Alisher navoiy nomidagi


Mustahkamlash uchun savollar



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana16.01.2020
Hajmi1,51 Mb.
#34604
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


Mustahkamlash uchun savollar: 
 
1.  Insonni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o‘rni va amaliy ahamiyatini qanday tushunasiz? 
2.  Maktabda jismoniy tarbiya nima uchun amalga oshiriladi? 
3.  Jismoniy tarbiyani amalga oshirishning qanday shakllari mavjud? 
4.  Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
 
 
22-Mavzu: Ekologik tarbiya 
 
Reja: 
1.  Ekologik tarbiya haqida tushuncha. 
2.  Maktabda ekologik tarbiyaning maqsad va vazifalari. 
3.  Ekologik tarbiyani tashkil etish shakllari. 
a) darsda 
b) sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarda 
v) oilada 
 
Tayanch so’z va iboralar 

Tabiat  kitobi,  muvozanat,  atrof-muhit,  ijtimoiy  muammo,  milliy  va  mintaqaviy, 
umumbashariy,  ekologiya,  E.Gekkel,  ehtiyotkorona  munosabat,  ekologik  ong,  madaniyat  va 
hokazo. 
 
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun 
insoniyatning  umumbashariy  muammosiga  aylangan.  Ekologiya  hozirgi  zamonning  keng 
miqyosdagi  keskin  ijtimoiy  muammolaridan  biridir.  Uni  hal  etish  barcha  xalqlarning 
manfaatlariga  mos  bo‘lib,  rivojlanishning  hozirgi  kuni  va  kelajagi  ko‘p  jihatdan  ana  shu 
muammoning  hal  qilinishiga  bog‘liqdir,  -  deb  ta‘kidlagan  I.A.Karimov  (O‘zbekiston  XXI  asr 
bo‘sag‘asida. 115-bet). 
Atoqli  pedagog  V.A.Suxomlinskiy  «Bolalarga  jonim  fido»  asarida  «Men  bolalar 
«Alifbo»sini ochib, birinchi so‘zni hijjalab o‘qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – 
tabiat  kitobini  mutolaa  etishlarini  istardim»  -  deb  ta‘kidlaganidek,  bu  borada  barcha  ishlarni 
bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. 
O‘zbekiston  Respublika  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da:  «Ta‘limning  barcha 
darajalarida  ta‘lim  oluvchilarning  ekologik  va  sanitariya-gigiyena  ta‘limi  hamda  tarbiyasini 
takomillashtirish zarur» - deb alohida ta‘kidlangan. 
«Ekologiya»  yunoncha  so’z  bo’lib,  tirik  mavjudodlarning  yashash  sharti  va  tevarak 
atrofdagi  muhit  bilan  o’zaro  munosabatlari  hamda  shu  asosda  yuzaga  keladigan 
qonuniyatlarni o’rganadigan fandir. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi 
E.Gekkel tomonidan kashf etilgan. 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  50-moddasida:  «Fuqarolar  atrof-muhitga 
ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» va 55-moddasida esa: «Yer va yer 
osti  boyliklari,  suv,  o’simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zahiralar 
umumiy 
boyliklardir. 
Ulardan 
oqilona 
foydalanish 
zarur 
va 
ular 
davlat 
mudofaasidadir» - deb juda o’rinli ta’kidlangan. 
Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday 
munosabatda  bo‘lishni  o‘rgatish  ijtimoiy  pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotining  eng  dolzarb 
mavzusiga aylandi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  1992  yil  9  dekabrda  qabul  qilingan  «Tabiatni  muhofaza 
qilish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta‘sis etilishi, shu nomda Davlat 
dasturi,  «Ekologik  ta‘lim-tarbiya  konsepsiyasi»  ning  ishlab  chiqilishi,  «Ekosan» 
jamg‘armasining  tuzilishi  va  2000  yilning  «Sog‘lom  avlod  yili»  va  2005  yilning  «Sihat-
salomatlik  yili»  deb  e‘lon  va  davlat  dasturi  ishlab  chiqilishi  ekologik  tarbiyaning  ijtimoiy 
muammolarini hal qilishga qaratilganligini ko‘ramiz. 
Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib 
bormoqda.  Ayniqsa,  aholini  yer,  suv,  energetika,  oziq-ovqat  bilan  ta‘minlash  haqidagi 
muammolar  butun  dunyo  ijtimoiy  muammolariga  aylanib  bormoqda.  Yer  kurrasida  insoning 
farovon  yashashi  endi  ekologik  muammolarni  yechishga  bog‘liq  bo‘lib  qolmoqda.  Ekologik 
muammolarning  ilmiy,  iqtisodiy,  texnik,  gigiyenik,  yuridik,  estetik,  pedagogik  va  psixologik 
yo‘nalishlari  mavjud.  Pedagogik  yo‘nalishda  ekologik  ta‘lim  va  tarbiya  berish  ko‘zda  tutiladi. 
Ekologik  ta‘lim  deganda  aholiga  berilishi  lozim  bo‘lgan  tabiat  bilan  inson  orasidagi 
munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. 
Ekologik  tarbiya  esa  insonning  atrof-muhitga  nisbatan  munosabatini  tarbiyalashdir. 
Ekologik  ta‘lim-tarbiyadan  bosh  maqsad  ham  turli  yoshdagi  kishilarda  atrof-muhit  va  uning 
muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. 
Fuqarolarda  ekologik  savodxonlik  va  madaniyat  ijtimoiy  ta‘lim-tarbiya  muassasalari, 
ishlab  chiqarish  korxonalari,  mehnat  jamoalari,  mahalliy  boshqaruv  organlari,  ichki  ishlar 
xodimlari,  prokuratura,  sud,  ommaviy  axborot  vositalari  singari  shakllarda  amalga  oshiriladi. 
Ekologik  muammolarni  hal  etishda  aholining  g‘alla  maydonlarini,  mevali  va  manzarali 
daraxtlarni mudofaa qilish sohasida ko‘plab muammolar mavjud. 

Fuqarolarga  ekologik  tarbiya  berishda  milliy  xususiyat  va  tomonlarga  asosiy  e‘tiborni 
qaratish foydali. Bular: suv, yer, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz:  «Suv – 
tabiat in‘omi, hayot manbai», - deb bejiz aytishmagan. Ma‘lumki hozir faqat 500 ming km
3
 ga 
yaqin chuchuk suv bor xolos. 
Ma‘lumki, barcha  yoshdagi kishilarda tabiatni muhofaza qilish haqida qimmatli hayotiy 
g‘oyalar  xalq  donishmandligida  asoslangan.  Masalan,  «Soyasidan  xalq  foydalanib  turgan 
daraxtni  kesib  yuborgan  odamni  tangri  do‘zaxga  mahkum  etur»,  «Dehqonchilik  bilan 
shug‘ullaninglar,  dehqonchilik  muborak  kasbdir.  Unga  qo‘riqchilarni  ko‘paytiringlar»,  «Qaysi 
bir  musulmon  ekin  eksa  yoki  biror  daraxt  o‘tqazsa,  so‘ng  uning  mevasidan  qush  yoki  hvyvon 
yesa,  uning  ekinidan  yeyilgan  narsaning  har  biridan  unga  sadaqa  savobi  yoziladi»,  «Ekmoq 
niyatida  qo‘lingizda  ko‘chat  tutqazgan  paytda  bexosdan  qiyomat  qoim  bo‘lish  aniq  bo‘lganda 
ham ulgursangiz, uni ekib qo‘yavering», «Kim suv toshqinini to‘xtatsa yoki yong‘inni o‘chirsa, 
unga shohidlik ajri yeriladi» va hokazo. 
«Tafakkur buyuk fazilatdir va odamning donoligi haqiqatni aytisha, tabiatga quloq solgan 
holda unga muvofiq harakat qilishda» - deb ta‘kidlagan Geraklit. 
Orol  tangligi  insoniyat  tarixidagi  eng  yirik  ekologik  va  gumanitar  fojialardan  biridir. 
1911-1962  yillarda  Orol  dengizining  sathi  eng  yuqori  nuqta  bo‘lib,  53,4  metrni,  shu  darajalar 
1994 yilda 32,5 metrga, suvning hajmi 1064 kub kilometrni (400 kub kilometrni) suvning yuzasi 
66 ming kvadrat kilometrni (32,5 ming kvadrat kilometr) va minerallashuvi darajasi bir litr suvda 
10-11 gramm (u ikki barobar oshganligining guvohimiz) ga yetgan. 
Orolning  qurib  qolgan  tubidan  chang  bo‘ronlari  1975  yildayoq  kosmik  tadqiqotlar 
natijasida  aniqlangan.  1980  yillarning  boshlaridan  buyon  bunday  to‘fonlar  bir  yilda  90  kun 
davomida  kuzatilmoqda.  Chang-to‘zon  uzunligi  400  km  va  eni  40  km  maydonga  yetib 
bormoqda.  Chang  bo‘ronlarining  ta‘sir  doirasi  esa  300  kmgacha  yetmoqda.  Mutaxassislarning 
bergan  ma‘lumotlariga  qaraganda,  bu  yerda  har  yili  atmosferaga  15-75  mln  tonnagacha  chang 
ko‘tariladi. 
Orl dengizining qurib borishi munosabati bilan xalqaro, keng ko‘lamli ahamiyatga molik 
bo‘lgan  ekologik,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  desografik  muammolarning  murakkab  majmui  vujudga 
keldi.  Dengizning  qurib  borishi  va  mintaqaning  cho‘lga  aylanib  borishi  bilan  bog‘liq  fojea  bu 
havzada yashayotgan barcha xalqlarning ijtimoiy fojeasidir. 
Maktabda  o‘quvchilarni  ekologik  tarbiyalashda  bunday  ma‘lumotlarni  berib  borish 
o‘qituvchilarning asosiy vazifasi bo‘lsog‘i darkor. 
Endilikda  atrof-muhitga,  tabiat  boyliklariga  e‘tiborsiz  bo‘lish  butun  sayyoraga  jiddiy 
zarar  yetkazishi  ma‘lumligi  aniq  bo‘lib  qoldi.  Inson  bilan  tabiat  o‘rtasidagi  munosabatlar 
muammolarini  yechish  zaruriyati  tug‘ildi.  O‘quvchilarda  ekologik  madaniyatni  shakllantirish, 
tabiat,  atrof-muhit  bilan  qanday  munosabatda  bo‘lishni  o‘rgatish  pedagogika  nazariyasi  va 
amaliyotida dolzarb muammoga aylandi. 
Ayniqsa,  umumta‘lim  maktablarida  maktab  partasidanoq  tabiatga  muhabbat  ruhida 
tarbiya berishga astoydil kirishi zarurligini ko‘rsatadi. 
Tabiatni  muhofaza  qilish  hozirgi  zamonning  asosiy  masalalaridan  biri  bo‘lib  qolganligi 
o‘quvchi ongiga singdiriladi. Haqiqatdan ham tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko‘p darajada 
foydalanish, yangi  yerlarni rejasiz o‘zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o‘zgardi, 
atrof-muhit  ifloslandi.  Ayniqsa,  paxta  yakka  hokimligi,    qishloq  xo‘jaligi  ishlarining  noto‘g‘ri 
rejalashtirilganligi,  kimyoviy  o‘g‘itlardan  me‘yordan  ortiq  ishlatilishi  tabiat  kushandalarining 
ko‘payishiga  sabab  bo‘ldi.  Bu  hol  hayvonot  olami  va  o‘simlik  dunyosiga  ham  o‘zining  salbiy 
ta‘sirini ko‘rsatdi. 
Ekologik tarbiya insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. 
Ekologik  ta‘lim-tarbiya  maktabda  barcha  fanlarni  o‘qitishda  amalga  oshirilishi  ko‘zda 
tutiladi.  Ekologik  ta‘lim-tarbiyadan  bosh  maqsad  ham  yosh  avlodda  atrof-muhit  va  uning 
muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. 
Bizningcha,  umumiy  o‘rta  ta‘lim  va  boshqa  muassasalarda  ekologik  tarbiya  berishni 
tarbiyalashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 


atrof-muhit va uning shaxs ma‘naviy dunyosiga ta‘siri; 

tabiat va uning ahamiyatini anglash; 

tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi; 

o‘z  tumani,  shaharini,  qishloq  va  maktab  hovlisini  ko‘kalamzorlashtirishda, 
hatto sinf xonasidagi o‘simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini

oiladagi,  maktabdagi  tabiatni,  o‘simliklar  va  hayvonot  dunyosini  e‘zozlashga 
o‘rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish; 

tabiatga  ongli  munosabat  jarayonda  o‘quvchilarning  dunyoqarashini 
shakllantirish; 

yoshlarni  ekologik  tarbiyalashda  milliy  an‘ana  va  udumlarni  qayta  tiklash, 
ularga e‘tiborni kuchaytirish. 
«Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo‘yicha quyidagi tadbirlar belgilangan: 

Inson  butun  umri  davomida  suv,  tuproq,  olov,  umuman  dunyodagi  jamiki  yaxshi 
narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. 

Yer,  suv,  havo,  olovni  asrash  qoidalarini  buzgan  kishi  400  qamchi  urish  jazosiga 
mahkumdir. 
Ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr ko‘rsatishgan. Yurtni obod etishgan, 
ko‘chalarni,  haylilarni  sarishta  qilishgan.  Xalqimizning  tabiatga  munosabati:  urug‘  qadash, 
qovun  sayli,  suv  sayli,  uzum  sayli,  hosil  bayrami,  gul  bayrami,  Navro‘z  bayrami  kabi  an‘ana, 
udum va odatlarida o‘z aksini topgan. Mazkur an‘ana, urf-odat va qadriyatlarni takomillashtirish 
bugungi kunning eng asosiy vazifalaridandir. 
Maktab o‘quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur: 
-  tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog‘lanish; 
-  tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish
-  atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash; 
-  tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish. 
Umuman  umumiy  ta‘lim  maktab  o‘quvchilarining  ekologik  ta‘lim-tarbiyasi  quyidagi 
tuzilish va tizimda olib borilsa uning samaradorligi ta‘minlanadi: ekologik his-tuyg‘u, ekologik 
idrok,  ekologik  tasavvur,  ekologik  tushuncha,  ekologik  bilim,  ma‘lumot,  ko‘nikma,  malaka, 
odat, ekologik madaniyat (mahorat) va hokazo. 
 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
Ekologik tarbiya nega tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi? 
2. 
Ekologik tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
3. 
Ekologik tarbiyani tashkil etishning qanday shakllari mavjud? 
4. 
Nima uchun ekologik ong, madaniyat, ko‘nikma va odatlar tarbiyalanadi? 
 
23-Mavzu: Iqtisodiy tarbiya 
 
Reja
1.  Insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyati. 
2.  Maktabda iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. 
3.  O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiyani olib borishning shakllari: 
a) dars jarayonda 
b) sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tarbiyaviy ishlar jarayonida 
v) oilada 
 
Tayanch so‘z va iboralar  
Iqtisodiy  ta’lim-tarbiya,  hisob-kitob,  iqtisodiy  tafakkur,  mablag’ni  to’g’ri 
sarflash,  xasislik,  beboshlik,  barcha  narsalarni  qadrlash,  qashshoqlikka  tushmaslik, 
isrof va hokazo. 
 

Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tilayotgan  bir  paytda  yoshlarda  iqtisodiy  tafakkurni  tarbiyalash 
ayniqsa juda muhim. Avvalo o‘quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to‘la tushunchaga 
ega  bo‘lmog‘i  darkor.  Iqtisodiy  tarbiya  o‘quvchilarda  tejamkorlik,  mehnatsevarlik, 
tashabbuskorlik,  ishbilarmonlik,  iqtisodiy hisob-kitob va ayni  vaqtda shu kabilar haqida fikrlay 
olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan 
asosli  boyitib  kelindi.  Chunonchi,  Muhammad  Ibn  Suso  Al-Xorazmiy  matematika  fani  inson 
hayotida  asosiy  o‘rin  tutishini  alohida  ta‘kidlaydi.  Uning  fikricha,  kishi  hisob  ilmini  bilishi  va 
o‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay 
olishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta‘limning barcha 
darajalari  ta‘lim  oluvchilarning  iqtisodiy  ta‘limi  hamda  tarbiyasini  takomillashtirish»,  zarurligi 
(45-bet)  a‘lohida  ta‘kidlangan.  Barkamol  inson  avvalo  iqtisodiy  tarbiya  olmog‘i  shart.  Chunki 
iqtisodiy  tarbiyasiz,  unga  bog‘liq  ko‘nikmalarsiz,  odatlarsiz  haqiqiy  mukamml  inson  bo‘lishi 
mumkin  emas.  U  eng  avvalo  o‘z  mehnati  va  boshqalar  mehnatini  qadrlaydigan,  uni  hayotda 
tadbiq  qilishning  ta‘limiy  asoslarini  ilmiy  bilmog‘i  zarurdir.  Iqtisodiy  tarbiya  iqtisodiy  ta‘lim 
negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda  yuqoridagi sifatlarni qo‘llash jarayonida o‘z 
ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘ziga xos tarzda, ya‘ni sodda 
shaklda  tashkil  etiladi.  Chunki  kichik  o‘quvchilarda  iqtisodiy  ma‘lumotni,  madaniyatni,  ongni, 
ko‘nikma  va  odatlarni  birdaniga  tarkib  toptirish  mumkin  emas.  Shuning  uchuk  kichik 
o‘quvchilarda  dastlab  iqtisod  haqida  tasavvur,  tushuncha  va  ularni  turmushda  qo‘llash  bilan 
bog‘liq ko‘nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi. 
Kichik  o‘quvchilarning  barkamol  insonga  xos  bo‘lgan  iqtisodiy  bilimlari  bosqichma-
bosqich  ular  yoshining  ortib  borishi  bilan  uzviy  bog‘liq  holda  tashkil  etiladi.  Iqtisodiy  ong, 
madaniyat  birdaniga  tarkib  toptirilmaydi.  O‘quvchilarning  bu  sohadagi  tasavvurlari  bevosita 
ta‘lim  jarayonida  tarkib  toptirilib  borishni  talab  etadi.  Bunday  mas‘uliyat  boshlang‘ich  sinf 
o‘qituvchisi zimmasiga to‘g‘ri keladi. Bu ish boshlang‘ich ta‘limning to‘rt yilli davrida amalga 
oshiriladi. 
Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: 
«Inson  o‘z  mablag‘ini  to‘g‘ri  sarflashni  bilishi  kerak.  Pul  sarflashda  qizg‘anchiqlik  qilish, 
xasislikka  olib  keladi.  Pullarni  rejasiz  ishlatish  esa  insonni  beboshlikka  yetaklaydi».  Ko‘rinib 
turibdiki  Sharq  mutafakkirlari  maktab  va  oila  sharoitida  bolalarning  iqtisodiy  tafakkurini 
kengaytirish,  ularni  tejamkorlikka,  tashabbuskorlikka,  ishbilarmonlikka,  iqtisodiy  hisob-kitobga 
o‘rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e‘tiborni qaratganlar. 
«Ey  farzand,  o‘zingni  mol  jam  etmoqdan  g‘ofil  tutmag‘il  va  lekin  har  narsani  etmak 
tilasang  jahd  qilg‘il,  toki  halollik  bila  jam  bo‘lsin  va  hamisha  senga  boqiy  hamda  yoqimli 
bo‘lsun. Agar moling ko‘p bo‘lsa, uni taqdir va tadbir bila ishga yaratg‘il. Nedinkim, taqdir va 
tadbir bila yaratgan ozgina mol taqdirsiz va tadbirsiz ko‘p moldin yaxshidur. Agar mol oz bo‘lsa, 
ham  yaxshi  saqlamoqni  vojib  bilg‘ilki,  har  kishi  oz  narsani  saqlay  olmasa,  ko‘p  narsani  ham 
saqlay  olmag‘uvsidir.  Har  narsa  qo‘lingga  tushsa,  bir  tangadin  ikki  hissani  qarilig‘  va  ojizlig‘ 
vaqtining zaruriy ishlariga ehtiyoj uchun ehtiyot qilib qo‘yg‘il, va undin ko‘z yumib aslo unga 
qo‘l urmag‘il. Qolgan ikki hissani o‘zingning ziynat va asbobingga sarf etgil» (Qobusnoma. 70-
72 bet). 
«...Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o‘lchanur» - deb 
Abdulla Avloniy o‘rinli ta‘kidlagan. (A.Avloniy. Toshkent tongi. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot 
va san‘at nashriyati. T., 1979 y, 267-bet). 
Xalq ongiga singib ketgan «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo‘lmaslar» degan hadis 
bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: «Kirimiga qarab chiqimini tuta bilmagan kishi bor 
davlatini  bitirib,  oxiri xo‘rlikka  tushgani  holda,  kirimiga  qarab  chiqimini  tuta  bilgan  kishi  boy 
bo‘lmasada,  o‘zini  faqirlikdan  saqlay  oladi».  (Yuz  bir  hadis.  T.,  «Mehnat»,  1991  y,  38-bet). 
Demak,  iqtisodning  yaxshi  yoki  yomonligi  tejamkorlik  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  Bas,  shunday 
ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta‘lim-tarbiya berish kerak. 

Bu ishni o‘quvchi bevosita maktab ta‘limi davrida oladi. Shuning uchun o‘quvchida ilk 
iqtisodiy  tushuncha  asoslari  va  ko‘nikmalarni  tarkib  toptirishga  alohida  e‘tibor  berilishi  shu 
kunning muhim muammolaridan biridir. 
Mol  jam  etarda  baxillik qilmag‘il,  bu  badbaxtlikning  shogirdidir.  O‘zingga  ranj  berg‘il, 
ya‘ni  o‘zing  mashaqqat  tortg‘il,  nedinkim  mol  qiyinchilik  bilan  yig‘iladi  va  qohillik  bila  yo‘q 
bo‘lur. Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo‘lg‘aysizlar va ozga qanoat qiling, toki 
mollaringiz  ko‘p  bo‘lg‘ay,  yumshoq  tabiatli  va  shirin  so‘zli  bo‘ling,  do‘stiniz  ko‘p  bo‘lg‘ay». 
Demak,  ko‘p  ranj  bila  topilg‘on  ganjni  (boylik)  g‘aflat  va  qohillik  bila  qo‘ldan  bermoq  aqlli 
kishining ishi emasdur. Qashshoq bo‘lg‘andin so‘ng har qancha pushaymon bo‘lsa, sud (foyda) 
qilmaydur.  Demak,  moling  barqaror  bo‘lguncha  mashaqqat  ustiga  mashaqqat  chekg‘il,  sen 
bundan bahramand bo‘lg‘aysan. 
Biroq  mol  har  qancha  aziz  bo‘lsa  ham,  uni  do‘stlardin  darig‘  tutmag‘il.  Har  holda 
molingni  go‘ringga  olib  bormagungdur.  Ammo  daromad  na  chog‘liq  bo‘lsa,  xarjing  ham  ul 
miqdor  bo‘lsun.  Shunda  senga  qashshoqlik  mashaqqati  yuzlanmag‘ay.  Har  kishiki  xarjini 
daxlidin oz qilsa, hyech vaq qashshoq bo‘lmag‘ay. 
Donishmandlar debdurlarkim, hyech bir ishda isrof qilmag‘il, isrof qiluvchi barcha vaqt 
ziyonkordur.  Ammo  tirikchilikni  talx  qilgudek  qattiqliq  qilmag‘il.  Ro‘zgoringning  zaruriy 
ishlarida tahsir nuqson ko‘rguzmag‘il. Joningga jabr qilmag‘il: mol har nechakim azizdur, ammo 
jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig‘ilgan molingni bahllarning qo‘liga topshirmag‘il va 
sharobxo‘r,  qimorbozlarga  e‘timod  qilmag‘il.  Mol  jam  etmakda  xato  qilmag‘il,  har  odam  o‘z 
ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo‘lg‘ay va muddaolarda bebahra qolg‘ay, nedinkim, roham 
mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur. 
Molingdin  mustahiqlarga  (munosib,  loyiq)  yedurg‘il.  O‘zgalarning  molidin  ta‘ma 
qilmag‘il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog‘i bo‘lg‘aysan. Molingni o‘zgalarning 
moli  deb  bilg‘il,  o‘zgalarning  molin  o‘z  molingdin  ziyodrog‘  bilg‘il,  toki  omonatga  xiyonat 
qilmaslik, to‘g‘rilik bila xalqqa mashhur bo‘lg‘aysan (Qobusnoma. 70-72 bet). 
«...  Har  ishning  bir  sababi  bordir.  Ammo  qashshoqlikning  sababi  isrofdir.  Isrof  faqat 
molni  sarf  qilishgagina  emas,  ovqatda,  kishining  qiziqishlari,  nutqida  ham  isrof  bo‘ladi,  isrof 
tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o‘ldiradi». 
Isrof  so‘zining  lug‘aviy  ma‘nosi  bu  –  molni  gunoh  ishlarga  sarflash  yoki  o‘zi  va  bola-
chaqasi  uchun  hyech  narsa  qoldirmay,  bor-yo‘g‘ini  mayda-chuyda,  ikir-chikirlarga  sarflab 
yuborish  ma‘nolarini  anglatadi.  Isrof  –  u  qaysi  ko‘rinishda  bo‘lmasin  kishining  bor-yo‘g‘ini 
sovuradi,  yakson  qiladi,  degan fikr ilgari surilgan (Al-adab al-mufrat.  Imom  Ismoil  al-Buxoriy. 
131-bet). 
«Yaxshi  sayrat,  chiroyli  hay‘ot  va  har  bir  ishda  iqtisodchilik  yetishi  hislatlardan  bir 
bo‘lagidir» (216 bet, 468 hadis). Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo 
rozi va uchta ishingiz uchun g‘azabda bo‘ladi. Molni noo‘rin yerlarga sarf qilib zoye qilganingiz 
shularning  bittasidur,  deydilar»  (206  bob,  131  bet).  Markaziy  Osiyolik  olim  Rozouddin  ibn 
Faxriddin  odob-axloq  tushunchasiga  oid  «Kattalarga  nasihat»  asarining  so‘nggi  qismi  «Butun 
a‘zolaringizni gunohlardan saqlang, deyiladi unda, - insof, adolatni o‘zinizga rahbar qilib oling. 
Pul,  mol  dunyongizni  tejab  sarf  eting,  isrofgarchilikka  yo‘l  qo‘ymang.  Birovdan  qarzdor 
bo‘lsangiz,  va‘da  qilg‘an  kuningizda  topshiring»,  deb  ta‘kidlanadi  Qobusnomada.  Haqiqatdan 
ham  inson  mol,  mablag‘,  boylik  uchun  o‘zini  xavf-xatarga  qo‘ymasligi  shart.  Albatta  har  bir 
inson uchun mol, mablag‘, boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitusiyasiga  va  boshqa  me‘yoriy  hujjatlarda  ko‘rsatilgan  qoidalarga  rioya 
qilish  oilaning,  davlatning,  jamiyatning  rivojlanishiga  to‘siq  bo‘lmasligi  darkor.  Bu  sohada 
tadbirkorlik,  tashabbuskorlik,  halollik,  adolat,  xalq,  davlat  manfaatlaridan  kelib  chiqib  amalga 
oshirilsa samarali natijalar keltiradi. 
O‘quvchilarga  iqtisodiy  tarbiya  avvalo  dars  jarayonida  singdiriladi.  O‘qituvchi  qaysi 
sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat‘iy nazar o‘rganilayotgan materialning mazmunidan, 
uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarga iqtisodiy 
 ta‘lim,  tarbiya  elementlarini 
singdirib, kerakli ko‘nikma, odatlar haqida ma‘lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya 

darslarida  biror  yozuvchining  asaridagi  mazmunni  bayon  qilishda  mazkur  mahsulotni  yoki 
boylikni  ishlab  chiqaruvchilar  mehnati  evaziga  bunyod  bo‘layotganligini,  ular  mehnatini 
qadrlash,  mehnat  ahllarini  hurmatlash  har  bir  odamning  o‘z  mehnatini  qadrlashligini  badiiy 
obrazlar  vositasida  o‘quvchilar  ongiga  singdiriladi.  Geografiya  kursini  o‘qitish  asosida  tabiiy 
boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har 
bir  kishiga  kerak  ekanligini,  ularsiz  inson  hayoti  farovon  bo‘lishi  mumkin  emasligini 
tushuntiradi.  O‘quvchi  mazkur  fanlardan  olgan  bilimlarini  qiyoslab,  taqqoslashtirish  aasosida 
birinchi  navbatda  o‘z  mehnatini,  so‘ng  o‘zgalar  mehnatini  qadrlashga  o‘rganadi.  Shu  asosda 
o‘quvchilarda  iqtisodiy  ma‘lumot,  ko‘nikma  va  odatlar  tarkib  topadi.  O‘quvchilarni  iqtisodiy 
tarbiyalashda  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  tadbirlar  samarali  ta‘sir  ko‘rsatadi. 
Masalan, «Mohir qo‘llar» to‘garagi ishtirokchilari o‘qituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar, 
kiyim-kechaklar, o‘yinchoqlarni tayyorlash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni o‘rganadilar, ya‘ni biror 
bir  mahsulot  ishlab  chiqarishni  o‘rganadilar.  Ana  shu  mahsulotlar  ishlab  chiqarilmasa  odamlar 
ularni  bozordan  xarid  qilishlari  zarur  bo‘ladi.  Demak,  ishlab  chiqargan  buyumlar  kishilarning 
shu  sohaga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  qanoatlantiradi,  ya‘ni  ta‘minlaydi.  Xullas,  bu  mahsulotlar 
mablag‘,  ya‘ni  pul  hosil  bo‘lishiga  asos  soladi.  Pul  esa  o‘z  navbatida  o‘quvchilarni  iqtisodiy 
fikrlashga va shu haqda to‘g‘ri xulosa chiqarishga undaydi. 
Yoki  maktabdan  tashqari  biror  zavod  yo  fabrika  yo  korxonada  ishlab  chiqarish  jarayoni 
bilan  o‘quvchilarni    tanishtirish  orqali  ularning  mazkur  sohalar  bo‘yicha  tasavvur,  bilim, 
ma‘lumotlarini  takomillashtiradi.  Qaysi  soha  bo‘lmasin  u  davlatning,  kishilarning  kundalik 
turmushi,  hayoti  bilan  bog‘liqligini  anglaydi.  Mazkur  sohaning  iqtisodiy  imkoniyatlari  va  o‘z 
navbatida  odamlarning  shu  sohaga  bo‘lgan  ehtiyojini  o‘quvchilar  o‘rganish,  ko‘rish,  kuzatish 
jarayonida  o‘zlarining  iqtisodiy  ma‘lumotlarini  oshirib  borishadi.  Bularning  barchasi 
o‘quvchilarni  iqtisodiy  tarbiyalashda  ijtimoiy  ahamiyatga  ega.  O‘quvchilarni  iqtisodiy 
tarbiyalash  ommaviy  axborot  vositalari,  teatr,  kino,  sayohatlarni,  ko‘rgazmalarni  tashkil  qilish 
singari manbalari mavjudki,  ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini,  tafakkurini,  ongini va 
ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish mushkul. 
Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul 
muomalasiga mensimay qarash, ko‘pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo‘rlik 
va  oilaning  iqtisodiy  qiyinchiliklarini  bilishni  istamaslik  odati  tarbiyalanadi.  Ikkinchidan,  pul 
ochko‘zlik,  pul  jamg‘arishga  intilishni  tarbiyalashi  mumkin.  Ilk  yoshlikdanoq  bolani  oilaning 
xo‘jalik  ishlari  bilan  tanishtirib  borish  zarur.  Bola  oila  mablag‘ini  bilishi,  oila  hayotining  bir 
oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog‘, sut, 
go‘sht,  baliq,  sabzavot  va  boshqalarning  narxini  bilishi  kerak.  Bola  kamolga  yetib  borgan  sari 
uni  buyumlar  (kiyim,  poyafzal,  televizor  va  hokazolarning)  qimmati  bilan  tanishib  bormog‘i 
lozim. Agar ota-ona qo‘shimcha ish olib ishlayotgan bo‘lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi 
va  otasi  oilada  hamma  yaxshi  yashashi  uchun  mehnat  qilayopti.  U  shunday  mantiqni 
tushunmog‘i  lozim:  Har  kim  oila  hayotini  yaxshilashga  o‘zining  qo‘lidan  kelgan  hissasini 
qo‘shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo‘ladi. 
 
 
Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish