Uruj istar esang bu dayr ichinda foniy o’lg’ilkim,
Malak uzra qadam bosib o’tar ahli fano gustoh.
Demak, she’r qahramonining Anqo manzilidan ham “nori yuz vodiy”ga
sayr etarga saboti bor. Axir uning ko’ngli “fano kuchidan zo’rbozu” istayotir.
G’azalning so’nggi baytini o’qiymiz:
Navoiy, bilki, shah ko’ngli manga qayd o’lmasa, billah,
Agar kavnaynga xoshok chog’lig’ iltifotim bor.
Nihoyat, bosh muddao gapirildi. SHohning ko’ngli shoirga moyil emas.
SHuning uchun ikki dunyoga ham uning “xoshok chog’lik” iltifoti yo’q.
Professor A.Hayitmetov g’azal shoirning yigitlik vaqtida yaratilganiga tayanib
o’sha shoh “Navoiyga dushmanlik nazari bilan qarab, unga Hirotda kun
bermagan zolim Abu Said edi. Uning davrida Navoiy Hirotda nihoyatda
qiynalabi, bir pulgi zor bo’lib, turishga uyi yo’q, yeyishga ovqati yo’q holda
yashaydi...
Hirotdagi
xushomadgo’y feodallar podshoning Navoiyga
munosabatining yomonligini bilib, unga nisbatan yaxshi qaramaganlar. Natijada,
shoir yuqoridagi g’azalda tasvirlangan holga tushib, oxiri Hirotdan ketib
qolgan”
1
, - deb yozadi. G’azaldagi umumiy ruh, mistik kechinmalarning
nihoyatda quyuqligi, so’z va ohangdagi g’amginlik shunday xulosa chiqarishga
asos
beradi.
Ammo
g’azalning g’oyaviy-badiiy mundarijasi boshqa
mulohazalarni o’rtaga tashlashga ham monelik qilmaydi.
Ushbu g’azalni tasavvufiy qarashlar asosida tahlil qilgan olim Ibrohim
Haqqul shunday xulosa chiqaradi: “Alisher Navoiy g’azallaridan birida shohga
murojaat qilib, o’zni “o’zdin ulug’roq shohga hojatmand” bilishga chaqirgan.
Bu shoh – Olloh. Bizningcha, g’azal xotimasida ana shu shohdan marhamat
kutilayotir. SHoirning ikki dunyoni ham xoshokcha nazarga ilmasligi bir zolim
1
A.Hayitmetov Navoiy lirikasi. Toshkent, 1961.154-bet.
35
podshohning munosabatigagina bog’lansa, she’rda aksini topgan ilohiy-falsafiy
mohiyat o’z-o’zidan maydalashadi”
1
.
YUgurma rizq uchun, ne yetsa haqdin anglakim, komil,
Ne kelturgil demish, ne g’aybdin yetganin qaytormish.
Navoiy eng mushkul ahvolda ham shu e’tiqodga sodiq qolganligi va
Tangridan boshqasidan qo’rqish, shavqat tilashni gumrohlik bilganligi
shubhasizdir.
Navoiyning shu devonidagi ikkinchi bir g’azali ham xarakterlidir. Bunda
shoir o’z zamonidan shikoyat qiladi, unda vafo va vafodor odamlar kam
qolganini, vafo ahli boshiga ko’p jafo yog’ilayotganini aytadi. Shoir jonini
garovga qo’yib ham olam ahlidan vafo topa olmaganini so’zlab turib, u kabilarni
o’lim hukmi bilan qo’rqitmoqchi bo’layotgan shohga o’zining o’limdan
qo’rqmasligini bildiradi:
Vafo ahliga davrondin yetar javru jafo usru,
Jafosidin aning ozurdadur ahli vafo usru.
Bukim, ahli vafo gulyob erurlar ondin erkankim,
Bu eski toq alarg’a yog’durur gardi balo usru...
Fido jonimni aylab, olam ahlidin tama’ qildim –
Vafo, astag’firulloh, qilg’on ermishmen xato usru.
Rizo ahlin siyosat tig’idin qo’rqutmag’il, ey shah,
Do'stlaringiz bilan baham: |