Masalan, stikerlarda quyidagi savollar o‘rin olgan:
1. M.Koshg‘ariy qayerda tug‘ilgan?
2. Yusuf Xos Hojib kimning saroyida xizmat qilgan?
3. M.Koshg‘ariyning devonida yozilgan maqollarni ayting.
4. Devonining qo‘lyozma nusxasi qayerda saqlanadi?
5. Navoiy ijodida ko‘proq qaysi timsol vasf etiladi?
III. Yangi mavzu bayoni: Dastlab Navoiy hayoti haqida ma’lumot beriladi,
keyinchalik esa adib ijodiga to‘xtaladi. Navoiyning ijodiy merosi bilan
tanishtiriladi. Nafaqat Navoiy hayoti balki, o‘sha davrdagi ijtimoiy hayot haqida
ham ma’lumot keltirib o‘tilgan. Masalan, Temuriylar davri haqida, Shayboniy
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bobur Mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad
Mirzo kabi buyuk adiblarimiz ham o‘sha davrda yaratgan she’rlari, ya’ni o‘z ijod
mahsullari shu davrda ham mashhur bo‘lganligi tilga olingan. Navoiy haqida
Zahiriddin Muhammad Boburning bildirgan fikrlari bilan tanishtiriladi. Ko‘plab
adiblarning Navoiyga bergan ta’riflari tanishtiriladi. Yana bulardan tashqari
Alisher Navoiy haqida uning zamondoshlari qismida esa Navoiyga aloqador
bo‘lgan qimmatli ma’lumotlar bilan o‘quvchilar bilim boyligi oshiriladi. Unda
Abdurahmon Jomiy, Rashidiy, Hakimshoh Qazviniy va Xondamir tomonidan
aytilgan ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Navoiy ijodida uchraydigan so‘zlar
hozirgi o‘zbek tilida qanday ma’no anglatishi kabi jihatlarga alohida e’tibor
berilgan. Navoiy hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan tanishilgach, g‘azallar,
■ Bitiruv malakaviy ishi
• ≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈ • Shoira Saydullayeva
≈ 56 ≈
ruboiylar bilan ishlanadi. O‘quvchilr bilan bahru-bayt musobaqasi
tashkillashtiriladi.
“Davom ettir” o‘yini asosida tuzilgan savollar orqali o‘quvchilarga murojaat
qilinadi. Bunda o‘qituvchi tomonidan Navoiy g‘azallarining birinchi misrasi
yoziladi va qolgan ikkinchi misrasini o‘quvchining o‘zi mustaqil tarzda yoddan
o‘qib berishi kerak bo‘ladi.. Yana undan tashqari, g‘azallarda uchraydigan,
tushunilishi qiyin so‘zlarning ham ma’nosi yozma tarzda savol tariqasida
o‘quvchiga taqdim etiladi va o‘quvchi bu so‘zning ma’nosini yoddan aytib bera
olishi talab etiladi.
O‘quvchilarga Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asarining matni
tarqatiladi. O‘qituvchi taqdimotlardan foydalanishi mumkin.
■ Bitiruv malakaviy ishi
• ≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈ • Shoira Saydullayeva
≈ 57 ≈
O‘quvchilar berilgan matnni tahlil qiladilar.
"MAJOLIS UN-NAFOIS" ("Nafislar majlislari") - Turkiy tazkirachilikning
ilk namunasi. Asarda 15-asrda Xuroson va qo‘shni mamlakatlarda yashagan shoir,
yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa ma’lumotlar berilgan.
Ma’lumotlar yillar, geografik o‘rinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib
joylashtirilgan va "majlis"dan iborat.
■ Bitiruv malakaviy ishi
• ≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈ • Shoira Saydullayeva
≈ 58 ≈
Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, mehnatga munosabati
kabi xususiyatlari alohida ko‘rsatilgan. Har bir shoirga berilgan tasnif uning
ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan.
O‘qituvchi quyidagi ma’lumotlarni beradi:
Tazkira 15-asr o‘zbek ilmiy nasrining go‘zal namunasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |