Evklion
Bugun qizimni to`yida biroz Yayratib ruhimni ko`tarmakchidim.
Bozor bordim: baliq so`rasam qimmat ekan ko`p ,
So`ng so`radim undan qo`y go`shtini, sigir, buzoq go`shtini, Nimaiki qo`lga olsang, bari qimmatdir.
Ayniqsa ham go`sht qimmat: sira pulim yo`q. Olish uchun bir chaqam yo`q, dard bilan ketdim. Shunday qilib qaroqchilar qo`lidan qochdim Yo`l –yo`lakay o`ylab keldim men o`z –o`zimcha, “Bayram kuni o`ng so`l boqmay tanti bo`lasan,
Bayram o`tgach, dekchang suvda” –men yuragimga Va medamga bu fikrni yaxshi uqtirdim.
To`yni qanday oz sarf bilan o`tkazish uchun
10.Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари. . –T.: Ғафур Ғулом,2015
Tuzgan ushbu qarorimni dil ma’qul topdi. Sotib oldim bir guldasta, tutatqi o`t bu, Uyb xudosin mehrobiga qo`yaman buni . Qizim uchun baxt bag`ishlasin u.
Obrazlarning tashqi qiyofasi hamda faoliyatida, suhbat jarayonida xarakteriga xos chizgilarning aniq bo`rtib turishi esa asar mazmunini yanada yaqqolroq namoyon qiladi. Yana shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, barcha obrazlar – bosh qahramondan tortib, ikkinchi darajali obrazlargacha –barcha –barchasi yig`ma obrazlar sanaladi. Ushbu obrazlar o`sha davr muhiti, ijtimoiy holatini ko`rsatib berishga xizmat qiladi. Ayniqsa, Evklion obrazi xarakter darajasiga ko`tarilishi bejiz emas. Chunki Plavt ushbu obraz asosida millatning o`z davridagi suratini chizib bera oladi. Adib qahramon ongida qotib qolgan bosh qahramonning favqulodda ayricha inson bo`lishi lozimligi, uning hech kimga o`xshamasligi, mukammallik kasb etishi kerakligi singari eski qoldiqni o`z asari bilan yo`qqa chiqardi.U xalq ichidagi “oddiy” insonlarni obraz darajasiga ko`tardi. Badiiy adabiyot insonshunoslik ekan, insonlarning qalbida saxiylik va xasislik birga shakllanishini, tuyg`ular yaxshilik –yomonlikni o`ylab o`tirmasligini hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim.
Asarning oxiri yetib kelmagan, biroq taxminlarga ko‘ra komediya so‘ngiga qadar Evklion oltinlarni topadi. Shu bilan birga u boylik har doim ham baxt olib kelmasligini anglab yetadi. Shu sababli u o‘z boyliklarini yakka –yu yagona qizining baxti uchun sarf qilishni xohlaydi. Evklion boyliklarni qiziga beradi.
Plavtning “Xumcha” komediyasidagi tasvir xarakterlarning o‘zaro munosabatlari, individual jihatlari, xarakter va sharoit munosabati ko‘lamiga ko‘ra realistik xususiyatga egadir.
Inson hech qachon yolg‘iz, ayri yashamagan. U doim kimdandir o‘rganadi yoki kimgadir o‘rgatadi. Ilm –fanda yaratilgan ma’lum bir yangilik faqat bir millat doirasiga tegishli bo‘lmaganidek adabiyot va san’at maydonidagi noyob iqtidor egalari ham butun insoniyatga daxldor hisoblanadi. Shu jumladan, Plavt dahosi
hamda uning yaratgan xasis obrazi zamonlar o‘tsada, keyingi shu xildagi obrazlar uchun andaza vazifasini o‘tab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |