2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot va mehnat sotsilogiyasi kafedrasi
KURS ISHI
Mavzu:
“
Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni”
Bajardi: Toshtemirov O.
Tekshirdi: Islomov Q.
SAMARQAND – 2015
3
KIRISH………………………………………………………………...............
I-
BOB.
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH
ORGANLARI FAOLIYATLARINING SHAKLLANISHI VA
ASOSIY YO‘NALISHLARI..............................................................
1.1.
Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni ...............
1.2.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
mezonlari va ko‘rsatkichlari...................................................................
II-
BOB.
MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH
ORGANLARI FAOLIYATLARINING SAMARADORLIGINI
OSHIRISH YO‘LLARI......................................................................
2.1.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
samaradorligini baholash usullari.........................................................
2.2.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
samaradorligini oshirish mexanizmlari.................................................
XULOSA ...………………………………………………………....................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.....................................
4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda
ijtimoiy mehnat sohasidagi munosabatlarning rivojlanishini ham taqozo qiladi.
O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy
bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining
shunday asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi tashkiliy tuzilmaning
mavjudligi, uning mehnat munosabatlarini barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri,
sohasidagi huquq va kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi
bilan belgilanadi.
Bu esa ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv
qonunlaridan samarali foydalanish zarur. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy
munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat
munosabatlari amalga oshishining shunday asoslari birinchi navbatda Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish
va ular samarali shakllanishining sifat ko‘rsatkichi bo‘lgan malakali kadrlar
tayyorlash holatiga bog‘liqdir.
Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ish
o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy
dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish
bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda
yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi
tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish
hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi”
1
.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini boshidan kechirayotgan
mamlakatlar singari respublikamizda ham Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish tizimi takomillashtirish bilan bog‘liq echilishi lozim bo‘lgan bir qator
muammolar mavjud. Ularning asosiysi sifatida mehnat va aholini ijtimoiy
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-
yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
“Xalq so‘zi” gazetasi,2014 yil 18 yanvar, №13.
5
muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish va istiqbollashtirish kabi
muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim.
Kurs ishining maqsadi – iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish
bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu
maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari etib
quyidagilar belgilandi:
mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yoritib
berish;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlari
shakllanishning mezon va ko‘rsatkichlarini tasniflash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining asosiy
vazifalari va yo‘nalishlarini aniqlash;
Samarqand viloyatida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
organlari faoliyatini tahlil etish;
Samarqand viloyatida “Aholini ish bilan ta’minlash Davlat dasturi”
asosida malakali kadrlarni tayyorlash holatini tahlil etish;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatida axbort
tizimlarini joriy etish yo‘llarini aniqlash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
samaradorligini baholash usullarini tasniflash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
samaradorligini oshirish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va
tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ishning tarkibi, uning maqsadi va
vazifalariga muvofiq: kirish, mavzuning asosiy mazmuni va mohiyatini ifodalovchi
sakkizta paragrafdan iborat uchta bob, hulosa va takliflar, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
6
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobda mehnat bozorining mohiyati,
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va asosiy vazifalari aniqlangan. SHuningdek, Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarini kompleks baholash
mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda ularning faoliyati asosiy maqsad va vazifalari
tadqiq qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobda Samarqand viloyat Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyati va “Aholini ish bilan ta’minlash
Davlat dasturi”ning bajarilish holati tahlil etilgan hamda uning faoliyatida axbort
tizimlarini joriy etish yo‘llari aniqlangan.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobda Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini baholash usullari
tasniflanib, ular faoliyatining samaradorligini oshirish mexanizmlari ilmiy-amaliy
jihatdan tadqiq etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining yakuniy qismida xulosalar va tavsiyalar bayon
etilgan.
7
I-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH ORGANLARI
FAOLIYATLARINING SHAKLLANISHI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI
1.1. Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
Bugungi kunda iqtisodiyotning oldida turgan dolzarb muammolardan biri
mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo,
ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli
foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog‘langan.
Haqiqatdan ham talabga ega bo‘lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy
qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish
jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o‘z iste’mol sifatlarini yo‘qotmasligi
uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o‘zini qayta ishlab chiqarish,
balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko‘rsatkichlari ham yaxshilanishi
darajasini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo‘q qilishi mumkin. Ishchi
kuchiga jami talab investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan
va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda
ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari)
asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi,
shuningdek, ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga
soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq
ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar
kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi
raqobat. Talab agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va
xalq xo‘jaligining boshqa sohalari mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi,
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan
ta’minlangan ehtiyojning hajmi ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va
8
nisbatini shakllantirish;
bozor uslubida xo‘jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy
mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir
ko‘rsatish;
ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini
oshirishga ko‘maklashish;
ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini
o‘zgartirishva tarkibini aks ettiradi . Taklif yollanish sharti bilan ishga ega
bo‘lishdan manfaatdor bo‘lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat (soni,
jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va
boshqalar bo‘yicha) tarkibini ifodalaydi.
SHuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy
mazmuni va uning tarkibiy qismlarining tadqiqoti mazkur bozorning o‘tish davrida
bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi.
Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – mehnat bozori shakllanishining
asosiy sharoiti yohud shartidir.
SHu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy
shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo‘lib,
yollanma xodimlarni o‘z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish
beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu
erda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur sub’ektlarni o‘zaro almashuv
munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida
shaxsiy iste’molchilik yotadi. Ular ham, o‘z navbatida, qayta takror ishlab
chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyoji
ifodalanishi bo‘ladi.
MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi
muvozanatga erishish uchun o‘zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli
9
sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo‘lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma
xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan
o‘zaro bog‘langan hamda bir-birlariga qaram bo‘lsalar ham bir-birlariga qarshi
turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining
shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday
muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga
layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o‘sishi.
Mehnat bozori kon’yukturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari
ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko‘rsatkichlari oshishi
etakchi o‘rin egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi
(kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini sotish, sotib olishning hal qiluvchi
huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari
muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. YUqori unumdor qishloq
xo‘jaligi erlarida va etarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi
ko‘proq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko‘rsatadi. YAngi ish joylarini
yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo‘li bilan ishchi kuchiga talab
va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar
vujudga keltiriladi. Bu esa, mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak,
ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.
SHu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz
hududlarida ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi pasayishiga bevosita
ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qilish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb
etadi. Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi:
noqishloq xo‘jaligi tarmoqlarda yangi ish joylarini yaratish, mehnat
qo‘llaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash,
qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi erlarni o‘zlashtirish, qayta
ishlash sanoati, xizmatlar ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati ko‘lamini
10
kengaytirish, kichik va o‘rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va
boshqalar. SHu bilan bir vaqtda ishchi kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni
pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular ta’sir qila boshlaydi: shaxsiy
yordamchi xo‘jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va o‘z-o‘zini
band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va
nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning
bozor usullarini tatbiq etish, inflyasiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy
kadrlarning mobilligini (safarbarligini) hamda malakasini oshirish va boshqalar.
Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator omillar
ishchi kuchiga talabning pasayishiga ko‘maklashadi. Xususan, bu ijara va xususiy
mulkchilikni rivojlantirish, to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lmagan yoki ekologik
zararli korxonalarni yopish, yangi erlarni o‘zlashtirish ko‘lamini qisqartirish,
moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv
texnologiyani qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. Bundan
tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud:
kadrlarning malakasi, ma’lumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi,
mehnat resurslari soni o‘sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi,
qishloq xo‘jaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko‘payishi, mehnatni
qo‘llash mintaqalarining etishmasligi va boshqalar.
SHu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi
kuchi taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularga
quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish
beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo‘lgan
mablag‘lar jamg‘armasi; yollangan xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxo‘rlar va
bolali ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy
tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo‘lgan
shaxslarni mablag‘lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy
imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo‘jaligida va yollanmasdan “uy mehnati”da
band bo‘lganlar soni; qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat
11
qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va
hokazo.
Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi
miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan aniqlanadi: mavjud bo‘lgan va
yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning takror ishlab
chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar; mulkchilik shakllarining
turli-tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning to‘lovga qodir emasligi (bankrotligi)
va hokazo.
Demografik jarayonlarga bog’liq holda, yurtimizda mehnat resurslari soni
yil sayin ortib bormoqda (1.1-jadval).
1.1-jadvaldan ko’rinib turganidek, 2007-2011 yillar davomida mehnat
resurslari soni 2090,2 ming kishiga yoki 13,7 foizga ortgan. Bu davrda mehnat
resurslari sonining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,6 foizni tashkil qilgan.
Ko’rilayotgan davrda mehnat resurslari sonining o’sish sur’ati respublika
hududlarida bir me’yorda kechmagan. Jumladan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo,
Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg’ona viloyatlarida respublika o’rtacha
ko’rsatkichidan yuqori, qolgan barcha hududlarda (Qoraqalpog’iston Respublikasi,
Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri) esa past
bo’lgan. 2012 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, mehnat resurslari jami aholining 59
foizini tashkil qilib, uning asosiy qismi (qariyb 60 foizi) Samarqand, Farg’ona,
Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida to’plangan.
Yangi ish o’rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini
diversifikasiya qilish, malakali mutaxassislar tayyorlash va shuningdek, 12 yillik
majburiy ta’lim tizimiga o’tish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar aholining bandlik
darajasini yanada oshirish imkonini berdi (1.1-jadval).
12
1.1-jadval
O‘zbekistonda 2009-2013 yillar 1 yanvar holatiga ko‘ra aholi sonining
o‘zgarish dinamikasi (ming kishi)*
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2013 yilda 2009
yilga nisbatan
o‘zgarishi
2009
2010
2011
2012
2013
+,-
foiz
Jami aholi soni
27072,2
27533,3
28001,4
28453,7
30123,3
3051,1
111,2
Shundan:
Shahar aholisi
9584,6
9758,3
14327,8
14618,4
15897,4
5312,8
165,8
Qishloq aholisi
17487,6
17775,0
13673,6
13835,3
14225,9
-3261,7
81,3
* Jadval O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
Aholining iqtisodiy faollik darajasi bilan bog‘liq xususiyatlar. Demografik
omillardan tashqari mehnat qobilyatiga ega aholining turli demografik va etnik
guruhlari iqtisodiy faolligi darajasi ham bozor dinamikasining muhim omili
hisoblanadi. Masalan, ayollarning ijtimoiy roli faollashishi ta’siri ostida ularning
ishchi kuchi tarkibiga jadal jalb qilinishi ishchi kuchi taklifining o‘sishiga olib
keldi.
Bunda ishlab chiqarish yo’nalishi talab etilayotgan muayyan kasbiy
malakaga ega amaldagi xodimlar soni bilan mavjud ish joylari o’rtasidagi
bog’liqlikni ifodalaydi. Qayta hosil qilish yo’nalishi mavjud, yangidan jalb
etilayotgan hamda ishdan bo’shayotgan ish kuchi mutanosibligini ta’minlashga
qaratilgan. Shaxsiy yo’nalish aholiga ular ehtiyojiga javob beradigan ish joylarini
taklif etish xususiyatini aks ettiradi.
Aholi moddiy ne’matlarni yaratuvchi va ularni iste’mol etuvchi sifatida
mehnat salohiyati ko’rsatkichiga ham egadir.
Yuqorida qayd etilgan mehnat bozorini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan
tashkiliy-huquqiy va tuzilmaviy shart-sharoitlar mehnat bozori rivojlanishining
quyidagi asosiy tamoyillarini to’liq amalga tadbiq etgan holda, mazkur bozorni
shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi:
13
mehnat va ish bilan bandlikda erkinlikni ta’minlash. Insonga ijtimoiy
mehnatda qatnashishi yoki qatnashmaslikni tanlash ustuvor huquqi berilishi;
ish kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi eng samarali o’zaro
hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy mexanizmni yaratish;
ish bilan bandlik bo’yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish. Ish
bilan bandlik bo’yicha davlat siyosatining atrofida hamma darajadagi ma’muriy
hududlarning aholini ish bilan ta’minlash faoliyatidagi mustaqilligini hisobga olib
yagona umumdavlat ish bilan bandlik siyosatini yuritish;
ish bilan bandlikni ta’minlash bo’yicha nazorat. Ish bilan bandlikni
ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda kasaba uyushmasi,
tadbirkorlar assosiasiyasining boshqaruv organlari bilan hamkorlikda nazoratni
amalga oshirish;
ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishda uch tomonlama
ijtimoiy hamkorlik (hukumat, kasaba uyushmalari vakillari va tadbirkorlar
vakillari);
ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan “kun kechirish uchun zarur miqdordan
kam bo’lmaslik”ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |