Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

«the 
decision of government» 
ifodasi 
«the government's decision» 
tarzida 


143 
transformatsiya qilinishi mumkin. Har ikkala holatda ham mazmun 
(«hukumat qarori») 
o‗zgarmaydi. 
Shularni nazarda tutgan holda aytish mumkinki, avtomatik tarjima, 
ayniqsa, rasmiy til doirasida muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. So‗zlashuv 
va badiiy uslubdagi matnlarning avtomatik tarjimasi hali-hanuz maksimal 
darajada hal etilgani yo‗q. Tipologik jihatdan har xil, bir sistemaga mansub 
bo‗lmagan tillarning avtomatik tarjimasi masalasi bir qator muammolarni 
keltirib chiqarmoqda. Demak, lingvistik tipologiyadagi farqlarni izchil 
o‗rganish, lingvistik universaliyalarni aniqlash, tillardagi frazeologizmlar, 
idiomalar, paremalar, sinonimlar, omonimlar tizimini qat‘iy belgilash 
asosida mexanik tarjimadagi muammolarni bartaraf etish mumkin. 
Bugungi kunda dunyo olimlari tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf 
qilish borasidagi takliflarni yorituvchi maxsus jurnal nashr qilingan.
1
Eng sifatli tarjima insonning aralashuvi bilan yuzaga chiqadi. Chunki 
tarjimon inson tarjimaga tabiiy tilining nozik qirralarini, semantik, 
grammatik va pragmatik jihatlarini nazarda tutgan holda yondashadi. 
Bunda yondashuv quyidagicha bo‗lishi lozim: mexanik tarjima yordamida 
tanlangan matnning tarjima qilingan dastlabki versiyasi tahrir etiladi, 
qo‗shimchalar qo‗shilish tartibi, gap bo‗laklarining joylashuvi, so‗zlarning 
semalariga asosan to‗g‗ri tanlanganligi, polisemiya, omonimiya, 
sinonimiyaning e‘tiborga olinishi, jumlalarning stilistik jihatdan to‗g‗riligi 
kabi parametrlar tekshiriladi. 
Ixtisoslik bo‗yicha to‗plangan bilimlar maktab va oliy ta‘limda chet 
tilini yangi informatsion texnologiyalarni qo‗llagan holda o‗qitish hamda 
mashina tarjimasi tizimini yaratish, ma‘lumotlarni lingvistik banerlarga 
joylashtirish va ilmiy ishlarda shu ma‘lumotlar banerini qo‗llashga zamin 
yaratadi.
Rus olimi Y.I.Shemakin «Начало компьютерной лингвиcтики»
 
kitobida avtomatik tarjimaning ikki xil modelini va tarjima protsedurasini 
chizmalar asosida tushuntirib bergan. Birinchi yondashuv «matn-mazmun-
matn» modeli va semantikaning formal tavsifiga tayanadi. Ikkinchi 
yondashuv esa «matn-matn» modeli va u tarjima mosligiga asoslangan. 
Birinchi yondashuvda tilning semantikasiga maksimal darajada e‘tibor 
bergan holda avtomatik sifatli tarjimaga erishishga harakat qilingan. 
Tizimning lingvistik asosi 
«matndan uning mazmuniga qarab borish» 
(«from surface structure to deep structure») 
hisoblanadi. Bunda tarjima 
1
Qarang: 
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. – T., 2007; 
Rahimov A.
Kompyuter 
lingvistikasi asoslari. –Toshkent, 2011.


144 
tilning morfologik, sintaktik va semantik tahlili, lug‗atlar, grammatik 
qoidalar, matnlar korpusiga asoslanib amalga oshiriladi. 
 
Ikkinchi yondashuvda matn ortiqchaliklarga ega ko‗p bosqichli tizim 
sifatida baholanadi, bunga ko‗ra matnning yuqori sathida ko‗proq 
informatsiya tashuvchi leksik birliklar, quyi sathida esa kam informatsiya 
beruvchi birliklar joylashadi. Bunda so‗zma-so‗z tarjima amalga oshirilib, 
ikki tildagi gaplar strukturasi yagona superstrukturaga birlashtiriladi. 
Bunda avtomatik tarjima modeli ikki holatda bo‗ladi: a) 
generatsiya holati 
tarjimaning ishlashini – lug‗atlarni jamlash, analiz algoritmlari, aniq bir 
maqsadga yo‗naltirilgan sintezni ta‘minlaydi; b) 
translyatsiya holati 
siste-
maning mustaqil ravishda tarjima ustida ishlashini ta‘minlaydi. 
Ikkinchi yondashuvga ko‗ra, avtomatik tarjima quyidagi protseduralar 
asosida ishlaydi: 
1-protsedura – qidiruv tizimi bilan bog‗liq bo‗lib, bunda lug‗at 
bazasidan so‗zlar, birikmalar, iboralar izlanadi, so‗z-shakllarning 
morfologik analizi amalga oshiriladi. 
2-protsedura – so‗zlarning sintaktik vazifasi, grammatik kategoriyalar 
-zamon, shaxs-son kabilar aniqlanadi. 
3-protsedura – bir yoki ko‗p ma/noli so‗zlar tarjimasi bayon qilinadi. 
4-protsedura – jumlani morfologik va sintaktik jihatdan shakllantirish 
jarayoni amalga oshiriladi. 
5-protsedura – transformatsion o‗zgarishlar (matn yoki jumla 
strukturasini uning mazmuniga jiddiy ta‘sir etmagan holda o‗zgartirish; 
masalan, 
Kompyuter yoqildi va musiqa yangradi
jumlasini 
«Kompyuter 
yoqilgach / kompyuter yoqilishi bilan / kompyuter yoqilib musiqa 
yangradi»
tarzida o‗zgartirish) hosil qilinadi. 
6-protsedura yakuniy bosqich bo‗lib, bunda murakkab grammatik 
formalarning sintezi amalga oshiriladi. 
Mashina tarjimasi strategiyasi sekin-astalik bilan o‗zgarib borgan. Ilk 
tajribalarda qo‗llangan tarjima strategiyasi 
«tog

ridan-to g

ri tarjima 
strategiyasi» 
deb ataladi, bunda faqat tarjima jarayonida so‗zma-so‗z 
tarjima mufoviqligi e‘tiborga olinadi. Ushbu strategiya tarjima sifati va 
samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun ushbu strategiyani 
tanqid qilgan holda 
«vositachi til yordamida amalga oshiriladigan tarjima 
strategiyasi» 
ishlab chiqildi. Ayniqsa, bu strategiya grammatik strukturasi 
va tipologik xususiyatlari bir-biridan farqlanuvchi tillar o‗rtasidagi 
avtomatik tarjima tizimlariga faol tatbiq etiladi. 
Avtomatik tarjimada inson hamda kompyuter ishtiroki quyidagi tarzda 
bo‗ladi: a) 
postediting 

 
matn (mashina-tarjimon) kompyuter yordamida 


145 
tarjima qilinadi, so‗ng inson – muharrir (inson-tarjimon) uni tahrir qiladi; 
b) 
preediting 

 
bunda inson matnni mashina – tarjimonga moslaydi, so‗ng 
uni kompyuterga havola etadi; c) 
interediting 
– bunda tarjimada 
murakkablik tug‗diruvchi holatlarga duch kelganda inson mashina – 
tarjimon ishiga aralashadi.

Matnni bir tabiiy tildan boshqasiga tarjima qilish jarayonidagi 
murakkabliklar va muammolarga nazariy va amaliy jihatdan yechim topish 
yuzasidan izlanishlar davom etmoqda. Mashina tarjimasiga an‘anaviy 
yondashuv 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish