bayon etadi.
ta’siri qanchalik katta bo‘lgani fanga ma’lum.
Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. – Л.: Наука, 1979. – С.182.
Аникст А. Творчество Шекспира. – М.: Наука, 1963. – С.228.
114
115
1. Ilk uchrashuv.
2. Dil izhori.
3. Ayriliq.
4. Istamagan kishi bilan nikohga majburlash.
5. Xotima.
Navoiy dostonida ham, Shekspir tragediyasida ham muhab
bat an’anaviy munosabatlar me’yorini buzadi. Birinchi hola
tda ijtimoiy tengsizlik, Laylining otasi «devona» Qaysga qizini
be rishdan or qiladi
1
. Ikkinchi holatda azaliy oilaviy nizo to‘siq
bo‘ladi. «Romeo va Julyetta»da qahramonlar yashirincha nikoh
o‘qitishadi. Bu haqda ota-onalarini ogohlantirishmaydi. Ular-
ning roziligini olish ilojsizligini anglab, bu haqda og‘iz ochmay-
dilar. «Layli va Majnun»da faqat Majnun ota-onasining istagi
ga qarshi chiqa oladi, Layli esa ota-onasiga bo‘ysunadi. Ikkala
ijodkor ham qahramonlarining o‘ziga xosligiga urg‘u berishadi.
Ikkala asarda ham sevishganlar halok bo‘ladilar. Majoziy
ishq vujudni yo‘q qilib yuboradi. Romeoning o‘limi Julyetta-
ning, Laylining o‘limi (jisman) Majnunning jisman o‘limiga
olib keladi. Laylining onasiga qilgan vasiyatiga ko‘ra har ik
kalasini bir kafanga o‘raydilar va bir qabrga qo‘yadilar. Har ikki
sevishgan yor shu yo‘sinda bir-birlariga abadiy qovushdilar:
Kirdi ikki jism bir kafang‘a,
Yo‘q, yo‘q, ikki ruh bir badanga
Donadek o‘lub iki badan bir,
Dona qobug‘i kibi kafan bir
Yoshurdi chu oy-u kun yuzin abr,
Chun go‘r bir erdi, bo‘ldi bir qabr
(292-bet).
1
Комилов Н. Тасаввуф. Биринчи китоб. – Тошкент: Ёзувчи, 1996. – Б.225.
Shunday qilib, yuqorida bayon qilingan fikrlar asosida qu-
yidagi xulosalarga kelish mumkin:
Navoiy va Shekspir ilgari surgan g‘oyalar mushtarakligi sa-
bab lari adabiy aloqa va uslublar ta’siriga emas, balki asarlar
yara tilgan davr muammolari, kayfiyati va ularni badiiy aks
ettirish dagi yozuvchi iste’dodi, tafakkuri imkoniyatlariga bo
rib taqaladi.
Navoiy va Shekspir gumanizmini harakatga keltiruvchi
barcha tamoyillarini o‘z ijodiy, ilmiy, ijtimoiy faoliyatlarida
bevosita ifoda ettirishga harakat qilganlar. Bu ularning davlat
boshlig‘i, milliy til mavqeini ko‘tarish va taraqqiyotiga asos
solish, shaxs erki va insoniy muhabbat xususidagi mushtarak
qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Alisher Navoiy «Layli va Majnun» dostonini Shekspirning
«Romeo va Julyetta» tragediyasi bilan qiyoslash ikki buyuk
ijodkorning ishq konsepsiyasiga munosabatlarining g‘oyaviy
yaqinligini ko‘rsatdi. Ikki mutafakkir nuqtayi nazarida komil
likning muhtasham poydevori ham, oliy cho‘qqisi va so‘nmas
nur manbayi ham ishqdir.
G‘arb uyg‘onish davri mutafakkiri inson e’tiborini uning o‘z
go‘zalligiga, jismoniy va botiniy barkamolligiga (yuksak fazi
latlar egasi sifatida) qaratgan bo‘lib, ana shu barkamollikni
badiiy adabiyotda ifoda etishga intilgan. Uning fikricha, go‘zal
inson, albatta, go‘zal dunyoviy hayot sohibi bo‘lmog‘i lozim.
Sharq uyg‘onish davri mutafakkiri esa butun e’tiborini in
sonning ruhiy kamoloti masalasiga qaratgan. Uning uchun
go‘zal dunyoviy hayot pirovard maqsad emas, balki boqiy
ruhiy yuksaklikka erishish uchun bir imtihon vositasi, xolos.
Alisher Navoiy va Shekspirning biz tahlil etayotgan asarlari
zamirida ana shu g‘oya va o‘zaro tafovut yotadi. Ammo shun
ga qaramay, ikkala shoir ham real dunyo go‘zalliklari orasida
ishqni go‘zallikning bosh manbayi deb qaraydilar. Qahramon
116
117
lar dunyodagi eng qudratli ma’naviy kuch deb muhabbat
ni bilishadi. Uning ilohiy qudratiga tayanib yashaydilar. Shu
ishonch ularni inson sifatida tengsiz yuksakliklarga - hayot,
davr, olam va odam mohiyatining tub ildizlarini belgilaydigan
g‘oyaviy kengliklarga olib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: