ularning yozilish uslubi hayotiy va realistikdir. Bu asarlarda shoir bor
haqiqatni o’z jonli tili bilan, kitobxonga yonma-yon turganday, tasvirlab beradi.
boshqa mavzular qatorida o’z shaxsiy hayotidagi ayrim voqealarning badiiy
tasviri ham ko’zga tashlanadi. Bu o’rinda biz uning sarig’ kasali, ko’z og’rigi
bilan xastalanganligi, tishlarining to’kilgani, ko’zilarining xiralashganiga oid
davrining mahsuli bo’lib, unda ikkita tishining to’kilganidan so’z yuritilgan.
G’azalda shoirning oddiy inson sifatidagi kechinmalari o’z ifodasini topgan:
Alisher Navoiy. MAT. 3-tom. Toshkent, 115-116 betlar.
50
tishlarining to’kilishini, ya’ni tish o’rnining bo’shab qolishi bu – ajalning
kirishiyu jonning chiqishga yo’ldir, tarzida izohlaydi shoir. Buning ustiga:
Yo’qki tish sini sitam bo’ldiyu bas, ko’zda dog’i
Qolmadi nuri ani dog’i degil ayni adam, -
deb shikoyat qiladi.
Ikkinchi g’azalda esa ko’z og’rig’idan chekkan iztiroblari o’z ifodasini
topgan. Shunisi muhimki, shoir ko’zining og’riganini tasvirlar ekan, uning
qizargani, doru qo’yganda kuydirgani, ko’zlarini bog’lab qo’yganini
(“bog’lamishdur chashmband”) hayotiy va ishonarli tarzda qalamga olgan.
Bunday tasvirlardan Alisher Navoiyning o’sha jarayondagi kayfiyati, ruhiy
kechinmalarini anglash qiyin emas.
906 hijriy-qamariy yilning jumodi us-soniy oyi boshlarida (milodiy 1500
yilning 28 dekabri) jarchilar Hirot aholisiga muhim xabarni e’lon qildilar:
Astrobodda isyon ko’targan o’g’li Muhammad Husayn Mirzo ustiga qo’shin
tortgan Husayn Boyqaro u bilan yarashib, Hirotga qaytib kelmoqda... Poytaxtni
qo’riqlash topshirilgan Amir Muboriziddin Muhammad Vali va Alisher Navoiy
a’yonlar hamrohligida shohni kutib olish uchun shahardan tashqariga chiqdilar.
Muhammad Valibek rabotiga kelganlarida shoh yaqinlashib qolganini xabar
qildilar. Navoiy anchagina xasta, o’zini yomon his qilmoqda edi. Shoh muhofasi
yaqinlashgach, u otidan tushdi-yu, lekin yura olmadi. Tinimsiz ijod
mashaqqatlaridan, davlat tashvishlaridan toliqqan vujudi o’ziga bo’ysunmay
qo’ydi. Xoja Abdulloh va Xondamir ko’magida Boyqaro tomon yurdi. Goh
cheksiz muruvvatlar ko’rsatgan, gohida esa aziyatlar yetkazgan do’sti – Husayn
Boyqaro og’ushida hushidan ketdi. Shoirni shohning muhofasiga solib, zudlik
bilan Hirotga olib keldilar. Ammo tabiblarning dori-darmonlari foyda bermadi.
Jumodi us-soniy oyining o’n ikkinchisida (milodiy 1501 yilning 3 yanvari),
yakshanba kuni Alisher Navoiy manguga ko’z yumdi. Bu haqda
«Boburnoma»da shunday satrlarni o’qiymiz: «...Sulton Husayn Mirzo Astrobod
cherikidin yong’onda (qaytganda) istiqbolg’a keldi, mirzo bila ko’rushub
qo’pquncha bir holati bo’ldi, qo’polmadi, ko’tarib eltdilar, tabiblar aslo tashxis
51
qila olmadilar. Tonglasig’a-o’q Tengri rahmatig’a bordi. Bir bayti hasbi hol
voqe’ bo’lubtur:
Do'stlaringiz bilan baham: