“Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la
oladi”.
E‘tiqod odob, fuqarolik burchini anglash o‘quvchining asosiy sifatlaridan biridir.
Bolalarga mehr-muhabbat uning eng muhim fazilatidir. Uning muhim fazilati ko‘pchilik bilan
muomila qila olishdir.
O’qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo’lsagina odamlarga nisbatan mehribon,
sahovatli bo’la oladi, uni hamma hurmat qiladi. U pedagogik etikaning normalarini o’zlashtirib
olishi, tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim.
Bu axloqiy e‘tiqod o‘qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o‘quvchilar
va boshqalar bilan munosabatlarda, muomilasida, kundalik turmushda o‘zining shaxsiy namunasi
bilan axloqiy (barcha tarkiblar bo‘yicha) ta‘sir o‘tkazish ko‘zga tashlanadi.
Axloq nazariyasida yaxshilik eng muhim kategoriya hisoblanadi.Unda o‘qituvchi va
o‘quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o‘quvchi maqsadining birligi aks etadi.
Yaxshilik fazilati ikkala tomonning ham yaxshi niyatli, xayrihoh, mehribon bo‘lishini
taqozo qiladi.
Shaxs axloqini xarakterlaydigan belgilaridan biri mas’uliyatdir. Uning mas’uliyati -
mas’uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta’lim-
tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini
har tomonlama kamol toptirish mas’uliyati yuklanadi.
Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida o‘quvchilar jamoasi bilan yolg‘iz o‘zi ish olib
boradi.
Pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchi, o’quvchilar orasida obro’ qozonadi. U
qanchalik ko’p obro’ qozonsa, ta’lim-tarbiya mohiyatan shunchalik, samarali ta’sir ko’rsatadi.
Xullas obro’ o’qituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obro’ uning chuqur bilimi,
yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi
tufayli orttirilgan, ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan ta’siri, nufuzidir.
V.A.Suxomlinskiy “...faqat insonparvarlik, erkalatish, mehribonlik orqaligina... haqiqiy
insonni tarbiyalash mumkinligiga ishonchim komil”, - degan.
Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijobiy xarakterga ega. Ma‘lumki, inson oldida
bular muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi.
Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajriba va izlanuvchanlikdir. U muammoli
vaziyatlarga boydir. Ilg‘or pedagogik tajriba deganda biz o‘qituvchining o‘z pedagogik
vazifasiga ijobiy yondashishni, o‘quvchilarning ta‘lim-tarbiyasida yangi, samarali yo‘l va
vositalarni qidirib topishni tushunamiz. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish, unga asoslanib
yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o‘quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli
o‘zgarishlar kiritadi.
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchining ijodkor bo‘lishini, fanning
muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olish, fan yutuqlarini o‘quvchilarga yetkaza
olishi va nihoyat o‘quvchilarni ham ijobiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab
qiladi.
Kasb madaniyatining eng zarur sifatlari:
xushmuomilalik, e’tiborli bo’lish, mehribonlik, o’z-o’ziga talabchanlik, donolik,
insonparvarlik, mehnatsevarlik, o’z kasbi va burchiga sadoqat, ziyolilik, munozaraga kirisha
olish, mulohazali bo’lish, baynalminallik, tejamkorlik, yaxshi va yomonni tez farqlash, go’zallik va
xunuklikni ajrata olish, mustaqillik, o’zgalarga g’amxo’rlik qila olish, birovlarni tinglash, fikrini
bo’lmaslik, iboli, iymonli bo’lish, to’g’ri, pok, tashqi va ichki go’zallik, bilimdonlik va hokazo.
Pedagogik mashq
Maktab amaliyoti tajribasida pedagogik faoliyatdagi ba’zi jihatlarni baholang. Bunday holatni
tipik hol deb hisoblash mumkinmi?
Maktab amaliyotida o‘qituvchilar mehnatining natijasi o‘quvchilarga ta‘lim tarbiya berish
va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash bilan hal etiladi. Ammo maktab faoliyatida ba‘zan faqat
nomigagina ishlaydigan o‘qituvchilar mavjudligi umumiy maqsadni amalga oshirishga xalal
beradi. Bu toifadagi o‘qituvchilar o‘z iste‘dod va qobiliyatlarini ishga solishga harakat
qilishmaydi. Hamda ularning mehnat natijalari ham shunga yarasha bo‘ladi.
Vaziyatni tahlil qiling
1. Nomigagina pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar ish uslubi umumiy
maqsadni amalga oshirishga imkon beradimi?
2. O‘qituvchi pedagogik faoliyatda samarali natijalarga erishishi uchun qanday pedagogik
kasb sifatlarini o‘zida shakllantirmog‘i zarur?
3. Siz kelajakda qanday ish uslubida ishlaydigan o‘qituvchi bo‘lmoqchisiz?
4. Sizningcha nomigagina ishlaydigan o‘qituvchilarni bartaraf etish muammosini amalda
qanday hal etsa bo‘ladi?
Mustahkamlash uchun savollar:
1.
O‘qituvchilik kasbiga qanday vazifalar yuklatilgan?
2.
Nima uchun o‘qituvchilik kasbi qiyin, murakkab va shu bilan birga sharafli?
3.
O‘qituvchilik kasbini qanday tasavvur qilasiz?
4.
Siz kelgusida qanday o‘qituvchi bo‘lmoqchisiz?
5.
Pedagogik faoliyatni qanday tushunasiz va uni samarali tashkil etishda qanday muammolar
mavjud hamda ularni qay tarzda hal etish mumkin?
6.
Nima uchun o‘qituvchi yoshlarga ta‘lim-tarbiya beruvchi kishi?
7.
Pedagogik faoliyatning samarasi nimalardan tashkil topadi?
8.
Pedagogik qobiliyat nima va uning qanday turlari mavjud?
9.
Pedagogik mahorat qanday elementlardan tashkil topgan va pedagogik faoliyatida qanday
ahamiyat kasb etadi?
10.
O‘qituvchining kasb sifatlari nima va u qaysi elementldardan tashkil topadi?
11.
Kasb sifatlari qanday shakllanadi va uni tarkib toptirishda qanaqa muammolar mavjud?
12.
Sizningcha o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda qanday muammolar bor va
ular qanday hal etilishi mumkin?
IKKINChI BO‘LIM: TA‘LIM NAZARIYaSI
7-Mavzu: Didaktikaning predmeti va vazifalari
Reja:
1. Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning paydo bo’lish va rivojlanishi.
2. Umumiy va xususiy didaktikalar va ularning o‘zaro aloqalari.
3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari: bilim, ko‘nikma, malaka, ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot
va shaxsni shakllantirish.
4. Hozirgi davrda ta‘limning dolzarb muammolari.
5. Ta‘lim, o‘qitish va mustaqil bilim olish maktab o‘quvchilar shaxsini tarbiyalash va
rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan bog‘liq jarayon.
Tayanch so‘z va iboralar: didaktika, “didasko”, “didaskae”, ta’lim jarayoni, saboq berish,
o’rganish, qoida, rivojlanish, o’quvchi, umumiy, xususiy, ilm, ko’nikma, ta’lim va h.k.
Didaktika pedagogikaning ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan
bo‘limdir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, ―didasko‖- o‘qitish, ―didaskal‖ - o‘rgatuvchi, degan
ma‘noni bildiradi. Didaktikaning so‘zma - so‘z tarjimasi ta‘lim, o‘qitish nazariyasini anglatadi.
Ta‘lim nazariyasi quyidagi masalalarni: ta‘lim jarayonining mohiyati, ta‘lim mazmuni, ta‘lim
qoidalari, ta‘lim metodlari, ta‘limni tashkil etish shakllari hamda ta‘limda o‘quvchilarning bilim,
ko‘nikma, malakalarini hisobga olish va baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. Bu masalalarning
har birini alohida mavzu sifatida keyingi darslarda o‘rganamiz. Didaktikaning asosiy maqsadi,
vazifasi o‘qituvchini o‘qitishga doir ma‘lumot, mahorat bilan, o‘quvchilarni esa illiy bilimlar
ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir.
Didaktika termini qadimgi Gresiyada Afina va Sparta shaharlarida eramizdan avvalgi IV -
V asrda paydo bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy, Misir va Markaziy Osiyo davlatlarida rivoj topgan.
O‘zbek didaktikasiga Al-Xorazmiy, A.R.Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy, M.Ulug‘bek,
A.Avloniy, M.Behbudiy, H.H.Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Q.Niyoziy va boshqa
mutafakkirlar hamda hozirgi mashhur pedagoglar, olimlar munosib hissa qo‘shmoqda.
Didaktikaga oid materiallar mashhur pedagog Ya.A.Komenskiy, Ushinskiy va boshqalar
tomonidan boyitildi.
Didaktikaning asoslari hikmatlar, hadislar va xalq og‘zaki ijodining boshqa manbalarida
o‘z aksini topgan. Ayniqsa vatandoshimiz B.Zarnudjiyning ―O‘quvchiga ta‘lim yo‘lida
qo‘llanma‖ asari bag‘oyat qimmatlidir.
Men ushbu kitobni ―O‘quvchiga bilim olish yo‘lida qo‘llanma‖ deb atab, uni quyidagi
bo‘limlardan iborat deb tuzdim. Ular: ―Bilimning mohiyati va ularni takomillashtirish haqida‖,
―Ta‘lim yo‘lida ongli istaklar haqida‖, ―O‘qituvchi, o‘rtoq, fanlarni tanlash haqida‖, ―Olimlar va
fanning sharafi haqida‖, ―Dars vaqti haqida qo‘llanma‖, ―Bilimlarni egallash haqida‖, ―Ollohdan
qo‘rqish va ta‘lim olish‖, ―Bilimlarni xotirada saqlash, esdan chiqarish turlari‖, ―Umrni
uzaytiruvchi va qisqartiruvchi kuchlar haqida va boshqalardan iborat‖. Inson tarbiyasida va
shakllanishida bilim, ta‘lim, ma‘lumot eng muhim rol o‘ynaydi. Ta‘lim jarayonida
o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘qituvchi rahbarligida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini egallash bilan ularda ilmiy dunyoqarash va shaxsning asosiy sifatlari: axloq, estetik
qarashlar hamda kasb - hunarga bo‘lgan qiziqishlar tarbiyalanadi.
Ma‘lumot va ta‘lim o‘zaro yaqin aloqada bo‘ladi. Ma‘lumot - bu ta‘limning natijasi ta‘lim
esa ma‘lumot olishning asosiy shartlaridan biridir.
Didaktika ma‘lumotning ilmiy asoslanishi bilan shug‘ullanish bilan birga yuksak darajada
bilimlar zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni tarixiy bir jarayonida beradi va hozirgi fan, texnika
taraqqiyoti davrida o‘quvchilarni muayyan darajada shaxsni tarkib topdiradi.
Didaktika faqat ma‘lumot mazmunini belgilabgina qolmay, balki qanday o‘qitish
kerakligini ham belgilaydi.
Didaktika pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lish bilan birga boshqa bir
qancha fanlar bilan uzviy bog‘langan: Filosofiya, sosiologiya, logika, psixologiya, fiziologiya
oliy nerv faoliyati, kibernetika, matematika va h.k.
Hozirgi zamon didaktikasining taraqqiyoti ijtimoiy hayot, fan va texnikaning ishlab
chiqarish darajasi bilan asoslanadi. Didaktikaning hozirgi davrida vazifalaridan biri oldingidek
har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni shakllantirish bo‘lib qolmoqda va shunday bo‘lib
qolaveradi.
Didaktika oldidagi eng muhim vazifalardan biri o‘sib boruvchi ta‘limni keng yoyish, shu
asosda shaxsning eng asosiy sifatlarini ya‘ni ilmiy bilishini ta‘minlash, ijodiy fikrlashga
o‘rgatish hamda doimiy ravishda o‘z ma‘lumotini takomillashtirib borish kabilarni talab
etmoqda.
Ta‘lim va ma‘lumotning birligi asosida ta‘limning tarbiyalovchi metodikasini
takomillashtirish, bilish qobiliyatlarini, dunyoqarshni va yuksak ma‘naviy - axlaqiy sifatlarni
tarkib toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Didaktika asosan pedagogika fanining ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanadi.
Bular: 1. Ilmiy kuzatish:
2. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va yoyish.
3. Didaktik eksperiment.
4. O‘quv hujjatlarni o‘rganish va h.k.
Pedagogika fanida didaktika ikki turga ajratilib o‘rganiladi. Birinchisi umumiy didaktika
ya‘ni o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ana shu o‘rganish asosida o‘qitish
jarayonining yangi - yangi qirralari ochiladi va amaliyotga tadbiq etiladi. Masalan EHM yoki
ta‘limning texnika vositalari yordamida o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘stiriladi.
Yuqoridagi o‘qitish sohasida yutuqlar umumiy didakitkaning rivojlanib borayotganligi
ko‘rsatadi.
Shu bilan bir qatorda xususiy didaktika ya‘ni bir fanni o‘qitishining o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganadigan tarmog‘i hisoblanadi. Fanda xususiy didaktikani metodika ham deb
yuritiladi. Masalan, ona tili o‘qitish metodikasi, ximiya o‘qitish metodikasi, boshlang‘ich ta‘lim
metodikasi singarilar.
Umumiy didaktika bilan xususiy didaktikalar o‘zaro uzviy aloqadorlikda, bog‘liqlikda ish
olib boradi. Ular bir - birlarining rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi va yagona maqsadni ya‘ni
barkamol insonni shakllantirish vazifasini amalga oshiradi.
Xususiy didaktika rivojlanib qo‘lga kiritgan yutuqlari umumiy didaktikaning hamda
xususiy didaktikaning, vazifalarini hal qilishga yo‘naltiradi. Yoki aksincha. Shuning uchun ular
o‘zaro hamkorlikda, aloqadorlikda bir - biriga tayangan holda ish tutadi.
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay. imom Al Buxoriy. Muhammad
payg‘ambar:
―Ilm egallang! Ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh,
baxtli daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlada madadkor, odamlar orasida zebu - ziynat,
dushmanlarga qarshi kurashda quroldir‖.(Axloq odobga oid hadislardan).
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar. Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar. Yusuf Xos Xojib.
Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Idmsiz inson mevasiz daraxt
kabidir. Abdullo Avloniy.
Didaktikaning maqsadi va vazifasi haqida ―Avesto‖da: odamlarga va ularning avlodlariga
baxt - saodat keltiradigan ta‘limni amalga oshirsinlar hamda tarbiya hayotning eng muhim
tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash kerakki, u avvalo
yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin, deb
ta‘kidlangan. O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim to‘g‘risidagi Qonun 3- moddasida: ―Ta‘lim
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e‘lon qilinadi‖. (20 - bet)
Barcha turdagi ta‘lim muassasalarida o‘quvchilarga beriladigan ta‘lim ana shu hujjat asosida
tashkil etiladi.
O‘qituvchi didaktikani ilmiy o‘zlashtirmasdan, o‘quvchilarni talab darajasida o‘qita
olmaydi. Buning uchun didaktika haqida maxsus ilmiy didaktika ma‘lumotiga ega bo‘lishi shart.
Didaktikaning tushunchasi, kategoriyasi ya‘ni predmeti bilim, ko‘nikma, malaka va
ma‘lumotlarni tashkil etadi.
Bilimlar - odamlarning ijtimoiy - tarixiy amaliyoti jarayonida to‘plangan, umumlashgan
tajribasidir. Yoki Bilimlar - bu ijtimoiy - tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy - tarixiy amaliyoti
hosilasidir. Bilimlar, insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini faol o‘zlashtirish
jarayonida to‘plagan, amalda sinovdan o‘tgan va obyektiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda
o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiat, jamiyat, inson tafakkuri va faoliyat usullari qonuniyatlari
haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlangan majmuasidir.
Ta‘lim jarayonida o‘quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha
ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. Kishida bilim qanchalik boy va muntazam tarzda
olingan bo‘lsa, uning kelajakda mustaqil bilim olish imkoniyati ham shuncha katta bo‘ladi.
(V.V.Davidov va boshqalar)
Ko‘nikmalar maktab o‘quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib (qo‘yilgan vazifalar va
shartlarga binoan) bajariladigan harakatlarning yig‘indisidir.
Ko‘nikma bilimlar kabi harakatda, kishi biror harakatga erishish uchun har xil faoliyat
turida izchil bajariladigan uslublar tizimi kabi bilgilanadi. Ko‘nikmalarni kishi faoliyati turlariga
ko‘ra bir necha turlarga ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. O‘quv faoliyatiga oid ko‘nikmalar - bular o‘qituvchini tinglash va eshitganini tushunish,
uning ko‘rsatmalariga qarab harakat qilish, kuzatish, idroki yo‘naltirilgan narsalarni ko‘ra olish:
turli masalarni yecha olish; sanay, o‘qiy, yoza olish va h.k.
2. Nutqiy faoliyat ko‘nikmalari - nutqni tinglash, uni tushunish, o‘z fikrini aniq bayon
qilish, leksik, fonetik va grammatik normalarga amal qilish.
3. Badiiy faoliyatga oid ko‘nikmalar - musiqiy, rang - tasvir, harakatli.
4. Kishining jamiyatda muomala va o‘zini tutish ko‘nikmalari.
5. Mehnat ko‘nikmalari.
Malaka - ongli xatti - harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki Malaka - bu
faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish
qobiliyatidir.
Ko‘nikma va malakalar maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakillanadi. Ularni
mutahkamlash uchun uzoq vaqt bilim olish bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus mashqlar talab qilinadi.
Ta‘lim mazmunidagi asosiy narsa - zarur bilim va ko‘nikmalarni mustaqil egallash,
egallangan bilimlar haqida avval hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida vujudga
keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Ta‘lim jarayonida, bilimlar, ko‘nikma va malakalar bir - biri bilan o‘zaro uzviy
bog‘lansada, avvalgidek bilimlar yetakchi rol o‘ynayveradi. Chunki o‘quvchilar bilimlar
asosidagina ko‘nikma va malakalarning ma‘lum doirasini egallaydilar.Bolalarga matematikaning
to‘rt amalini mashq qildirishdan oldin ularga sanoqni o‘rgatish lozim. Lekin ko‘nikma va
malakalar ham o‘z navbatida bilimlar egallash jarayoniga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Ma‘lumot - olingan, hosil qilingan bilimlar, tarkib topgan ko‘nikma, malakalar hamda
tarkib topgan dunyoqarashlar majmuasi. Didaktikaning dolzarb muammolari:
1. Davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi pedagogik
texnologiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish.
2. Lotin alifbosi asosida o‘zbek tiliga o‘tish.
3. Mukammal o‘quv darsliklari yaratish.
4. Ta‘limning texnika vositalari. O‘quv - moddiy baza, kompyuter bilan ta‘minlash,
ta‘limda internet tizimini joriy etish.
5. Malakali ilmiy va pedagogik xodimlar tayyorlash.
6. Ta‘lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqyeni oshirish, televideniya va
radioning ta‘lim dasturlari intellektuallashuvini ta‘minlash.
Haqiqatdan ham ta‘lim, o‘qish va mustaqil bilim olish inson shaxsini tarbiyalash va
rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Inson shaxsini shakllantirish
uchun unga ta‘lim ya‘ni ilm, bilim, saboq berish darkor. Ilmsiz bu jarayonni ro‘yobga chiqarish
mumkin emas. Inson shakllanishi, rivojlanishi uchun esa o‘qishi, o‘rganishi, mustaqil harakat
qilishi shart. Buning uchun o‘qituvchi insonning rivojlanishini ta‘minlash uchun unga ta‘lim
berish, o‘qitish, mustaqil harakatni amalga oshirish zarur. Bu vazifa pedagog tomonidan
o‘quvchining rivojlanish davrining ma‘lum yillarida amalga oshirilib uning o‘qishga bo‘lgan
ishtiyoqini hosil qilishi, kerakli ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirishi va nihoyat uning
mustaqil bilim olishini tashkil etishi talab etiladi. Bu mas‘uliyatli vazifa o‘qituvchi tomonidan
mohirona olib boriladi. Shuning uchun ta‘lim, o‘qish va mustaqil bilim olish o‘quvchi shaxsini
tarbiyalash va rivojlantirishga, kamol toptirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir. Bu ishlarni
tashkil qilmasdan hayotni, jamiyatni rivojlantirish mumkin emas. Shuning uchun ta‘lim, o‘qish
va mustaqil bilim olish o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning obyektiv zaruriy sharti hisoblanadi.
Buni har bir o‘qituvchi bilishi va amalda qo‘llashi shartdir.
Pedagogik mashq
Maktab tajribasida uchraydigan ba’zi jihatlarga baho bering.
Aksariyat o‘qituvchilar pedagogik faoliyatda didaktikaning umumiy asoslarini nazariy-
ilmiy jihatdan puxta o‘zlashtiradi va o‘z navbatida fanni o‘qitishning usullarini maktab
amaliyotida o‘z o‘rnida tadbiq etadi. Natijada o‘quvchilar ta‘lim tarbiyasida samarali natijalarni
qo‘lga kiritadi. Ba‘zi o‘qituvchilar esa didaktikaning umumiy asoslarini ilmiy o‘zlashtirishiga
qaramasdan shu fanni o‘qitish usullarini yaxshi tadbiq qila olishmaydi. O‘quvchilarning
o‘zlashtirishi talab darajasida bo‘lmaydi.
Vaziyatni tahlil qiling:
1. Pedagogik faoliyatda samarali natijalarni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar qanday didaktik
talablarga tayanib ish yuritgan?
2. O‘zlashtirishi past darajada bo‘lgan o‘qituvchilar nima sabablarga ko‘ra bunday natijaga
erishadi? Siz uni qanday izohlaysiz?
3. Sizningcha o‘quvchilar o‘zlashtirmasligini bartaraf qilishning qanday muammolari
mavjud va ularni amalda qanaqa shaklda hal etsa bo‘ladi?
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Didaktika nima haqida bahs qiladi, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat hamda biz
didaktikani nega o‘rganamiz?
2. Didaktika qachon va qayerda paydo bo‘lgan hamda qanday rivojlanmoqda?
3. Didaktika qanday turlarga ajratib o‘rganiladi va ularni izohlang.
4. Didaktikaninig asosiy kategoriyalari nimalardan tashkil topgan va ta‘limning qanday
muammolarini hal etishda yordam beradi?
5. Hozirgi davrda didaktikaning qanday dolzarb muammolari mavjud?
6. Nima uchun ta‘lim, o‘qitish, mustaqil bilim olish maktab o‘quvchilar shaxsini
tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan bog‘liq jarayon?
7. O’zbek didaktikasi g’oyalarini darsliklarga kiritish bo’yicha qanday muammolar mavjud va
ularni qanday hal etish mumkin?
8. Nima uchun amaliyotchi o‘qituvchilar didaktika nazariyasini ilmiy bilishmaydi va bu
sohada qanaqa muammolar mavjud?
8-Mavzu: Ta’lim jarayonining mohiyati
Reja:
1. Ta’lim jarayoni haqida tushuncha. Ta’lim inson bilish faoliyati turi. Nima uchun o’qituvchi
ta’lim jarayonining mohiyati mavzusini o’rganadi?
2. Bilish nazariyasi ta‘lim jarayonining metodologik asosi. A.N.Farobiy bilish jarayoni
haqida.
3. Ta‘limning ikki yoqlama harakteri. Ta‘lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi
faoliyati jarayonidir.
4. Ta‘limning ma‘lumot beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalari. Ta‘limda
ziddiyatlar.
Tayanch so‘z va iboralar: Bilish jarayoni, nazariya, amaliyot, metodologik asos, bosqich,
Do'stlaringiz bilan baham: |