X U L O S A S I
Alisher Navoiy she’riyati, lirik merosini o’rganish va tadqiq qilish uzoq
yillik tajribalar asosida amalga oshirilayotgan jarayondir. Chunki bu xayrli ishlar
shoir tirikligidayoq amalga oshirila boshlangan. O’zbek adabiyotining bir necha
asrlik taraqqiyotida shoirning adabiy an’analarini davom ettirgan, unga ergashib
g’azallar yozgan, shoir g’azallariga naziralar bog’lagan ijodkorlar talaygina. Shu
bilan birga Alisher Navoiyning lirik merosini to’plash, nashr qilish, uni mavzu
va obrazlar olamiga ko’ra tahlil qilish, janrlar tabiatiga ko’ra tasniflash,
qo’lyozmalardagi
she’riy
asarlarni
bir-biriga
qiyosan
o’rganish
adabiyotshunoslar oldidagi muhim vazifalardan bo’lib kelgan.
Bitiruvchi Toshova Xurshidaning “Alisher Navoiyning avtobiografik
g’azallari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Navoiyning hasbi hol
mavzusidagi g’azallarni tahlil qilish va ma’lum ilmiy xulosalar chiqarishga
bag’ishlangan. Ish kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi Alisher Navoiy lirik merosining
o’tmishda, XX asrda o’rganilishi masalalariga bag’ishlangan. Unda talaba shoir
lirik merosining Navoiy yashagan davrdan boshlab to bugungi kunga qadar
o’rganilishi, e’tibor qaratilgan asosiy jihatlar, shoir lirikasi bo’yicha yaratilgan
tadqiqotlar, ularning bir-biridan farqli tomonlari, shoir she’riyatining janr va
mavzular nuqtayi nazaridan o’rganilishi kabilarga atroflicha to’xtaladi.
“Alisher Navoiy avtobiografik g’azallarining o’ziga xos xususiyatlari”
deb nomlangan ikkinchi bobda shoir lirikasida mavjud bo’lgan hasbi hol
xarakteridagi g’azallar tahlilga tortilgan. Xususan, “Parim bo’lsa uchib
qochsam”, “Junun vodiysig’a moyil ko’rarmen”, “Topmadim ahli zamon
64
ichra”, “Kimga qildim bir vafokim”, “Sorig’ og’rig’ bo’ldum”, “Sorg’oribtur
lolaro’yim” deb boshlanuvchi g’azallari tahlil qilishga harakat qilgan. Bunda
talaba A.Hayitmetov, Ibrohim Haqqul, YO.Ishoqov singari navoiyshunos
olimlarimizning tahlillariga, ilgari surgan ilmiy qarashlariga tayangan. .
Xulosada ish davomida ilgari surilgan fikrlar umumlashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishida ayrim kamchiliklar ham ko’zga tashlanadi.
Masalan, ayrim tahlillarda biryoqlamalik yetakchilik qilgan. Ammo bu ishning
ilmiy saviyasiga putur yetkazmaydi. Mazkur ish bitiruv malakaviy ishlarga
qo’yiladigan barcha talablarga javob beradi. Shuning uchun DAK hay’atidan
uni munosib baholashlarini so’rayman.
Ilmiy rahbar: f.f.n. S.Jumayeva