Davr ahlig`a lutfi jonfizo ko`rguzgil, - Davr ahlig`a lutfi jonfizo ko`rguzgil,
- El qilsa yamon, yaxshi jazo ko`rguzgil.
- Yo`q, yoringga sidq ila safo ko`rguzgil –
- Kim, qilmasa xasmliq, vafo ko`rguzgil.
- Odamlarning ko`nglini ko`tarib, marhamat ko`rsatgil, ular senga yomonlik qilishsa ham, sen yaxshiligingni darig` tutma. Yoringga sidqu sadoqat ko`rsat, har kimki, senga dushmanlik qilmasa, unga vafo ayla.
Olam eli ichra gar gado, gar shoh erur, - Olam eli ichra gar gado, gar shoh erur,
- Ne dardki, ul ko`ngli aro hamroh erur.
- Qur’onni tilovat etsun ar ogoh erur
- El ko`ngliga chun davo Kolomulloh erur.
- Bu dunyoda xoh shoh, xoh gado bo`1sin, dilida bir dardi bo`lsa, agar oqil esa Qur’onni tilovat qilsin, chunki odamlar ko`ngliga Qur’on davodur.
Do'stlaringiz bilan baham: |