Konkordans lug
‗
atlar
Konkordans
lotincha
so‗z
bo‗lib,
lug‗aviy
ma‘nosi
―
muvofiqlashtirish
‖, ―uyg‗unlashtirish‖dir. Atama sifatida so‗z, morfema,
so‗z birikmasi yoki frazeologizm kabi birliklarning ma‘lum hajmdagi matn
yoki muayyan ijodkorning asarlari asosida tuzilgan so‗zligi yig‗indisi,
birliklarning necha marta uchrashi (qo‗llanish chastotasi) hamda asarning
qaysi o‗rinlarida kelishini anglatadi.
O‗zbek tilshunosligida konkordans lug‗atlarning yaratilayotgani
e‘tiborga molik. Ayniqsa, mumtoz manbalar konkordanslarining
yaratilayotgani kompyuter leksikografiyasini takomillashtirish bilan bir
qatorda ajdodlarimiz ma‘naviyati, ma‘rifiy-axloqiy qarashlarining bugungi
avlodga yetkazilishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
1
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2007.
Rahimov A.
Kompyuter
lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
101
Alisher Navoiyning ―Xamsa‖ asari turkiy adabiyotning eng sara
namunasi. Unda mumtoz o‗zbek tilining noyob so‗z boyligi aks etgan.
Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bir guruh olim va
tadqiqotchilari ―Xamsa‖ dostonlari konkordanslarini yaratishdi. 2012-
yilda boshlangan ish 2016- yilda nihoyasiga yetkazildi va besh dostonning
konkordansi har bir bayti raqamlangan xalqaro transkripsiyadagi matni
bilan nashrdan chiqdi. Professorlar konkordans tuzishning dolzarbligini
shunday izohlaganlar: ―Afsuski, turkiy tilli xalqlarning orzu-armonlari,
ma‘naviy va ma‘rifiy qadriyatlarining buyuk kuychisi bo‗lgan, turkiy
xalqlar sharafini butun olamga tarannum qilgan Navoiydek bir ulug‗ zot
badiiy merosining ilmiy tanqidiy matni hanuz yaratilmadi va shoirning
biror asarining konkordansi (jome‘ so‗zligi) va mukammal izohli lug‗ati
ishlab chiqilmadi. Shu bois olimlar ishni ―Xamsa‖ dostoni konkordansini
tuzishdan boshladilar‖.
1
Chastotali lug‗atlarning kompyuter lingvistikasi uchun ahamiyati
quyidagilarda ko‗rinadi:
-
chastotali lug‗atlar avtomatik qidiruv tizimi asosida ishlaydigan
elektron lug‗atlar yaratish uchun tayyor lingvistik ta‘minot vazifasini
o‗taydi;
-
chastotali lug‗atlar til o‗qitishni avtomatlashtirish jarayonida,
kompyuter lingvodidaktikasi sohasida metodologik ahamiyat kasb etadi;
-
chastotali lug‗atlar chet tillarini o‗qitishning samaradorligini oshirish
uchun muhim omil bo‗lib, ular xorijiy tillarning leksik va leksik-
morfologik minimumlarini yaratishga imkon beradi.
-
chastotali lug‗atlar so‗zlarning faollik darajasini o‗rganishda, leksik-
semantik xususiyatlarini yoritishda o‗ziga xos o‗rin tutadi.
1
Умаров Э.
Алишер Навоийнинг ―Хамса‖ достонлари конкорданслари. –Т., 2011.-Б.4.
Алишер Навоийнинг ―Ҳайрат ул-аброр‖ достони конкорданси. –Т., ТДШИ,2012.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |