Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 19,12 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi19,12 Kb.
#830490
Bog'liq
RAFIQVA MAHLIYONING ADABIYOTSHUNOSLIK ASOSLARI FANIDAN MUSTAQIL


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI

ADABIYOTSHUNOSLIK ASOSLARI FANIDAN


MUSTAQIL ISHI

MAVZU:DRAMATIK TURVA UNING JANRLARI BO’YICHA ASARLARNI O’QISH VA TAHLIL QILISH


BAJARDI:RAFIQOVA MAHLIYO
TEKSHIRDI:XURSHIDA XAMRAQULOVA

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY


TURKISTONNING O’Z MAISHATIDAN OLINGAN QIZ KUYOV FOJIASI
“ZAHARLI HAYOT YOXUD ISHQ QURBONLARI”DRAMASI HAQIDA
REJA:
1.ASAR QAHRAMONLARINING RUHIY PAFOSI
2.ASARNING BUGUNGI KUN UCHUN DOLZABLIGI.
Drama qatnashuvchilari ruhiy holati o’tgan asr muhitiga to’la mosdir. Bu asarda pafos o’zining ziddiyatga boyligi va keskin mulohazaga xosligi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi.Asarda Mahmudxoning irodasizligi va Maryamning ilojsiz va majburlik holatlari ,balki, ularni fojiaviy holatga olib kelgandir.Balki,ularning zarracha aybi yo’qdir.Barcha ayb ilmsizlik, nodonlik va kaltafahmlik ramzi bo’lgan inson erki va hurligini hech qachon tushuna olmagan ota-onalardir.Ular o’z farzandlarini oltin o’daga tashlamasdan oltin taxtini tilaganda ,balki, bunday ko’ngilsizlikar bo’lmasdi.Biz o’zbek xalqi bolalarimizni baxtli va saodatli bo’lishini xohlaymiz. Ming afsuski,guruch kurmaksiz bo’lmaganidek o’sha davr muhiti va koloritini aks ettirishda mana shunday ota-onalarni ham aks ettirish joizdir.Axir dunyo faqat go’zallik va yaxshiliklardan iborat emasku.Muhabbat o’lmas tuyg’u. Donishmandlarning muhabatni har kim o’zicha yaratadi deganlaridek, Mahmudxon va Maryamning ham muhabbati hech so’nmas muhabbatdir.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur
Gar odamsen muhabbatni ixtiyor et
Bu jumlalar ham so’zimizning isbotidir.Shu o’rinda Maryamning o’lim to’shagida yotgan gaplari yodimizga keladi.”Meni dardim yuqadi deb o’ylamang meni dardim Mahmudxon meni dardim muhabbat” bu qalb qo’ri bilan yozilgan so’zlar bilmadim yana qancha muddat insonlarning yuragini zabt etarkin. Yoki Mahmudxonning Maryamning qabridagi “ SHirin dunyodan yosh ketishingga eng birinchi sababchi vafosizing keldi” bu jumlalar qalbimizning har bir burchagidan chiqqan mungli bir hayqiriqqa o’xshaydi.Minglab insonlar borki, ularni ko’rgan inson havas ko’zi bilan boqadi.Hamma narsani lekini bo’lganidek , hamma asarda ham salbiy qahramonlar bo’ladi.Jumladan,eshon obrazi ochig’ini aytsak o’sha davr eshonlariga nazar tashlasak.Ular shunchalik munofiq va xudbinmi.Agar eshon bunchalik xudbinlik qilmaganida ,balki Mahmudxon va Maryamlar o’lmasdi ularning hayoti zaharlarga aylanmasdi.Ochlikka to’qlik uni shu shu holatga keltirdi.Uning ilmsizligi har bir so’zida ohangrabodek eshitiladi. Eshon”Men seni ayblaringni kechirib yursam sen oddiy osiy banda ekansanku” degan so’zlariga Maryam”Aybni kechirish xudoning ishi osiy bo’lmoq bandaning ishi”jumlasi eshonning dunyoqarashini qanchalar past va chuchmalligini ko’rsatib beradi.
Darhaxiqat , asarni o’qib turib Cho’lponning “Adabiyot nadur”maqolasidagi go’zal fikrlar yodimizga tushadi.”Bizni ulamo va eshonlarimiz to’n kiymakdan, avomlarimiz choyxonaga chiqib choy ichmakdan va ziyolilarimiz esa Ovropa kiyimliklaridan va qiymatlik papiroslaridan lazzat olurlarki, “adabiyot nima” desang javobida “yani, masalan” dan boshqajavoblari yo’qdur.
Bu gaplar zamirida yozuvchi nima demoqchi nahotki biz o’zbek xalqi ko’zimiz ochiq bo’la turib shunday nohaqliklarga indamasdan ko’z yumgan bo’lsak.Bunday nohaqliklar nahot hozir ham bor bo’la turib hech narsa bo’lmagandek yuraversak.Bu asarni o’qib turib bu voqealar xuddi ertakdagidek hayoliy tuyulishi mumkin,aslidachi bu shunchaki yuzaki qarash emasmin. Nahotki biz asardan o’zimizga shior va xulosa yo’q xulosalar chiqara olmasak.Unda biz asrni shunchaki vaqt o’tkazish uchun o’qiganlar qatoriga kirib qolmasmikinmiz.Hech qaysi asar eskirmaydi u har
o’qilganda yanada yangilanib va dolzablashib boraveradi.
Jumladan, Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari dramasi ham har qaysi makon va zamonda tengsiz asardir.Hozirchi bunday ishq qurbonlari yo’qmi ,albatta, bor.Hozir ham boylik nasl-nasab uchun vujudining bir parchasini zaharga aylantiryotganlar uchrab turibdi.Ular shunchaki hayotni bir qafasga o’xshatib ularga o’z farzandlarini solib qo’yishadi.Lekin ular bilmaydiki, qushga suv bilan nondek zarur narsa ozodlik, hurlik ekanini kech tushunishadi.Hechdan ko’ra kech deganlaridek hammasiga malham bo’luvchi vaqtdir.Biz asardan doimo o’zimizni va hozirgi vaqtimizni qidiramiz.Kitobxonlarga bir tomondan juda yaxshi u ham kitobda yashaydi ham kitobni tahlil qila oladi.Asar haqiqatdan ham hamma zamon va tillar uchun bitmas xazina va ma’naviy boylik manbai ekan.Bu asarni hammangizga o’qishni maslahat beraman
Download 19,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish