Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Download 0,77 Mb.
bet214/246
Sana31.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#215048
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   246
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Kurs ishlari talabalarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda sinash, nazariy tayyorgarlik asosida amaliy ishlarni bajarish malakasini oshirishga yo‘naltiriladi.

Kafedra talabaga o‘zining eng yaqin yordamchisi sifatida munosabatda bo‘lishi, ularning birorta mustaqil ish, referat, kurs ishi, bitiruv-malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasining kafedra istiqbolli ilmiy dasturidan tashqarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Buning uchun mustaqil ishlar uchun ajratilayotgan soatlardan unumli foydalanish, unga kafedraning to‘la ma’nodagi xazinasi sifatida qarash madaniyatini yuksaltirish zarur.

Talaba kafedraning istiqbolli ilmiy konsepsiyasida aks etgan uch bosqichli “fundamental tadqiqotlar → innovatsion tadqiqotlar → amaliy tadqiqotlar”ning uchinchi bosqichi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishi maqsadga muvofiq. U kafedraning ilmiy tadqiqotlari laboratoriyasi eksperimentatori maqomiga ko‘tarilmog‘i lozim.

Uzoq yillar davomida kurs ishlari mavzulari asosan dars jarayonida o‘tilgan nazariy mavzular bo‘yicha rejalashtirilib kelindi. Oqibatda ko‘plab kurs ishlari tayyor nazariy ma’lumotlarning qayta bayon etishdan iborat bo‘lishi an’ana tusini oldi. Bu esa talabada mustaqil izlanish, yaratuvchanlik faoliyatining passivlashib ketishiga, o‘zining esa ko‘chirmakashlikka o‘rganib qolishiga olib keldi.

Ta’lim oluvchilarning professional kompetensiyasi asosida mustaqil va ijodiy fikrlash salohiyati yotadi. Shuning uchun talabalarni mahsulot yaratishga undovchi, ularning bu boradagi ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlaydigan amaliy ish turlarini rejalashtirish, har bir talabaning bajargan amaliy tadqiqoti kafedra ilmiy konsepsiyasining ma’lum bir zarrasi bo‘lishiga erishish zarur. Buning uchun talabalar bajarishi lozim bo‘lgan amaliy ishlarning kamida besh yillik dasturi ishlab chiqilishi va u davomiylik, uzviylik, uzluksizlik, takroriylikdan xolilik tamoyillari asosida bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni birinchi yilda bajarilgan ish ikkinchi yilda yangi bosqichda davom ettirilishi, ikkinchi yilda bajarilgan ishlar uchinchi yil topshiriqlari uchun material bo‘lib xizmat qilishi kerak.

Albatta, bu kurs ishlariga rahbar qilib tayinlangan professor-o‘qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Har bir bosqich kurs ishlari uchun kafedra umumiy rejasidan kelib chiqqan holda indiviudal rejalar tizimini shakllantirish, ishlarning bajarilishini monitoring qilishning qulay va tezkor usullari ishlab chiqilishi zarur. Kurs ishlari himoyasi ham “reja→faoliyat→himoya” uzviy yaxlitligining yakuniy bosqichi sifatida aniq mezonlar asosida, natijalarni baholashning maqbul shakl, usul va vositalari uyg‘unligida tashkil etiladi.

Kafedra 5 yilga mo‘ljallangan kurs ishlari mavzularini ta’limning ma’lum bo‘g‘ini (bog‘cha, boshlang‘ich sinf, o‘rta umumiy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim) uchun biror o‘quv lug‘atini yaratishni quyidagicha rejalashtirishi mumkin. Lug‘atni tayyorlash bosqichlari quyidagicha kechadi:

1-bosqich. So‘z tanlash. Bunda talabalarga tegishli lug‘at uchun harflar asosida so‘z tanlash topshirig‘i kurs ishi sifatida beriladi. Talabalar sonidan kelib chiqqan holda harflar teng taqsimlanadi (bir harf bir necha talabaga bo‘lib berilishi ham mumkin). Talaba o‘zi to‘plagan so‘zlarini nega tanlaganligini berilgan topshiriq mezonlari asosida himoya qiladi.

2-bosqich. So‘zlarga misol tanlash. Talaba so‘zlarga ko‘rsatilgan manbalar asosida tegishli misollar tanlaydi. Kartochkalarga yozadi. Misollarning kompyuter variantini tayyorlaydi.

3-bosqich. Berilgan misollarni guruhlarga ajratish va har bir guruhga tegishli umumiy belgilarni aniqlash.

4-bosqich. Ma’nolarni izohlash.

5-bosqich. Lug‘at maqolalarini tuzish, tahrir qilish.

Kafedra professor-o‘qituvchilari lug‘atni nashrga tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanadi.

Shu asosda talabalarni kuchi va ilmiy rahbarning ko‘rsatmalari asosida bir o‘quv lug‘ati yaratiladi.

Agar tegishli har bir universitetdagi kafedrada shunday tipdagi o‘quv lug‘atlari yaratilsa, demak, 5 yilda taxminan respublikaning turdosh kafedralarida 10 ga yaqin o‘quv lug‘ati dunyoga keladi.

Kurs ishlari uchun tayanch kafedra tomonidan turdosh kafedralar uchun tavsiya etilayotgan uzoq muddatli konseptual mavzular quyidagilar:



  1. O‘zbek tilining o‘quv izohli lug‘ati (O‘zMU).

  2. O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati (AnDU).

  3. O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati (BuxDU).

  4. O‘zbek tilining shakldosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati (GulDU).

  5. O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati (NamDU).

  6. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati (NukusDU)

  7. O‘zbek tili iboralarining o‘quv izohli lug‘ati (SamDU).

  8. O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv izohli lug‘ati (UrDU).

  9. O‘zbek tilining uyadosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati (FarDU).

  10. O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati (TerDU).

  11. O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati (QarDU).

Tayanch oliy o‘quv yurti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi ushbu amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, tayyor bo‘lgan lug‘atni taqrizlash, mas’ul muharrirlik qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish