“hattotlar qiblagohi” Sulton Ali Mashhadiy va boshqa chiroyli yozuv egalari
tomonidan turli davrlarda shoir asarlari kitobat qilindi. “Masalaning bu tomoni
ulug’ shoir asarlari bilan keng xalq ommasi tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi,
Ulug’ shoir asarlarida ilgari surilgan tayanch g’oyalarni teran anglashga
bo’lgan intilish maxsus lug’atlar tuzishga asos bo’ldi. “Badoe’ ul-lug’at” bu
boradagi dastlabki izlanishlar samarasi bo’lib, mazkur asar Alisher Navoiy
hayotining so’nggi yillari yoki shoir vafotidan bir oz keyin vujudga kelganligi
etildi. 1560-yilda Aloyi binni Muhibning “Al-lug’atun Navoiyyat val istishhodat
Vohidov R.; Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2006. 200-bet.
14
ul-chig’atoyiyat” (“Navoiy lug’ati va chig’atoy tili dalillari”) nomli go’zal
so’znoma – lug’ati tartib berildi. Keyingi asrlarda ham bunday lug`atlarga
bo’lgan ma’naviy ehtiyojning sezilarli darajada mavjudligi kuzatiladi. XVIII
asrda Mirzo Madhiyxon “Mabon ul-lug’at” (“Lug’at poydevori”) nomli lug`at
tartib bergan bo’lsa, XIX asrda Fat’ali Kojariy “Lug’oti atrokiya” (“Turklar
lug’ati”) nomli asari bilan bunday izlanishlarni davom ettirdi. Mazkur lug’atlar
uchun Navoiy asarlari so’zlik vazifasini bajarib, ularning aksariyati fors-tojik
tilida yaratilgan edi. Xorazmlik olim va adib Muhammad Xoksor esa 1798-yilda
o’zbek tilida tuzgan “Muntahab ul-lug’at” (“Tanlangan lug’atlar”)ida Alisher
Navoiy asarlari matnidan olingan parchalarga keng o’rin bergan. XIX asrda
bunday ijodiy ishlarni Shayx Sulaymon Afandiy Buxoriy o’zining “Lug’oti
chig’atoyi va turki islomiy” sida sezilarli dajada rivojlantirdi.
O’zbek adabiyotining XV asrdan keiyngi davrlarda yashab ijod etgan
taniqli namoyandalari ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyni o’zlariga ma’naviy
ustoz deb bildilar. Bu buyuk sohir qalam sohibining katta-yu kichik asarlariga
naziralar bitish, javobiya aytish, g’azallariga muxammaslar bog’lash nafaqat
o’zbek shoirlari, balki qardosh xalqlarning mashhur so’z san’atkorlari orasida
ham ajoyib an’anaga aylandi. Namuna sifatida taniqli o’zbek shoiri
Shermuhammad Munis (1778-1829)ning bir she’rida Alisher Navoiyni o’ziga
pir (ustoz) deb bilgani va o’z ismining ma’no jihatdan ulug’ Alisherga
uyg’unligini iftixor bilan qayd qilganligini keltirish kifoyadir:
So’z ichra Navoiyki, jahongir dudur,
Munisg’a maoniy yo’lida pir durur.
Yo’q g’ayriyat andin o’zgakim ayturlar,
Bu Shermuhammad, ul Alisher durur.
Shermuhammad Munis “Voliyi mulki tariqat gar Nizomiydur mango”
satri bilan boshlanuvchi g’azalida Sharq mumtoz adabiyotining yirik
darg’alaridan adabiy ta’sirlanganini e’tirof etar ekan, yana Hazrat Navoiy
shaxsiga yuksak baho beradi. Munis Alisher Navoiy ruhini o’z homiysi deb
15
biladi. Shu bois ham hosid (hasadchi, shoir yutuqlarini ko’rolmaydigan)larning
xatti-harakatlaridan g’am chekmasligini ta’kidlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: