qahramoni oshiqdir. Uning yori shu qadar go’zalki, hatto Ajam va Arabni
olish paytda qiynaladi. Hatto oshiqning joni doimo yor madhini qiluvchi o’z
og’ziga rashk etadi. Qisqasi, ma’shuqaning go’zalligi ham, lirik qahramonning
chin oshiqligi ham shubhasiz. Ammo ular o’rtasida qandaydir to’siq bor: oshiq
visolga erisha olmaydi, u o’z baxtini topa olmaydi... bu qanday g’ov? Sabab
nimada? Bu o’rinda shoirning o’zi lirik chekinish orqali shu savollarga javob
beradi, mazkur holatlarning sabablarini ochadi. Muallif “men”icha, bunda hech
44
Muallif bu bayt bilan visol, maqsad yo’lida azob chekayotgan lirik
qahramon – oshiqqa murojaat qilayotgandek, uning shaxsiy baxtsizligini
umumiy holat bilan hamohang ekanligini tushuntirayotgandek tuyuladi.
Chindan ham shoir yozganidek:
CHun zamon ahli zamona rangin tutmoqdur zarur,
Dahr nofarjom uchun el holi nofarjomdur.
Bu mazmun ikkinchi bir g’azalning quyidagi baytida yanada ravshanroq
ifodalangan:
Zamon ahli zamona rangi birla bevafodurlar,
Zamona ahlig’a go’yo zamon o’z fe’lin o’rgatmish.
Umumiy xulosa ruhini olgan bu lirik chekinishlarda Navoiy bevosita o’z
nomidan ijtimoiy muhit, davr ustidan hukm chiqarmoqda, undagi adolatsizlikni
boricha qayd etmoqda.
Ijtimoiy muhit, davron hamda zamona ahlining yaramas belgilari tanqid
qilingan g’azal va baytlarda asosan, bevosita shoir “men”ining namoyon
bo’lishini juda ko’p misollarda ko’rish mumkin.
Navoiy asarlaridagi ushbu holat haqida gapirar ekan, adabiyotshunos olim
A.Abdug’afurov shunday ta’kidlaydi: “Bu haqiqat, ayniqsa, Navoiyning ichki
kechinmalari, orzu-umidlarini bayon etuvchi, uning davr, jamiyat, zamona ahli
haqidagi mushohadalarini, tanqidiy munosabatlarini bevosita ifodalovchi
maktublardagi ayrim holatlarni shunday g’azallar va baytlar bilan solishtirganda
yaqqol ko’rinadi. Har ikki holatda ham biz mavjud tuzumdagi adolatsizlik va
zo’ravonlikni, yaramas tartib-qoidalarni ayovsiz qoralovchi shoir obrazini
ko’ramiz. Katta umumiylik mavjud bo’lgan bu tanqid ostida o’z davrining ilg’or
farzandi bo’lgan shoirning jamiyat, hayot va sevgi haqidagi yuksak g’oyalari,
orzu-umidlari bilan real buzuq ahvol, qoloq hayot o’rtasidagi ziddiyat yotadi.
Xuddi shunigdek, dahr ahli faoliyatidan kuchli norozilik, tanqid va shikoyat
45
zaminida ham ular bilan shoir o’rtasidagi jiddiy kelishmovchilik, maqsad va
intilishdagi katta tafovut turadi”
1
.
Shoirning “Mahbub ul-qulub” asariga yozgan muqaddimasida o’zi haqida
so’z yuritganligi shubhasiz. Muqaddimada “davrning buqalamunlig’idin”
tortgan jabr-sitamlari to’g’risida so’zlaydi, “falakdinnotavonlig’” topganligini,
“zamonning issiq-sovug’ini ko’rib, jahoning achchiq-chuchugini totgan”ligini
bayon etadi.
Davr va undagi hukmron buzuq atmosferaning shoirga qilgan
adolatsizligi, uning boshiga solgan jabr-jafosi quyidagi ruboiyda. Ayniqsa, to’la
ochilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: