Alisher navoiy xayoti va ta’limiy pedagogik qarashlari (1441-1501)



Download 46,5 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2022
Hajmi46,5 Kb.
#693067
  1   2   3
Bog'liq
Alisher navoiy xayoti va ta’limiy pedagogik qarashlari (1441-150


ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Reja:


1. Alisher Navoiy hayoti
2.Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlarida etuk inson tarbiyasi mazmuni, shakl va uslubi
3. Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogikaning o’rni


1. Alisher Navoiy hayoti
O’zbek adabiyotining asoschisi, she’riyat mulkining sultoni, ma’rifatparvar shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug’ilgan. Yosh Alisher favqulodda iste’dod egasi bo’lib, iste’dodining dastlabki ko’rinishlari u uch-to’rt yoshga to’lgan vaqtlardayoq namoyon bo’la boshlagan. Shu vaqtda u Fariddin Attorning «Mantiq-ut-tayr» asarini yod oladi.

Alisherdagi ilm o’rganishga bo’lgan kuchli qiziqish hamda ishtiyoqni o’z vaqtida anglagan ota-onasi uni 1445 yilda maktabga beradilar. Maktabda tahsil olayotgan chog’larida o’tmish mutafakkirlari va o’z zamonasining zabardast shoirlarining ijodlari bilan yaqindan tanishadi. Mazkur davrda badiiy mavjud asarlar mazmunini o’qib-o’rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshidayoq mustaqil ravishda she’rlar yoza boshlaydi. Yosh Alisher tomonidan yaratilgan she’riy misralar o’zida yuksak badiiy va falsafiy g’oyalarni aks ettirar edi. Chunonchi, uning ustozi Lutfiyga o’qib bergan quyidagi misralari bugungi kunga qadar she’riyat ixlosmandlarining hayratiga sazovor bo’lib kelmoqda:


Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh,


Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lgach quyosh.


Qomusiy bilimlarni chuqur o’zlashtirgan Alisher Navoiy xalq orasida hurmat-e’tibor qozonadi. Bolalikda birga ulg’aygan do’sti sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning iste’dodi, bilimi hamda hayotiy qarashlarini yuksak qadrlagan holda uni o’ziga vazir etib tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat olib borgan Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik, tasviriy san’at hamda me’morchilikning rivoji yo’lida amaliy harakatlarni olib borish bilan birga yoshlarga ta’lim va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-e’tibor qaratdi. Ulug’ mutafakkir o’zining «Xamsa», «Mahbub-ul-qulub», «Munojot», «Vaqfiya», «Majolis-un-nafois», «Muhokamat-ul-lug’atayin», shuningdek, Abdurahmon Jomiyning «Arba’in» nomli asarining tarjimasi sifatida yaratilgan «Chihil hadis» («g’irq hadis») kabi asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi.


Alisher Navoiy o’z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida namoyon bo’luvchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni ulug’lagan bo’lsa, ta’limiy-axloqiy muammolarni yorituvchi asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, ushbu jarayonning o’ziga xos jihatlari, yo’llari, shakl va usullari borasidagi mulohazalarni bayon etadi.


Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari, shu jumladan, komil insonni shakllantirish kontseptsiyasining mazmunini o’rganish muayyan davrlarda dolzarblik kasb etgan. Shu bois bu yo’lda bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, navoiyshunos olimlar O.Sharafiddinov, I.Sultonov, A.Hayitmetov, N.Mallaev, T.Jalolov, V.Zohidov va S.G’anieva va boshqalar tomonidan samarali ravishda olib borilgan tadqiqotlar shular jumlasidan sanaladi.


Alloma tomonidan yaratilgan asarlar mazmunidan anglanadiki, ularda ilgari surilgan qarashlarning markazida inson va uning kamolotini ta’minlash g’oyasi turadi. Mazkur o’rinda navoiyshunos olim V. Zohidov quyidagi fikrni ifoda etadi: «Navoiy ijodi hamda amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, yo’nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yaxshi yashashi, bu uchun zarur jamiyat masalalaridir».





Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish